Sovuk urishi - tukimalarga past xaroratni uzok vakt ta’sir etishi natijasida yuz beradi. 1-darajasi, terini yuza kismi sovuk uradi, bunda terini okarishi, sezuvchanlikni yukolishi kuzatiladi. Isitilganda teri kizaradi, ba’zan kukimtir tus oladi, tomirlar falajlanishi, shish va ogrik kuzatiladi. 2-darajasi, teri va uning ichki kismi sovuk uradi, kon aylanishini buzilishi chukurrok namoyyon buladi, yurak faoliyati buziladi, terida ichida tinik suyuklik tutuvchi pufakchalar paydo buladi, agar infektsiya kushilsa yiringlanish kuzatiladi. 3-darajasi, teri va teri osti tukimalari sovuk uradi, nekrozlanish va shu joylarda chandiklanish kuzatiladi. Jarayon 1-2 oy davom etadi. 4-darajasi, chukur joylashgan tukimalar va suyaklarni sovuk urishi bilan kechadi. SHu kismni barcha sezgilari yukoladi. Bemorni umumiy axvoli sovuk urishini darajasiga boglik.
Davosi: bemorni isitish, issik choy berish, teriga spirt surtish, yurak dorilarini berish, massaj kilish, maxalliy antiseptik boglamlar kuyish, kon aylanishini yaxshilash, infektsiyaga karshi kurashish (antibiotiklar berish), fiziomuolajalar kullash (UVCH, diatermiya kabi), kuprok suyuklik berish, vitaminlarga boy ozik - ovkatlar berish, kon urnini bosuvchi suyukliklar kuyish. Agar jarayon uta chukur bulsa amputatsiya kilish.
Modul 9. Axoliga FM ni urgatish va ukitishni tashkil etish. Reja. 1.Fukarolarni fukarolar muxofazasi buyicha ukitish.
2. Fukarolar muxofazasiga ukitish usullari.
Tayanch iboralar Fuqarolar Muhofazasi halokat, ofat avariyalar
Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha o’qitish-rahbarlar tarkibini, Fuqarolar Muhofaza kuchlari va aholini favqulodda vaziyat sharoitida ishlashga tayyorlanishning asosiy tadbirlaridan biridir.
Tegishli Fuqarolar Muhofazasi boshliqlariga taьlim oluvchilarning qay darajada tayyorgarligini ishlab-chiqarish xususiyatiga va maxalliy sharoit qandayligini hisobga olib, aniq mavzularni va ularni o’rgatish vaqtlarini o’zlari belgilash xuquqi bor.
Fuqarolar Muhofazasini o’qitishga bo’lgan talablar quyidagicha:
-taьlimni tashkil etishga tabaqalab yondoshish;
-ishchilarni, xizmatchilarni va qishloq xo’jaligi xodimlarni minimal darajada ishdan qoldirib, ularning Fuqarolar Muhofazasi vazifalarini bajarishda pishiq va amaliy ko’nikmalar orttirishni taьminlash imkonini beradigan shakl va uslublarni qo’llash;
-Fuqarolar Muhofazasi o’quv tadbirlarini ishlab-chiqarish rejalari. Ijtimoiy vazifalar bajarilishi bilan uzviy qo’shib olib borish;
-Fuqarolar Muhofazasi yuzasidan tayyorgarlikni tashkil etishda ko’proq saviya parametrlarini mo’ljallab ish ko’rish, o’ta soddalashtirib yuborishdan, beparvolikdan xoli bo’lib olish, rasmiyatchilikka barham berishga erishish.
Fuqarolar Muhofazasi taьlim berish uchun mamlakatimizning aholisi shartli ravishda quyidagi beshta asosiy toifaga bo’linadi:
-Fuqarolar Muhofazasining rahbarlik qiluvchi va komandirlar tarkibi;
-Fuqarolar Muhofazasi xarbiylashmagan tuzilmalarning shaxsiy tarkibi;
-Tuzilmalar tarkibiga kirmagan ishchilar, xizmatchilar va qishloq xo’jaligi xodimlari;
-Ishlab-chiqarish va xizmat ko’rsatish soxasida ishlamaydigan fuqarolar;
-Talabalar, o’quvchilar.
Fuqarolar muhofazasini o’qitish Fuqarolar Muhofazasi katta boshlig’i va uning shtablari ko’rsatmasi bilan, shuningdek Fuqarolar Muhofaza masalasi bilan shug’ullanuvchi maxalliy hokimiyat qarori va buyrug’i bilan tashkil etiladi va olib boriladi. Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha o’qitishni o’tkazish va tashkil qilishda umumiy printsiplar bo’lib: harbiy holat va favqulodda vaziyat holatida nimaga eьtibor berishga o’qitish, onglilik va aktivlik, sistemalik va ketma-ketlik, bilimlarga-ko’nikmalarga mustaxkam ega bo’lish, o’qitishda jamoatchilik va shaxsiy yondoshish, ahloqiy va ruxiy mustahkamlikni ishlab-chiqarish hisoblanadi.
Ishlab-chiqarish va ob’ekt Fuqarolar Muhofazasi rejasida ko’rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shaxslarni maьlum programma asosida o’qitish maqsadga muvofiqdir.
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o’qitishda aholi barcha tabaqalarini halokat, ofat va avariyalarda xarakat qilishga, o’zini qanday tutishga qatьiy tayyorlashga erishishi kerak.
Respublikamiz hududida yashayotgan aholi tabaqalarini qo’yidagi guruhlarga ajratib, har bir guruh uchun tuzilgan dasturlar asosida o’qitiladi:
-ishlab-chiqarishda band bo’lgan aholi ish joyida 25 soatlik dastur asosida o’qitiladi;
-ish joyida band bo’lmagan aholi yashash joyida 18 soatlik dastur asosida mashg’ulot olib boriladi, yo’nalishlar buyicha alohida guruhlar tuziladi;
-maktab yoshigacha, yaьni bolalar bog’chalarida olib boriladigan mashg’ulotlar 12 soatlik dastur asosida guruhlarda tasvirli jadvallar, videolavxalar, rasmlar, savol-javoblar tarzidagi, musiqali o’yinlar shaklida o’tkaziladi;
-umumtaьlim maktablarida. o’qish joylarida 298 soatlik dasturli reja asosida, kasb-xunar taьlim muassasalarida 35 soatlik dastur-reja asosida oliy o’quv yurti talabalari 40-80 soatlik dastur- reja asosida o’qitiladi.
Fuqarolar muhofazasini o’qitishni rejalashtirishni va uyushtirishdan maqsad doimo malakasini oshirishni taьminlab berish va shtablarning va tuzilmalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish. Fuqarolar Muhofazasi ishlarini rejalashtirish va uyushtirish, korxona Fuqarolar Muhofazasi boshlig’ining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.
SHaxsiy tarkibni korxona Fuqarolar Muhofazasi 1-yillik rejasi (o’quv yili) shaxsiy tarkibining hamma toifalari uchun o’quv jadvali tuziladi.
Tadbirlar 1 yillik reja asosidan choraklik va oylik rejalar tuziladi va hamma o’tkaziladigan tadbirlar rejada yoritiladi.
Aholini Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha o’qitish sifati to’g’ri qo’llangan o’qitish shakllari va usullariga bog’liqdir.
O’qitish shakllari o’qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. O’qitish shakllari quyidagi asosiy guruhlarga: sinf mashg’ulotlari, dala mashg’ulotlari, trenirovkalar, maxsus taktik o’qish, komandir va shtab boshliqlarini o’qitish va kompleks o’qishlarga bo’linadi.
O’rgatish usulida mashg’ulot rahbari o’rganuvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib, Fuqarolar Muhofazasi vazifalarini bajarish uchun aqliy va jismonan shakllantiradi. Bu yo’l o’rganuvchilarni bilimsizlikdan bilimga, maxoratsizlikdan mahoratga olib boradi.
Aholini Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha o’qitishda har xil o’quv usullari qo’llaniladi:
-o’quv materialini og’zaki bayon etish (lektsiya, hikoya, tushuntiruv);
-ko’rsatish (demonstratsiya) (o’rganuvchilarga shaxsan Fuqarolar Muhofazasi tuzilmalarining xarakatlarini diafilьm va kinofilьmlar orqali ko’rsatish);
-mashqlar (aholini yalpi qirg’in qurolidan himoya kilish normativlarini o’qitish);
-amaliy ish (maxsus jihozlangan kabinetlarida, o’quv shaxobchalarida).
Aholini Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha o’qitishda eng samara beradigan usullaridan biri, bu amaliy mashg’ulotdir. Amaliy mashg’ulotlarda tuzilmalarning shaxsiy sostavini zarur amaliy ko’nikmalari, anik va tartibli xarakatlari, xar xil uskuna va agregatlardan, texnikadan, asboblardan foydalanishning eng maqsadga muvofiq usullari izlanadi va takomillashtiradi, ogoxlantirish va boshqarish masalalari ishlab-chiqiladi.
Fuqarolar Muhofazasida tayyorgarlik samaradorligining zaruriy sharti uni o’z vaqtida va yuksak saviyali rejalashtirish hisoblanadi.
Viloyat Fuqarolar Muhofazasi boshliqlari o’zlarining tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalarini ishlab chiqadilar. Bundan kelib chiqib, tumanlar, shaharlar, ob’ektlarning Fuqarolar Muhofazasi boshliqlari yangi o’quv yiliga mo’ljallangan buyruq chiqaradilar.
O’tgan o’qish yilidagi tayyorgarlik yakunlari va yangi o’quv yili vazifalari haqida tuman, shahar Fuqarolar Muhofazasi boshlig’ining buyrug’i va tegishli vazirliklar (idoraning) direktiv ko’rsatmalari;
-aholining tegishli toifalariga ta’lim berish dasturlari;
-fuqarolar Muhofazasi bo’yicha tayyorgarlik markazlarini butlash rejalaridan ko’chirma; -o’tgan o’qish yilida ob’ektning fuqaro tayyorgarlik yakunlari.
Ana shu hujjatlarga muvofiq ob’ektning Fuqarolar Muhofazasi shtabi quyidagilarni ishlab chiqadi;
-ob’ekt rahbarlar tarkibini, tuzilmalarning ishchi-xizmatchilarini yangi o’quv yilida Fuqarolar Muhofazasi bo’yicha tayyorlash rejasi;-har qaysi o’quv guruhlaridagi mashg’ulotlar jadvali. Hamma rejalash hujjatlari bir yilga mo’ljallab ishlab chiqiladi:
-o’quv guruhida Fuqarolar Muhofazasi mashg’ulotlarini hisobga olish jurnali;
-fuqarolar muhofazasi markazlarida rahbarlar tarkibi va qo’mondon boshliqlar tarkibini tayyorlashni hisobga olish jurnali;
-guruhlarda Fuqarolar Muhofazasi trenirovkalari o’tkazilganini hisobga olish jurnali.
Masьul shaxs - fuqarolar muhofazasi shtabi boshlig’i hisoblanadi.