Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish. Reja


Aksioma 7. Hayot faoliyati jarayonida qulaylik ko‘rsatkichlari inson faoliyati va dam olishlari bilan o‘zaro bog‘liq



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə5/8
tarix06.12.2022
ölçüsü18,72 Kb.
#72526
1   2   3   4   5   6   7   8
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslubla

Aksioma 7. Hayot faoliyati jarayonida qulaylik ko‘rsatkichlari inson faoliyati va dam olishlari bilan o‘zaro bog‘liq.
Aksioma 8. Xavf dunyosidagi va ularni himoya qilish bo‘yicha odamlarning kompetentligi hayot faoliyati xavfsizligiga erishish uchun zaruriy shartdir.
4. Xavflarning turlari va o‘rganish tartibi.
Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik.
2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar.
6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon.
Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi:
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish.
III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo‘ladi.
Xavflarning taksonomiyasi.
Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha joylashtish degan ma’noni anglatadi. Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.

Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin