Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish. Reja



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə4/8
tarix06.12.2022
ölçüsü18,72 Kb.
#72526
1   2   3   4   5   6   7   8
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslubla

Xavflar identifikatsiyasi.
Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identifikatsiyasida har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavflarni identifikatsiya qilishda xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
3.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari?
3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari
Mutloq xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, har qanday (faoliyat) bo‘lmasin - unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu potensial xavf to‘g‘risidagi aksioma bo‘lib “Hayot faoliyati xavfsizligi”da g‘oyat katta metodologik ahamiyatga ega.
Bunday aksiomalardan yana bir nechtasini keltirib o‘tishimiz mumkin:
Aksioma 1. Texnosferalardagi modda, energiya va axborotning kundalik oqimi chegara qiymatlaridan oshsa, texnogen xavflar mavjud bo‘ladi.
Aksioma 2. Texnogen xavflarning manbalari texnosferaning elementlari hisoblanadi.
Aksioma 3. Texnogen xavf vaqt va makon (fazo) ichida harakat qiladi.
Aksioma 4. Texnogen xavflar bir vaqtning o‘zida odamlarga, tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksioma 5. Texnogen xavflar odamlar salomatligini yomonlashtiradi, shikastlanishga olib keladi, moddiy yo‘qotishlarga va tabiiy muhitning tanazzuliga olib keladi.
Aksioma 6. Texnogen xavf-xatarlardan himoya qilish xavfli manbalarni takomillashtirish, xavf manbai va himoya qilish ob’ekti orasidagi masofani oshirish, himoya choralaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.

Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin