Hayot faoliyati xavfsizligi


Modul -12. Yongin xavfsizligi



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə24/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
1.хфх марузаси

Modul -12. Yongin xavfsizligi.
Reja.

  1. Yongin va uning sabablari.

  2. Portlash xakida tushuncha.

Tayanch iboralar zarba (zarb to’lqini) OP-2, OP-2B, OP-5, OP 8B, OVP-5, OVP-IO
Yong’in-bu nazorat qilib bo’lmaydigan hodisa bo’lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo’q qiluvchi ofat, ayniqsa, u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.
Yong’inning kelib chiqishiga uch omilning bir vaqtni o’zida bir joyda bo’lishining o’zi kifoya. Yaьni:
-yonuvchan modda (neftь, atseton, qog’oz, yog’och) va boshqalar
-havo harorati (kislorod miqdorining va boshqalar) ortishi.
-uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi)
Respublikamizda yong’in va portlash havfi bor ob’ektlar juda ko’p bo’lib, ular aholi va hudud uchun xavf-hatarlar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda ulardagi xavfli hodisalar favqulodda vaziyatga aylanib ketishi mumkin.
Yong’in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:
-yong’in havfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
-fuqarolarning loqaydligi, eьtiborsizligi;
-elektr simlarining nosozligi;
-gaz, ko’mir, o’tin bilan isitiladigan vositalardagi nosozliklar, foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;
-bolalarning o’t bilan o’ynashlari
-qasddan o’t qo’yishlar va boshqa sabablar.
Eng asosiysi shundaki, fuqarolarimizning o’zlari yong’in sodir bo’lishining sababchisi bo’lib qoladilar. SHuning uchun ham «Yong’inni oldini olmoq uni o’chirishdan afzalroqdir» degan shiorni doim yodda tutmoq lozim.
Maьlumotlarga ko’ra, yong’inda nobud bo’lganlarining 60-80% i nafas olish yo’llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo’lar yekanlar.
Portlash-bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir.
Portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim taьsirida sodir bo’ladi. Portlashlar asosan yong’in va portlash havfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatlarida yong’inlar kelib chiqishi mumkin.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar portlash havfi bor tashkilotlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neftь va neftь mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog’oz non maxsulotlari yengil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor maxsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha muassasalar kiradi.
O’zbekiston hududida gaz bilan taьminlangan fuqarolar uylarini nazarda tutmagan holda 500 dan ziyod portlash va yong’in chiqish havfi bor tashkilotlar mavjud.
Portlashning zarar yetkazuvchi omillari:
-zarba (zarb to’lqini)
-siniq parchalarining sochilishi.
Bizning O’zbekiston diyorimizda yiliga 15-17 tadan ziyod portlashlar sodir bo’ladi, asosan aholi yashaydigan xonadonlarda gazdan noto’g’ri foydalanish oqibatida sodir bo’ladi. 1998 yilda SHatlik-XIV(Turkmaniston) va Muborak-Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida nosozlik tufayli portlash yuz berib, ko’plab fuqarolarimiz nobud bo’lgan va tan jarohati olgan.
Yong’in va portlashlar qo’qqisdan sodir bo’ladi va ko’plab odamlarning o’limiga yoki og’ir tan jarohati olishlariga olib keladi.Yong’in vaqtida zudlik bilan qilinadigan vazifa, o’t ichida qolib ketgan odamlarni qutqarish hisoblanadi. Qutqarilgan odamlar zudlik bilan tashqariga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi, so’ng davolash muassasasiga jo’natiladi. SHu bilan bir qatorda yong’inni o’chirish ishlari olib boriladi.
Yong’inni o’chirishning asosiy vositasi - suv hisoblanadi. Birinchidan u hamma yerda mavjud, ikkinchidan, suv bug’lanish xossasiga ega. Yonayotgan predmetlarga tushgan suv bug’lanib, haroratni pasaytiradi, bug’ havo miqdorini kamaytiradi va natijada yong’in o’chadi. Biroq suvni xar doim ham yong’inni o’chirish vositasi sifatida foydalanib bo’lmaydi. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni suv bilan o’chirib bo’lmaydi. Yonayotgan suyuqliklarni o’chirishning eng oddiy yo’li qum va tuproqdan foydalanish. Qum yoki tuproq yonayotgan moddaning haroratini pasaytiradi, xavoni o’tkazmaydi, yonayotgan modda bug’larining ajralib chiqishiga yo’l qo’ymaydi.
Yong’inni o’chirishning samarali vositalaridan biri o’t o’chirgichlardir. Ular turli-tuman bo’lib, yong’in jarayonining dastlabki vaqtida foydalaniladi. Ular kimyoviy-ko’pikli, havo ko’pikli, karbonat angidridli, kukunli bo’ladi.
-Kukunli, uzlukli harakatdagi o’t o’chirgichlar: OP-2, OP-2B, OP-5, OP 8B benzin, dizel yoqilg’isi, lak, buyoq va boshqa yonuvchi suyuqliklar, shuningdek 1000 volьtgacha quvvat ostida bo’lgan elektr uskunalarini o’chirishga mo’ljallangan.
-Karbonat angidridli o’t o’chirgichlar OU-2, OU-5, OU-8 turli modda, 1000 volьtli kuchlanish ostidagi elektr simlarini o’chirishga mo’ljallangan.
-Havo-ko’pikli o’t o’chirgichlar- OVP-5, OVP-IO, suyuq va qattiq modda, materiallarni o’chirishga mo’ljallangan.
Yong’in to’xtatilgandan so’ng vayronalarni tiklash, elektr va gaz tarmoqlaridagi avariya holatlarini tugatish ishlari olib boriladi.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin