Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish. Reja



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə7/8
tarix06.12.2022
ölçüsü18,72 Kb.
#72526
1   2   3   4   5   6   7   8
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslubla

Xavflar identifikatsiyasi.
Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identifikatsiyasida har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavflarni identifikatsiya qilishda xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
2.Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish?
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Tizimlilikka bo‘lgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo‘lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko‘zda tutiladi.
Tizimli tahlil qilishning muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi:
- qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlash va aniqlik kiritishdan boshlanmog‘i kerak;
- butun muammolarni to‘laligicha qarash muhimdir;
- maqsadga erishishning alternativ yo‘llarini tahlil qilish lozim;
- qo‘shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlilik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirishi kerak.
Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim ierarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu bosh maqsaddir. Bosh maqsad qism maqsadlarga bo‘linadi va o‘z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to‘liq faoliyat sikli hosil qilinadi, ya’ni: ilmiy fikr, ilmiy izlanish ishlari, konstruktorlik ishlari, loyiha, loyihani amalga oshirish, sinash, ishlab chiqarish, tashish, foydalanish, takomillashtirish va tuzilishini o‘zgartirish, saqlashga qo‘yish va bartaraf qilish, yo‘q qilish.

Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin