Tayanch iboralar Metropolitenlar, AI-2 shaxsiy aptechkasi tisistamin (RS-1). Xlortetraktsiklin kimyoviy individual paketlar (IPP-8, IPP-9, IPP-10)
Xarbiy davrda xam tinchlik davrida xam FV lar yuz berganda axolini ximoya kilish muayyan usullar asosida amalga oshiriladi.
Fukorolarni xavfli vaziyat tugrisida uz vaktida ogoxlantirish.
Ommaviy iximoya vositalaridan foydalanish.
SHaxsiy ximoya vositalaridan foydalangan xolda axolini xavfsiz xududlarga evakuatsiya kilish.
FV lar yuzaga kelganda axolini ximoya kilish, avvalo axolini uz vaktida xavfdan ogoxlantirish xisoblanadi. Ogoxlantirish avvaldan belgilangan signallardan, sirena ovozi, ishlab chikarish gudogi, transport vositasini signallaridan boshlanadi. Bu signallar barchasi « Dikkat xammaga» degan ma’noni anglatadi.Bunday signallarni eshitgan fukaro zudlik bilan radio va televizorlarnn kuyib, maxalliy xokimiyat organlarining yoki FV lar boshkarmasining xabarlarini tinglashi kerak buladi. Buda fukorolar kanday xaddi xarakatlar kilishi kerakligi, xakida ma’lumot oladi va shunga asosan xarakat kiladi. Axolini ximoya kilishni keyingi boskichi bu ximoya vositalaridan foydalanishdir. Ximoya vositalari ikki turga bulinadi: 1. Ommaviy ximoya vositalari. 2. SHaxsiy ximoya vositalari. Ommaviy ximoya vositalariga boshpanalar, yertulalar, radiatsiyaga karshi pana joylar, gorlar, metropolitenlar, ximoya inshaotlari kiradi. Ommaviy ximoya vositalari axolini jomoa bulib yashirinishi uchun muljallangan. Ular fukorolarni tabiiy ofatlar, turli avariyalar, xalokat okibatlaridan, kirgin kurollar ta’siridan saklaydi. Ximoya inshaotlari bir necha xil bulib;
1.Muljallanishiga kura; a) axolini ximoya kilish uchun, b) boshkaruv tizimlarini joylashtirish uchun.
2.Joylashish urniga kura; a) aloxida kurilgan yashirinish joylari,
b) asosiy binolarga kushimcha tarzda kurilgan yashirinish joylari.
3.Kurilish muddatiga kura; a) avvaldan kurilgan, b) zudlik bilan kurib bitirilgan.
4. Filьtrlovchi jixozlariga kura; a) sanoat korxonalarida tayyorlangan filьtroventilyatsiya jixozlari bilan jixozlangan, b) kulda tayyorlangan sodda filьtroventilyatsiya jixozlari bilan ta’minlangan.
5. Ximoyalanish xususiyatiga kura; a) oddiy yashirinish joylari, b) radiatsiyaga karshi pana joylar.
Boshpanalar odamlarni kabul kilishiga kura; kichik-150-300 kishilik, urtacha-300-600 kishilik, kata-600 dan ortik kishini ximoya kilishga muljallangan. Ular kerakli jixozlar bilan jixozlangan bulishi kerak.SHomollatgich, sanitar-texnik jixozlar, tozalovchi uskunalar. Boshpanalar asosiy va kushimcha xonalardan tashkil topadi. Asosiy xonalarga odamlar va boshkaruv tizimlari joylashtiriladi. Kushimcha xonalarga esa turli jixozlar, asbob uskunalar, ozik-ovkatlar, suv va boshka kerakli vositalar joylashtiriladi. Boshpanalar bir necha bulimlardan tashkil topgan bulib, xar biriga 50-75 ta odam sigadi. Ular yarusli kilib jixozlanadi. Boshpanada ikkita karama- karshi tomondan kiradigan eshik va extiyot eshigi bulishi kerak. Boshpanalarda elektr, aloka, suv va isitish tarmoklari, kanalizatsiyalar bulishi shart. Boshpanalar juda yaxshi germetik ravishda kurilgan bulishi kerak. SHaxsiy ximoya vositalari fukorolarni yakka tartibda ximoya kilish uchun muljallangandir. SHaxsiy ximoya vositalariga nafas yullarini ximoya kiluvchi, terini ximoya kiluvchi, xamda tibiy vositalar ( shaxsiy aptechka va kimyoviy moddalarga karshi boglov paketi) kiradi. Nafas yullarini ximoya kiluvchi vositalarga gaznikoplar, respiratorlar, matoli nikoplar, paxta-dokali bogichlar kiradi. Terini ximoya kiluvchi vositalarga esa kambenzon, kastyum, yengil ximoya kastyumi L -1, umumkushin ximoya jamlamasi, rezinali oyok kiyimlari, rezina kulkoplar kiradi. Bundan tashkari oddiy yopkichlar, plashlar, kalin zich palьtolar, paxtali va charm-terili kurtkalar xam terini ximoya kilishi mumkin. Radiaktiv moddalardan, zaxarli moddalardan va bakterial vositalardan ximoya kilishda shaxsiy aptechkalardan foydalaniladi.
