Hayot faoliyati xavfsizligi


Rejaga qo’yiladigan talablar



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə22/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
1.хфх марузаси

Rejaga qo’yiladigan talablar

Talablar

Mazmuni

1.To’liq ishlab chiqilishi

Rejani muvaffaqiyatli bajarilishini va bosh vazifa–aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilishni hal etilishini taьminlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va bajaruvchilari ko’rsatiladi.

2.Vaqt qatьiy hisobga olinishi


Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgan har bir tadbir sifatli va to’liq hajmda bajarilishi uchun kerak buladi.



3.Reallik va aniqlik

Rejaning aniq va real bo’lishi uning bajarilishini zarar tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit maьlumotlari sinchiklab o’rganiladi: bo’lishi mumkin bo’lgan vayronlik, uyulma, talofatlar tusi, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi, oqibatlari yo’qotilishi uchun kerakli fuqarolar muhofazasi kuch va vositalariga bo’lgan talab hisoblab chiqiladi. Ob’ektiv reallikka baho berish va tadbirning bajarilish vaqtini belgilash fuqaro muhofazasidan taktik o’quv-mashqlarda, amaliy mashg’ulotlarda, trenirovkalarda bajariladi.

Fuqaro muhofazasi rejasiga yagona talab qo’yilishidan asosiy maqsad, birinchidan, kelishib olish uchun kerak bo’lsa, ikkinchidan zarar bo’lib qolganda rejadan foydalanish qulay bo’lishi ko’zda tutiladi.


Hudud va xalq xo’jaligi ob’ektlarida avariya-qutqaruv ishlarini rejalashtirish va o’tkazishning qo’yidagi tartibi belgilangan:
1. SHikastlanish o’choqlarini va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqarish ishlari kompleksini o’tkazish.
2. Aholini, qishloq xo’jalik mollarini, o’simliklarni, sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari.
3. SHikastlangan aholi hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bo’lganlarni hisobga olish va ko’mish, yaradorlarni kasalxonalarga yotqizish.
4. Karantin-observatsion, sanitar-gigienik, epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkazish.
5. Mahalliy organlar va harbiy qo’mondonlik organlari bilan hamkorlik qilish.
Bu ishlar hududni va xalq xo’jaligi ob’ektlarini tabiiy va tabiiy texnik sharoitlaridan kelib chiqib rejalashtiriladi.
Fuqarolar muhofazasi boshqarmalari, bo’limlari va xizmatlari reja bajarilishini taьminlashlari uchun harajatlar oldindan xalq xo’jaligi organlari bilan birgalikda ishlab-chiqiladi, taьminotning hamma turlari uchun talab-bildiruvlar, naryadlar, yuk xatlar, buyum va texnikani olish uchun ishonchnomalar, shahar tashqarisidagi zonaga evakuatsiya davrida turadigan xonalarni egallash uchun orderlar oldindan tayyorlab qo’yiladi. Bu xujjatlar fuqarolar muhofazasi rejalariga ilova qilinmaydi, balki bevosita ijrochilarning ish papkalarida saqlanadi.
Rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq ishning birinchi choragi davomida tuzatishlar kiritiladi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda rejaga darhol aniqliklar va tuzatishlar kiritilishi kerak. Reja ikki nusxada tuzilib, nusxalardan biri ob’ektning boshqarish punktida, ikkinchisi esa yuqori tashkilotda saqlanadi.
Modul -11. Birikmalarni shaxsiy tarkibi va axolini siyosiy- axlokiy

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin