Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish.
Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni.
4.Haflarni turlari va órganish tartibi
5. Hayot faoliyati xafsizliging asosiy aksiomalari
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda. Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo`ladi. Inson o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo`lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
Hayot faoliyat – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhit – bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo`ldi. Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir. Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. ya`ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. YUqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi; 2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir; 3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda. Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir. Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. Hayot faoliyati xavfsizligi
Dostları ilə paylaş: |