Hayot faoliyati


XIV.6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik sharoitida favqulodda hodisalar vaqtida xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə136/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161
Hayot faoliyati

XIV.6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik sharoitida favqulodda hodisalar vaqtida xavfsizligini ta’minlash

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan voqealar tabiatning o‘z hodisasi, ya’ni tabiiy ofatlar sirasiga kiradigan voqealar ekanligini, bulardan tashqari yana shunday hodisalar uchraydiki, bunday hodisalarni ham favqulodda hodisalar qatoriga qo'shishga to ‘g‘ri keladi. Agar umumiy favqulodda hodisalarga keng m a’noda ta’rif bersak, unda uni quyidagicha ta’riflasli m um kin.


M a’lum aholi yashaydigan hududda har xil falokatlar, avriyalar tabiiy ofatlar va ekologik ofatlar, shuningdek, odam larda ko‘plab yuqumli kasalliklar kelib chiqishi natijasida odam larni ko‘plab moddiy boyliklardan mahrum qilish, ulamig umriga zom in bo‘lish bilan hayot faoliyati sharoitlarini buzilishiga olib keladigan vaziyatlar favqulodda holatlar deb yuritiladi.


Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra hozirgi vaqtda qabul qilingan aqidaga ko‘ra, favqulodda hodisa natijasida 10 yoki undan ko‘proq kishining o'lim i yoki tezkor tibbiyot xizmatiga muhtojlik bilan tugallansa, uni falokat deb atash qabul qilingan. U yoki bu holatda boshqacha nom bilan atalgan holatlarni ham inkor etmaslik kerak. Oldindan aytib o'tish kerakki, falokatlarning talqini har yerda har xil talqin qilinmaydi, lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, ularga bir xil holatlarda bir tom onlam a va boshqa holatlarda ko*p tom onlama baholashga to‘g‘ri keladi. Jumladan, ekologiyaga putur yetkazish bilan tamomlangan avariyalar hozirgi ayni vaqtda uni zararini chuqur fahmlab yetgan boisakda, uning zarari hozirgi vaqtda butunlay sezilmasligi va ma’lum vaqtdan keyin yuz ko‘rsatganda uning zarari nihoyatda ayanchli ekanligini tushunib yetishimiz mumkin.


Shuning uchun ham odam hayot faoliyatini muhofaza qilish umumiy atrof-muhitni muhofaza qilish bilan uyg‘unlashib ketganligini bu faqatgina bizni o ‘rab turgan tabiat va o'sim lik va havo muhiti, shuningdek, um um iy mikroorganizmlar ham makroorganizmlar bir tekislikda qarash va ularning um um iy biosfera qatlamlarida muhofazani kuchaytirish m aqsadida favqulodda hodisalarni aniq ifoda qilish lozimligi ta ’kidlanadi.

Bunday deyishimizning o ‘ziga xos sababi bor albatta, ya’ni



287


harqanday favqulodda hodisa, uning faqatgina o‘ziga xos sababi, qiyofasi va o‘ziga xos rivojlanish xususiyatiga ega bo‘ladi.


H ar bitta favqulodda hodisa asosida tashqi muhit bilan inson


o ‘rtasidagi muvozanat buzilganligini yoki ularni muvofiqlashtirilishini ta ’minlaydiga bogMovchi tizim yoki jamiyat tizim ining buzilganligini ko‘rsatuvchi m a’no yotadi.


Ilm texnika taraqqiyoti ko'rihnagan darajada rivojlanishi shunga olib keldiki, u insoniyatning madaniy rivojlanishidan oldinlab ketdi va bu odamlardagi tavakkallik xususiyati bilan odam larning xavfsizlikni ta ’minlashga tayyorgarligi orasida uzilish vujudga keldi. Bunday tavakkalchilikning katta maydondagi harakati nihoyatda katta falokatlarga olib kelishi mumkinligi insoniyat ongiga kirib kela boshladi. Bunga misol tariqasida insoniyatning yadro harakatini keltirish mumkin. Awaliga hamma kuchli davlatlar zo‘r berib yadro qurollarini ko'paytirish taraddudiga tushdi, lekin bu taraddud butun yer yuzini falokatga giriftor qilishi mumkinligi aw aliga hech kimning xayoliga kelmadi va keyinchalik qilingan ishlarning bir-ikkita natijasi ko‘rinishi bilan bu ishlarga barham berish zarurligi tushunib yetilgandan keyin ko‘rindiki, vaqt o‘tgan va bu halokatli vaziyat ikkinchi hamda uchinchi qatlamdagi rivojlanayotgan davlatlar tom onidan amalga oshirilmoqdaki, buning natijasi nima bilan tugallanishi nom a’lum.


Yana bitta tarixiy omilni aytib o‘tish joiz deb hisoblayman. Sobiq ittifoq davrida yadro qurollarini rivojlantirish bilan bir vaqtda kimyoviy va baktereologik qurollarni ham ishlab chiqarish nihoyatda avj olgan edi va bu soha ko‘zga ko‘rilmagan darajada tezlik bilan bunday nioddalarning miqdorini oshirish yo‘li bilan amalga oshirildi. Buning natijasida bu moddalarning bir necha o‘n minglab tonnasi m a’lum regronlarga joylashtirildi.

Oxirgi yillarda jahon hamjamiyati tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasida bu moddalarni yer yuzidan butunlay yo‘qotish zarurligi haqidagi harakat kuchayib ketdi, keyingi ittifoq tarqalish oldidan va tarqalgandan keyingi davrlarda yetakchi davlatlar yig‘inlarida kimyoviy va baktereologiya qurollaridan foydalanish taqiqlanishi haqidagi deklaratsiyaga deyarli jahondagi hamma davlatlar qo'shildi. Shundan keyin bu moddalarni butunlay yo'qotish haqida qaror qabul qilindi. Sobiq ittifoq tarqab ketgandan keyin bu moddalarning asosiy zaxiralari Rossiya hududida ekanligi m a’lum bo‘ldi. Demak, bu zaxiralarni yo'qotish vazifasi ham Rossiya zimmasiga tushdi. Jahon hamjamiyati tashkilotlarining moddiy yordami bilan ham bu moddalarni yo‘qotish ishlari



288

nihoyatda og‘ir kechmoqda, chunki bu zaharli moddalarni yo'qotish texnologiyasi ishlab chiqilmagan va bularni yo‘qotish uchun qurilgan fabrika va zavodlar atrof-m uhitga katta zarar yetkazishi bilan bii^ga, u yerda yashovchi odam lar hayotiga ham jiddiy xavf solmoqda. Chunki bu zaharli kimyoviy moddalar tarkibi ham zaharli bo'lganligidan uni biror bir kimyoviy modda bilan ta’sir ko'rsatib yo‘qotish imkoniyati cheklangan va yoqib yuborish mumkin emas, ekologiya va odam lar hayotida jiddiy xavf tug‘diradi, qo'shim cha moddalar qo‘shib ishlov berish juda qimmatga tushadi va bu mamlakat iqtisodiga og‘ir putur yetkazadi. Ko‘rib turganimizdek, bir vaqtlar o ‘ylamay qilingan xatolik keyingi avlodlar, ya’ni hozirgi avlodlar uchun og‘ir fojiali bo‘lishi mum kin ekan. Shuning uchun ham tabiatga katta ko‘lamdagi jarayonlar bilan ta’sir ko‘rsatish juda katta fojialarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Favqulodda hodisalar o'zining quyidagi xususiyatlariga ko‘ra sinflanadi:

to‘satdanlik darajasi: to'satdan (bashorat qilish m um kin boMmagan) va kutilgan (bashorat qilish mumkin bo'lgan). Favqulodda hodisalarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy turlarini bashorat qilish uncha qiyin emas, am m o tabiiy ofatlami bashorat qilish qiyinroq. Albatta, tabiiy ofatlarni bashorat qilish m um kin bo'Iganda uning oqibatlaridan ko'pchiligini oldi olingan, moddiy va odamlar uchun xavfli omillarni chetlab o ‘tish uchun imkoniyat yaratilgan bo‘lar edi, hattoki, ba’zi bir hollarda favqulodda holatni butunlay kelib chiqaruvchi omillariga ta ’sir qilish yo‘li bilan ulam i kelib chiqmasliklari ta’minlangan bo‘lar edi.


tarqalish tezligi: favqulodda hodisalar har xil ko‘rinishda portlash, tez rivojlanuvchi, tez tarqaluvchi, sokin tavsiflarga bo'linadi. Portlashga kuchli zilzilalar, bo‘ronlar va to'fonlar ham da terrorchilik harakatlari kiradi. Tez rivojlanuvchi turiga harbiy to‘qnashuvlar, texnogen avariyalar, tabiiy ofatlarning ba’zi birlarini kiritiladi, sokin turiga ekologiya tavsifiga ega boigan favqulodda hodisalar kiritiladi.


tarqalish masshtabi: favqulodda hodisalarni masshtabi bo‘yicha qisman, obyekt bo'yicha, mahalliy, hududiy, milliy va umumiy turlarga bo‘lish mumkin. Qisman, obyekt bo‘yicha, hududiy va mahalliy favqulodda hodisalar o‘z nomlanishlariga ko‘ra obyektning bir qismida, o'zida yoki shu hududda ro‘y bergan bo‘lib tashqaridagilar hech qanday ta ’sir sezmagan va mahalliy hududiy va umumiy turlarida bir necha davlat yoki bir necha




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin