II. SHAXTA BOSH SUV CHIQARISH QURILMALARINI LOYIHALASH 2.1. Hisoblash maqsadi va yechiladigan masalalalar Shaxta bosh suv chiqarish qurilmasini hisoblashdan maqsad-talabalarga shaxtaning geologik va texnologik sharoitlari asosida uning zarur uskunalarini tanlash va shaxtada suv chiqarish ishini tashkil etishni o’rgatishdan iborat.
Talaba, hisoblash jarayonida, nasos, suv quvur, quvur anjomlari, elektr yuritgich va suv chiqarish qurilmaning yordamchi uskunalarini xavfsizlik (PB) va texnik ekspluatatsiya qilish (PTE) qoidalari asosida tanlashni hamda konlarda, kam sarf harajat bilan shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishini tashkil etishni o’rganadi.
Shaxta bosh suv chiqarish qurilmalarini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar berilishi shart:
-shaxtadagi normal suv oqimi-Q , m3/soat;
-shaxtadagi maksimal suv oqimi-Q , m3/soat;
-shaxtaning chuqurligi- , m;
-kon suvining fizikaviy va kimyoviy xossalari (xajmiy og’irligi, qattiqlik darajasi, kislota ko’rsatkichi va h.k.);
-shaxtaning yillik unumdorligi-A, t/yil;
Shaxta bosh suv chiqarish qurilmasini hisoblashda quyidagi masalalar yechilishi kerak:
-bosh suv chiqarish qurilmaning texnologik sxemasini tanlash;
-nasosxona va suv to’plagich joyini aniqlash;
-nasos turini tanlash;
suv so’riluvchi va suv haydaluvchi quvurlarning diametrini hisoblash va ularni tanlash;
-suv chiqarish qurilma ish rejimini chizma (grafik) usulda ifodalash va uni iqtisodiy samaradorlik hamda barqarorlik shartlari bo’yicha tekshirish;
-nasos agregatlarining sonini asoslangan tarzda qabul qilish;
-nasos o’qidagi quvvatni hisoblash va tegishli elektr yuritgich tanlash;
-yillik elektr energiya sarfini hisoblash;
-texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash;
-nasosxona o’lchamlarini hisoblash va nasos agregatlarini nasosxonada joylashtirish;
-suv to’plagich hajmini hisoblash va uni tanlash;
-suv chiqarish qurilmaning sutkalik ish grafigini belgilash;
-texnik qarov va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish.