Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə3/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
1.хфх марузаси

I.A.Karimov
Moziyga yuz tutgan XX asr oxiri va XXI asr boshi inson uchun anchagina murakkab yashash muhitini yuzaga keltirdi. Hech bir kun o’tmaydiki, dunyoning biror chekkasida avariya, halokat yoki tabiiy ofat sodir bo’lganligi to’g’risidagi xabarni eshitmaylik. Bu hodisalar ko’pincha odamlarning nobud bo’lishlariga ham sabab bo’lmoqda. Ayrim hollarda insonlar o’limining asosiy sabablaridan biri, ularning favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishning eng oddiy qoidalarini bilmasliklari yoki bu qoidalarning buzilishi yekanligidandir.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishni, bozor iqtisodiyotiga o’tishni boshlash bilan birga, Respublika milliy xavfsizligini taьminlashga qaratilgan mustaqil muhofaza siyosatini yaratish va uni amalga oshirish boshlandi.
Muhofaza siyosatini yuritish zamon taqozasi bo’lib, dunyoda yuz berayotgan tabiiy ofatlar, halokatlar va turli avariyalar muhofaza tizimini yaratish va uni takomillashtirib borishni talab etmoqda. Mamlakatimiz aholisini, xalq xo’jaligi inshootlari va sohalarini tabiiy va texnologik xususiyatdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni yuqori darajalarga ko’tarish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa turli favqulodda vaziyatlarni oldindan bashoratlash va aholini bunday vaziyatlardan ogohlantirish, talofat yuz bergan taqdirda kechiktirib bo’lmas qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish hamda talofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish bilan birga, aholiga bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, ularni kelib chiqish sabablari, oqibatlari va bartaraf etish chora-tadbirlari hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilish yo’l-yo’riqlari, fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari, iqtisodiy omillari, muhofaza tizimi va uning kuch va vositalari to’g’risida tushunchalar berishni taqozo etadi.
Talabalarga taqdim etilayotgan ushbu uslubiy o’quv qo’llanma yuqorida aytilganlar bo’yicha tushunchalar, favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi bo’yicha dastlabki natijalarni o’zida mujassamlashtirgandir.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin