Hayot faoliyati xavfsizligi


Modul -7. Tezkor kutkaruv vayronagarchilikni tiklash ishlarini uyushtirish va utkazish



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə15/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
1.хфх марузаси

Modul -7. Tezkor kutkaruv vayronagarchilikni tiklash ishlarini uyushtirish va utkazish.
Reja.
1. TKVTI ni tinchlik davridagi FV larda utkazish.
2. TKVTI ni xarbiy davrdagi FV larda utkazish.
3. TKVTI ni utkazishda 1- tibbiy yordam kursatish.
Tayanch iboralar Tabiiy ofatlar, fojialar,avariyalar, qirg’in qurollari, xomashyo, yoqilgi, gaz, suv, elektr quvvati

FV lar yuz berganda axolini ximoya kilish FM ning asosiy vazifalaridan biridir. Mana shu vazifalar tarkibiga TKVTI ni tashkil kilish va utkazish kiritilgan. Tezkor qutqaruv, vayrongarchilikni tiklash ishlari - TKVTI murakkab sharoitlarda, kuchli vayrongarchilik va nurab tushish ehtimoli bo’lgan hollarda, ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilganda, tabiiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuz berganda o’tkaziladi.


TKVTI ga quyidagi vazifalar kiradi.
Zararlangan uchastkalarda va vayronagarchilik joylarida kolonnalar uchun yo’l ochish, elektr, gaz va boshqa kommunal tarmoqlaridagi avariya holatlarini tugatish, qulab tushish ehtimoli bo’lgan kurilmalarni mustahkamlash, vayronalar ostida qolib ketgan odamlarni qidirib topish va ularga birinchi meditsina yordamini ko’rsatishdir. Bunday ishlar kechayu-kunduz, har qanday ob-havo sharoitida, qisqa vaqt ichida olib borilishi kerak.
TKVTI ishlariga fuqaro muhofazasining kuch va vositalari jalb qilinadi. Ularning asosiy vazifalari:
-favqulodda vaziyatlarda tez ishga kirishishga, favqulodda vaziyatlarni cheklash va tugatishda samarali harakatlarga shay turish;
-razvedka o’tkazish, vaziyatni baholash va favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor ma’lumot berish;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish, shikastlanganlarni moddiy va madaniy boyliklarini qidirish va qutqarish, avariyalarda qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
TKVTI ni tabiiy ofatlarda o’tkazish.
Zilzilada. Zilzila boshlanishining birinchi belgilaridanoq hamma aholiga shoshilinch xabar beriladi. Bunday paytda odamlar sarosimaga tushmasdan tezlik bilan pastki qavatlardan va korxonalardan tashqariga chiqishlari kerak. Binodan chiqayotganda liftdan foydalanmay, zinadan tushish kerak. Baland uyning yuqori qavatlardagilar esa derazadan uzoqroqda, binoning asosiy ustuni yaqinida yoki eshik kesakisi orasida turishlari kerak. Yong’inning oldini olish uchun elektr va gaz tarmoqlari asosiy liniyalardan o’chirib qo’yiladi. Fuqarolar muhofazasi shtabi aholi yashash joylarida, ishlab - chiqarish korxonalaridagi vaziyatni o’rganib chiqib, qutqaruv ishlarini tashkil qiladi.Qutqaruv-qidiruv ishlari davomida shikastlangan odamlar vayronalar ostidan qidirilib topiladi, ularni tashqariga olib chiqib, birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi, so’ng davolash muassasasiga jo’natiladi. SHu bilan bir vaqtning o’zida elektr, gaz, vodoprovod tarmoqlaridagi avariya holatlari tugatiladi.Jamoat tartibini saqlash guruhi aьzolari aholi ichida tartib, hamjihatlik, moddiy boylikni fuqarolarning mol-mulkini qo’riqlab, uni talon-tarojga yo’l qo’ymaslikni taьminlaydi.Boshpanasiz qolgan odamlarni vaqtincha yashashlari uchun palatkalar tashkil qilinadi, oziq- ovqatlar, suv, kerakli dori-darmon va zarur buyumlar bilan aholini taьminlash yo’lga qo’yiladi.
Suv toshqini. Bunda qutqaruv ishlariga suv bosgan joylardan odamlarni qidirib topish, ularni suzuvchi vositalar bilan taьminlab, xavfsiz joylarga olib chikish, vaqtincha uy-joy, zarur buyumlar bilan taьminlash, shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kiradi. SHu bilan bir qatorda moddiy boyliklar xavfsiz yerga olib chiqiladi. To’siq-devorlar tiklanadi. Suv tashlaydigan kanallar, to’g’onlar, suv yo’lini to’sadigan gidrotexnik qurilmalar ochiladi. Suv qaytgach zararlangan elektr tarmoqlari, aloqa tarmoqlari tiklanadi, suv yuvib ketgan yo’llar remont qilinadi, buzilgan ko’priklar tuzatiladi. Odamlarning uy-joylarini tiklash ishlari olib boriladi.
Yong’in vaqtida zudlik bilan qilinadigan vazifa, o’t ichida qolib ketgan odamlarni qutqarish hisoblanadi. Qutqarilgan odamlar zudlik bilan tashqariga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi, so’ng davolash muassasasiga jo’natiladi. SHu bilan bir qatorda yong’inni o’chirish ishlari olib boriladi.Yong’inni o’chirishning asosiy vositasi - suv hisoblanadi. Birinchidan u hamma yerda mavjud, ikkinchidan, suv bug’lanish xossasiga ega. Yonayotgan predmetlarga tushgan suv bug’lanib, haroratni pasaytiradi, bug’ havo miqdorini kamaytiradi va natijada yong’in o’chadi. Biroq suvni xar doim ham yong’inni o’chirish vositasi sifatida foydalanib bo’lmaydi. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni suv bilan o’chirib bo’lmaydi. Yonayotgan suyuqliklarni o’chirishning eng oddiy yo’li qum va tuproqdan foydalanish. Qum yoki tuproq yonayotgan moddaning haroratini pasaytiradi, xavoni o’tkazmaydi, yonayotgan modda bug’larining ajralib chiqishiga yo’l qo’ymaydi.Yong’inni o’chirishning samarali vositalaridan biri o’t o’chirgichlardir. Ular turli-tuman bo’lib, yong’in jarayonining dastlabki vaqtida foydalaniladi. Ular kimyoviy-ko’pikli, havo ko’pikli, karbonat angidridli, kukunli bo’ladi.
- Kukunli, uzlukli harakatdagi o’t o’chirgichlardir: OP-2, OP-2B, OP-5, OP 8B benzin, dizel yoqilg’isi, lak, buyoq va boshqa yonuvchi suyuqliklar, shuningdek 1000 volьtgacha quvvat ostida bo’lgan elektr uskunalarini o’chirishga mo’ljallangan.
-Karbonat angidridli o’t o’chirgichlar OU-2, OU-5, OU-8 turli modda, 1000 volьtli kuchlanish ostidagi elektr simlarini o’chirishga mo’ljallangan.
-Havo-ko’pikli o’t o’chirgichlar- OVP-5, OVP-IO, suyuq va qattiq modda, materiallarni o’chirishga mo’ljallangan.
Yong’in to’xtatilgandan so’ng vayronalarni tiklash, elektr va gaz tarmoqlaridagi avariya holatlarini tugatish ishlari olib boriladi.
TKVTI ni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda o’tkazish.
Ishlab-chiqarish avariya va halokatlari ko’p hollarda to’satdan sodir bo’ladi, ko’lami tez kengayadi, hamda odamlarning hayoti va sog’ligiga xavf soladi.
Avariya va halokatlar sodir bo’lganda ob’ekt ishchi-xizmatchilarni o’z, vaqtida xabardor qilish, ularni hamda ob’ekt atrofida yashaydigan aholining muhofazasini tashkil etish birinchi darajadagi vazifadir.
Birinchi navbatda odamlarning muhofazasi bilan shug’ullanish. Ularga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, ularni davolash muassasalariga joylashtirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun ko’p miqdorda kuch va vositalar kerak bo’ladi. Oqibatlarni bartaraf etishda turli ishlarni bajaruvchi tuzilmalar qatnashadi. Zarur bo’lganda ob’ekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin joylashgan hududlarning aholisi jalb etiladi.
TKVTI olib borishda bino va inshootlardagi xavfli kurilmalarni mustahkamlash yoki buzib tashlash, kommunal-energetika tizimlaridagi avariyalari bartaraf etish, texnologik tizimlarni tuzatish, yongin oqibatlarini bartaraf etish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarga amal qilinadi.
TKVTI ni xarbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda o’tkazish.
Ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilganda TKVTI ni olib borilishi juda qiyin bo’ladi. Birinchi galda aholi yuzaga kelgan xavf-xatar haqida ogohlantirilishi kerak, odamlar shaxsiy himoya vositalari bilan taьminlanib, umumiy himoya vositalariga yashirish kerak. So’ngra yong’inlarni bartaraf etish bilan shug’ullanish kerak, bunga o’t o’chirish komandalari ishga jalb qilinadi. Himoya inshootlariga borish yo’llari tozalanib, u yerlardan odamlarni qutqaruv ishlari ketma-ket olib boriladi. Fuqarolar muhofazasi boshlig’ining buyrug’iga asosan aholi zararlanmagan hududlarga yoki kamroq zararlangan hududlarga ko’chiriladi.SHikastlanganlarga protivogazlar kiydiriladi, agar kimyoviy zararlanish o’chog’ida bo’lg’udek bo’lsa, antidotlar yuboriladi, tananing ochiq joylari degozatsiya qiluvchi eritma bilan ishlov beriladi. Birinchi yordam ko’rsatilgach, zudlik bilan tibbiyot punktiga jo’natiladi.
Bakteriologik zararlanish manbaasining tugatilishida asosiy eьtibor va harakat kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi chora-tadbirlar o’tkazishdan iborat bo’ladi. Bunda zudlik bilan karantin eьlon qilinadi, kasallar shifoxonaga yotqiziladi, muloqotda bo’lgan odamlar nazorat ostiga olinadi, sog’lom odamlarga kasallikka qarshi emlamalar qilinadi, kasallik tarqatuvchilarga qarshi dezinsektsiya va derrotizatsiya choralari qo’llaniladi, kasallik qo’zg’atuvchilari mikrob va uning toksinlariga qarshi tozalov ishlari - dezinfektsiya olib boriladi.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin