Modul - 3. FV va ularning turlari. Reja. Tichlik davridagi FV lar.
Xarbiy davridagi FV lar.
Tayanch iboralar: : qor ko’chish, kuchli shamol (dovul), kuchli yog’ingarchilik (jala), sel, suv toshqini, kuyun, tufon. Epidemiologik, epizootik, epifitotik zilzila, yer ko’chkilari, o’pirilish, tuproq yemirilishlari
Favkulodda vaziyatlar ma’lum xududda yuz bergan falokat va boshka turdagi ofatlar natijasida kishilarni ulimiga, turmush sharoitini buzulishiga olib keladigan xolatlardir. FV lar ikki turga bulinadi:
Tichlik davridagi FV lar.
Xarbiy davridagi FV lar.
Tichlik davridagi FV lar uz navbatida bulinadi: 1.Tabiiy tusdagi FV lar.
2. Texnogen tusdagi FV lar. 3. Ekologik tusdagi FV lar.
Tabiiy tusdagi FV lar.
-Geologik xavfli hodisalar: zilzila, yer ko’chkilari, o’pirilish, tuproq yemirilishlari;
-Gidrometeorologik xavfli hodisalar: qor ko’chish, kuchli shamol (dovul), kuchli yog’ingarchilik (jala), sel, suv toshqini, kuyun, tufon.
-Epidemiologik, epizootik, epifitotik vaziyatlar.
Yuqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish mikyosiga, yaьni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab ham bir necha turlari: lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy turlarga bulinadi.
Geologik havfli hodisalar.
Zilzila-tabiatda sodir bo’ladigan eng havfli hodisalarning biridir. YuNESKO maьlumotiga ko’ra zilzila olib keladigan iqtisodiy zarari va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
Zilzila-er tebranishlari bo’lib, qisqa (10-15 sek) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega.
Zilzila tabiatga, jamiyatga va ekologik vaziyatga ko’p zarar yetkazuvchi dahshatli tabiiy hodisadir. Har yili yer yuzida turli kuchga ega bo’lgan yuz mingdan ortiq yer silkinishlari qayd etiladi. Mamlakatimiz joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasida keyingi 100 yil ichida 30 ga yaqin kuchli yer silkinishlari qayd etilgan bo’lib, unda yuz minglab kishilar qurbon bo’lganligi, katta-katta shaharlar vayronaga aylanganligi maьlum. 1948-yildagi Ashxabod (8-9 ball, 100 ming odam haloq bo’lgan), Armanistonda Spitak zilzilasi (30 ming odam haloq bo’ldi,7 dekabr 1988-yil), San-Frantsiskoda (1906-yil, 700 odam xalok bo’lgan), Yaponiyaning Kobi shahridagi yer qimirlashida (1995-yil, 5000 odam haloq bo’lgan) va Neftegorskdagi (1995-yil 9,2 ball 1841 odam halok bo’lgan) zilzilalar oxirgi 10 yildagi kuchli zilzilalar hisoblanadi. Eng kuchli zilzilalar O’zbekistonda 1902-yilda 8-9 balli Andijonda bo’lgan, 1946 yilda 7-8 balli Namanganda bulgan, Toshkentda 1868 va 1966 yillari 7-8 balli, Gazlida 8-10 balli zilzila bo’lib o’tgan.
Zilzila paytida yer qobig’ida seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi. To’lqinlarni yer ostidagi tarqalish markazi gipotsentr yoki zilzila uchogi deyiladi. Uning chuqurligi 270 km. Yer yuzasidagi markazi - epitsentr deyiladi. Maьlumotlarga ko’ra seysmik 2 xil yunalishdagi to’lqinlar, bo’ylama va ko’ndalang bo’lishi mumkin. Respublikamizda va juda ko’p davlatlarda zilzila kuchi 12 balli shkala asosida baholanadi. Bizda asosan 2 turdagi yer qimirlashi: uzoq davrli (1,5-2,5 min) va yuqori chastotali (1,5-2,5 sek) kuzatiladi. 12 balli shkalaga ko’ra: 1-3 balli zilzila sezilarsiz; 4 balli - sezilarli; 5-7 balli kuchli, devorlarda yoriqlar paydo bo’ladi; 8 balli yemiruvchi; 9 balli - vayron qiluvchi; 10 balli yakson qiluvchi; 11 ball - fojiali; 12 balli - kuchli fojiali barcha imoratlar vayron bo’ladi, daryo o’zani o’zgarib sharsharalar paydo bo’ladi, tabiiy to’g’onlar vujudga keladi. Hozirgi paytda zilzilalardan himoyalash ishlarini hal qiluvchi yo’llaridan biri bu zilzilabardosh imoratlarni kurish bo’lib xisoblanadi.
Surilmalar-bu yer ko’chishi bulib, respublikamizning tog’li, tog’oldi, daryo bo’ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlariga katta xavf tug’diradigan tabiiy ofatlardan biridir. Ko’chki sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek, Jizzax va Namangan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko’chki hodisasi sodir bo’ladi.
Ko’chki deb, og’irlik taьsirida tog’ jinslarining tog’ yonbag’irlari bo’ylab pastga karab siljishiga aytiladi. Ko’chkilar tog’ yonbag’irlarini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, kuchli shamollar taьsirida, yog’ingarchiliklar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri, hamda joylarning geologik sharoitini hisobga olmay turib insonlar tomonidan olib borilgan turli xil xo’jalik faoliyati okibatida sodir bo’lishi mumkin. Ko’chkilarning 90% i tog’larda 1000-1700 metr balandlikda ro’y beradi. Yer ko’chishi aholi turmush tarziga juda katta xavf solishi, ayniqsa qishloq xo’jaligi isteьmolida bo’lgan yer maydonlarga katta zarar yetkazishi oqibatida ko’pgina iqtisodiy talofotlarni yuzaga keltiradi. Ko’chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958- yilda O’zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muhandis-geologik Davlat xizmati tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati Vatanimiz hududi bo’yicha 7 ta territorial kuzatuv stantsiyasiga va 21 ta postlarga ega.
O’pirilish-deb tik tushgan va jarli tog’ yonbag’irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg’oqlarida asosan shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati taьsirida tog’ jinslarining bo’shashishi hisobiga katta massalar va tog’ jinslarining uzilib, ag’darilib tushishiga aytiladi. Hozirgi vaqtda suv omborlarining atroflarida, viloyatlarda olib borilayotgan qurilishlar (sanoat, avtomobil, suv inshootlari) natijasida yonbag’irlarning o’pirilish holatlari uchramoqda.