AI-2 shaxsiy aptechkasi.
AI-2 shaxsiy aptechkasi- atom, kimyoviy va bakterial hamda boshqa turdagi qurollarning shikastlovchi taьsirini kamaytirish yoki ularning taьsirini oldini olish maqsadida o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
Aptechka plastmassadan tayyorlangan bo’lib, dorilar uning ichidagi maxsus uyachalarga joylashtiriladi. Plastmassa quti qopqog’i ichkarisiga dori vositalarining qo’llanish sxemsi joylashgan. Aptechka shunday konstruktsiyaga egaki, undagi har bir dori vositasi osonlik bilan olinadi va tezlik bilan qo’llanadi.
Aptechka harbiy xizmatchilar kiteli yoki gimnasterkasining tashqi cho’ntagida olib yuriladi.
17-rasm. AI-2 markali individual aptechka. AI-2 shaxsiy aptechkasiga quyidagi dorilar joylanadi:
-fosfororganik moddalardan zararlangan paytda qo’llaniladigan afin yoki budaksim aptechkaning 1-uyasiga joylashtirilgan. Ushbu ziddi-zahar zararlanishning birinchi alomatlari yuzaga chiqqan zahoti (ko’z qorachig’i qisqarishi, ko’rish xiralashishi, ko’z soxasida kuchli og’riq paydo bo’lishi, mo’l so’lak oqishi, ko’krakda og’riq turishida)muskullar orasiga yuboriladi.
-aptechkaning 2-uyasi bo’sh qoldirilgan, keyingi vaqtlarda ushbu uyaga fosfororganik zaharlovchi moddalardan zaharlanishning oldini olish uchun qo’llaniladigan Protivogaz-6 preparati sariq penalga solingan holda qo’yilmoqda.
-aptechkaning 3-uyasiga shprits-tyubik holatida chiqarilgan og’riqni qoldiradigan vosita- promedol yoki morfin preparati joylanadi. SHikastlangan kishiga kuchli og’riqning oldini olish yoki shunday og’riq boshlangan vaqtda uni to’xtatish maqsadida qo’llanadi.
-radiatsiyadan himoyalanish vositasi aptechkaning 4-uyasiga solib qo’yiladi. Ushbu himoya vositasi-tisistamin (RS-1) ning 0,2 gr li 12 ta tabletkasi ikkita pushti rang penalga solingan.
-aptechkaning 5-uyasi dushman tomonidan qo’llaniladigan bakterial vositalarga qarshi ikkita oq penalga solingan xlortetraktsiklinning 100000 TBli 10 ta tabletkasi joylanadi. Yarador bo’lgan vaqtda, kuyish vaqtida yoki infektsiyaning oldini olish uchun preparat 5 tabletkadan ichiladi, kerak bo’lsa preparatning qolgani 6-8 soat o’tgandan so’ng qabul qilinadi. -aptechkaning 6-uyasi zahira holda qoldirilgan.
-qusishga qarshi vosita hisoblangan etaperazin aptechkaning 7-uyasiga havo rang penalga solib qo’yilgan. Penalda etaperazinning 0,006 gli tabletkasi 5 tadan joylangan. Nurlanishning dastlabki reaktsiyasi paydo bo’lgan paytida, shuningdek boshni qattiq urib olgan hollarda, ko’ngil ayniy boshlangan paytda bir tabletkadan ichiladi. Keyingi vaqtlarda bu preparat o’rniga dimetkarb preparati ishlatilmoqda.