1.3. Kurs loyihani tuzilishi va uning mazmuni Loyiha matn va chizmadan iborat bo’ladi. Qo’yilgan masalani yechimi ularning har birida alohida yoki ikkalasida ko’rsatiladi. Loyiha matni hisoblash-tushuntirish xati deb nomlanadi va u quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
-sarvaraq;
-loyihalash topshirig’i;
-mundarija;
-kirish;
-asosiy qism;
-xulosa;
-adabiyotlar ro’yxati.
Loyihaning kirish qismida uning umumiy mazmuni va konchilik korxonalarida tutgan o’rni hamda loyiha mavzusi bo’yicha texnik adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar sharxi yoziladi.
Loyihaning mazmuni uning asosiy qismida to’liq yoziladi. Bunda talaba loyiha mavzusiga qarab, suv chiqarish, ventilator yoki pnevmatik qurilmalardan birining quyidagi masalalarining yechimini topish kerak:
-qurilmaning texnologik sxemasini tanlash;
-hisobiy unumdorlik va zo’riqma miqdorini hisoblash va turbomashina turini tanlash;
-quvurlarning ichki va tashqi diametrlarini hisoblash va ularni tanlash, hamda tashqi tarmoq xarakteristikasini chizish;
-qurilma ish rejimini topish va uni barqarorlik va samaradorlik shartlari bo’yicha tekshirish;
-qurilma elektr yuritgichi quvvatini hisoblash va elektr yuritgich turini tanlash;
-qurilma yordamchi uskunalarini hisoblash va ularni tanlash;
-qurilmaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash;
-qurilmani ishlatishda ekologik va xavfsizlik tadbirlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
-xulosa.
Loyihaning hisoblash-tushuntirish xati foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan yakunlanadi.
Kurs loyihaning chizma qismi uning matnini yanada to’ldiradi va unda quyidagi chizmalar bajariladi;
-qurilmaning texnologik va gidravlik sxemalari;
-qurilmaning ish rejimlari;
-qurilmaning tanlangan asosiy va yordamchi texnik uskunalarini kon korxona planida joylashtirish.
Chizmalar zarur bo’lgan o’lchamlar, shartli belgilar va maxsus ro’yxat bilan, qalamda yoki maxsus kompyuter dasturlari “AutoCAT”, “CorelDraw”, “Kompаs 3D”va boshqa dasturlari yordamida bajariladi.