Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi. Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash; 2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash; 3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish; 4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish; 5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash; 6. Rag‘batlantirish, ya’ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari. HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va iqtisodiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, ommani o‘qitish; xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o‘qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subektiga psixologik ta’sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to‘lovlari tizimi va boshqalar. Xulosa Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo`ladi. Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to`plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul birbirini to`ldiradi. To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar o`rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin. Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror xavfli hollar yoki omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1. A. Mark , P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Германия, 2007
2. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Мehnat muhofazasi maxsus kursi. Amaliy mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma.-Т.: TIMI – 2014.
3. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Мehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-Т.: TIMI, 2014y.
4. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”, 2014 y.