Hayot faoliyati xavfsizligi


Gidrometeorologik havfli hodisalar



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə8/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
1.хфх марузаси

Gidrometeorologik havfli hodisalar
Sel-kuchli oqim, yaьni tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog’in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo’ladi. Odatdagi oqimlardan o’laroq, sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki alohida to’lqinlar tarzida harakat qiladi. SHuningdek, o’zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopishqoq massani olib keladi. Ayrim tosh va bo’laklarning o’lchami ko’ndalangiga 3-4 m.ga yetadi. Sel to’siqqa uchragandan so’ng, ularni oshib o’tadi va yanada kuchli bo’la boradi. Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo’lgan sellar o’z yo’llaridagi binolar, yo’llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog’lar, ekinzorlarni payhon etadi, inson va jonzotlarning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi.Selni «tog’ ajdari» deb atashadi. Sel 10 m soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o’zida sel oqimlarining paydo bo’lish soni katta emas. CHunki sel hosil bo’lishi uchun faqatgina yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi yetarli emas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin bo’lgan tog’ massasi ham mavjud bo’lishi zarur. Tog’ massasi esa o’z navbatida tog’ jinslarining yemirilishidan hosil bo’ladi. Uning paydo bo’lishi uchun 5-6 yildan 20-25-yilgacha vaqt ketadi. Sel hodisasiga misol qilib, 1998-yil 7-iyuldan 8-iyulga o’tar kechasi SHoximardonda yuz bergan sel hodisasini keltirish mumkin. Harorat keskin ko’tarilib ketishi natijasida qorlarning tez erishi 200 m soniya tezlikdagi sel oqimiga sabab bo’ldi. Sel oqibatida 104 nafar odam halok bo’ldi, 15 km uzunlikdagi gaz magistrali, 14 km avtomobil yo’li, 4 ta ko’prik, 3 km uzunlikdagi vodoprovod, 3 km elektr uzatish, 34741 m uzunlikdagi telefon tarmog’i ishdan chiqdi. 14200 kishi xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilindi.
Suv toshqini - daryo, ko’l, suv ombori yoki dengizda suv sathining ko’tarilishi natijasida joyning vaqtinchalik suv ostida qolishi. Suv toshqini qor va muzliklarining erishi, uzoq vaqt davomida yomg’ir yog’ishi, daryo o’zanlarining muz parchalari bilan to’silib qolishi, to’g’onlarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Suv toshqinlari kelib chiqish sabablariga ko’ra 6 turga bo’linadi;
1.Bahorgi muz va qorlarning erishi bilan bog’liq; 2. Yomg’ir yoki qish vaqtidagi qorlarning erishidan hosil bo’ladigan; 3. Daryo o’zanida oqimga qarshilik bilan bog’liq; 4. Katta ko’l va suv omborlari qirg’oqlarida shamol yordamida hosil bo’ladigan; 5.Gidrotexnik inshootlar to’g’onlarining yorilishidan yuzaga keladigan;6.Suv osti zilzilalari yoki vulqon otilishidan hosil bo’ladigan.
Suv toshqini chog’ida odamlar, qishloq xo’jaligi ekinlari va hayvonlar nobud bo’ladi, binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast yetadi yoki vayron bo’ladi, moddiy va madaniy boyliklar yo’qotiladi, xo’jalik faoliyati to’xtab qoladi, hosil nobud bo’ladi, hosildor yer qatlamlari yuvilib ketadi.
Bundan tashqari ikkilamchi shikastlovchi omillari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi; turli inshootlar mustahkamligiga zarar yetishi, zarar ko’rgan omborlardan zaharli modda- larning suv bilan yuvilib, katta hududlarga olib ketilishi, sanitar-epidemiologik vaziyatning murakkablashuvi, joyning botqoqlikka aylanishi.
Qor ko’chkisi-bu tog’ yonbag’irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o’pirilishidir. Qor ko’chkisi doimiy qor qatlamlariga ega bo’lgan barcha tog’li rayonlarda yuz berishi mumkin.Bunga misol qilib, 1999-yil 21-noyabr kuni Toshkent- O’sh avtomobil yo’lining «Qamchiq» dovonida yuz bergan qor kuchkisini olish mumkin. Soat 5; 30 dan 12 largacha 8 bor qor ko’chishi takrorlandi. Buning oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilganligi aniqlandi. Qor ko’chkisi natijasida 29 odam halok bo’ldi, 400 transport vositasi, 1200 dan ortiq yo’lovchi qutqarib qolindi.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin