Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə4/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
1.хфх марузаси

FUQAROLAR MUHOFAZASI
Bizga ma`lumki, har bir davlat o’zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o’sha davlatning qudratini belgilaydi. CHunki har bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo’lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqadi. SHu tariqa davlatlarda yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Bu qurollar yer yuzida mavjud yekan, albatta har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarni ishlab chiqadi. SHuning uchun har bir davlat mudofaa qudratining asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat siyosatlaridan biri bo’lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo’jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning mutassil ishlashini ta`minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Albatta fuqarolar mudofaasi oldiga qo’yilgan yuqoridagi ishlar 1945-yildan to 1990-yillargacha davom etib keldi, lekin shu davrgacha yuqoridagi ishlarni bajarish uchun ehtiyojlar bo’lmadi. Afsuski, bu davrlarda tabiiy ofatlar, ishlab-chiqarish avariyalari, turli halokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo’jaligimiz bundan jiddiy zararlandi. Bunday holatlarda biz bir-birimizga yordam berishga tayyor emas edik. Mustaqillik davridagina favqulodda holatda Fuqarolar Muhofazasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.
1991 - yilda O’zbekiston hukumati tomonidan fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim O’zbeksiton Respublikasi Mudofaa Vazirligining tarkibiga kiruvchi fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrdagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi Farmoniga binoan aholini va xalq xo’jalik inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Fuqarolar Mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil qilindi.
Fuqarolar Muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xaddi-harakat etishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab- chiqarish tarmoqlarini mutassil ishlashini taьminlash vazifalarini bajaradi.



Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin