Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida sun’iy yorug`likni aniqlash .
Mashg`ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish binolaridagi ish orinlarida yoritilganlikni aniqlashni va uni sanitariya meyorlariga mos kelishini organish. Yoritilganlikni olchash uchun qollaniladigan uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash usullarini organish.
Laboratoriya ishini otkazish uchun qollaniladigan asboblar, uskuna va jihozlar, korgazmali qurollar: a) lyuksmetr Yu-116, Yu-117.
b) shtativ.
v) mahalliy yoritgich manbai.
g) chog`lanma chiroq.
d) lyuminessent chiroq.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: a) laboratoriya xonasida tabiiy yoritilganlikni tahlil etish.
b) suniy, aralash yoritilganliklarni, mahalliy yoritilganlikni ornatish balandligiga bog`liqligini tahlil etish.
Laboratoriya ishini bajarganligi tog`risida talabaning hisoboti. a) Yoritilganlikni olchash uchun qollanadigan Yu-116, Yu-117 asboblarini tuzilishi, ishlatish qoidalarini organish.
b) Ish orinlarida tabiiy va suniy yoritilganlikni olchash va olingan malumotlarni maxsus jadvalga kiritish.
v)Yoritilganlik boyicha ish gazarazryadlari tog`risidagi malumotni organish
g) Olchash natijasida olingan malumotlarni sanitariya meyorlari SNiP 11.4-86 boyicha tabiiy va suniy yoritish meyorlariga mos kelish-kelmasligi tog`risida xulosa qiling.
Otkazilgan laboratoriya tog`risida hisobotni toldiring.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy malumotlar. Ishlab chiqarish binolaridagi ish orinlarini yoritishda tungi paytlarda tabiiy yorug`lik bolmaganligi uchun suniy yoritish tizimlaridan foydalaniladi. Ishlatilishiga kora suniy yoritish quyidagilarga bolinadi :
1) ishchi
2) buzulish roy berganda ( avariyali )
3) odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish
4) qoriqlash uchun moljallangan
5) navbatchi
Suniy yoritishning qoyidagi usullari mavjud:
1) umumiy
2) murakkab
3) mahalliy
Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga ornatilib, binoning ikki qismi bir tekisda yoki uskunalarni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi. Ishlab chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga koshimcha ravishda ish joylarini mahalliy yoritish manbalaridan foydalaniladi.
Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun moljallangan yoritish meyorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi.
Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug`lik oqimi ota aniqlik talab qiladigan ishni bajarayotgan uskunaga yonaltiriladi. Murakkab yoritish usuli ota aniqlik 1-4 toifa ishlarini bajarishda qollaniladi. Suniy yoritish manbalari sifatida chog`lanuvchi va gaz gazarazryadli chiroqlar yani lyuminessent chiroqlardan foydalaniladi.
Chog`lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng kop tarqalgan yorug`lik manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi, qoshimcha moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda pasayganida ham ishlash qobiliyatini yoqotmasligi, atrof tabiiy muhit tasiriga bog`liq emasligidir.Shu bilan birgalikda chog`lanuvchi chiroqlar ham malum bir kamchiliklardan xoli emas. Bulardan asosiylari: xizmat korsatish muddatini kamligi yani 1000 soatni tashkil etadi, foydali ish koeffitsiyenti juda ham pastligi umumiy qabul qiladigan energiyani 4% gina korinadigan yorug`lik nurni tashkil etib, qolgani issiqlikka aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut otgandan keyin harorat 300-350 °S dan ortib ketadi), chiroqdan tarkalayotgan nurlar tarkibida qizg`ish va sariq nurlarning mavjudligidir. Bu chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM / VT. Hozirgi vaqtda qollaniladigan gazarazryadli chiroqlar chog`lanuvchi chiroqlarga nisbatan malum bir ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bolib, 50 dan 100 LM / VT gacha, xizmat korsatish muddati 800-1400 soatgacha. Bu chiroqlarga toldirilgan inert gazlar, metan bug`lari miqdorini ozgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin. Ish joyini sifatli yoritish kop jihatdan chiroqlarni tog`ri tanlashda ularni ornatish va yorug`lik oqimini yonaltirishga bog`liq boladi. Chiroqlar quyidagi korinishlarda boladi: ochiq, muhofazalangan, yopiq, namdan va portlashdan muhofazalangan va hokazolar.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi.