289
viloyat yoki respublika uning ta’siridan aziyat chekkan deb qaraladi.
— ta’sir davri: ta ’sir davri bo‘yicha favqulodda hodisalar qisqa muddatli va uzoqqa cho'ziladigan turlarga bo‘lib qaraladi. Atrof-m uhitni bulg'ash bilan o'tadigan hamma favqulodda hodisalar uzoqqa cho‘ziladigan turga kiritiladi.
— favqulodda hodisalar tavsifi bo‘yicha: oldindan o‘ylab qilingan (ataylab) va bexosdan bo‘lishi mumkin. Ataylab qilingan favqulodda hodisalarga milliy, ijtimoiy va harbiy harakatlar va shuningdek, terrorislik harakatlarini kiritish mumkin. Tabiiy ofatlar, texnogen avariya va katastrofalar bexosdan bo‘lgan tabiiy ofatlar qatoriga kiritiladi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti ko'pdan ko‘p hodisalarni tub mohiyatini ochib berganligi hammamizga m a’lum. Shuning bilan birga favqulodda hodisalarni 0‘iganish va uni oldindan bashorat qilish ishlari ham qilingan birmuncha oldinga siljishlarning guvohi bo‘la oladi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, favqulodda hodisalar fan sifatida o‘rganilayotganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun ham biz bu yerda ko'rsatib o‘tgan bo‘linishlarni tugallangan deb hisoblashga hech qanday asos yo‘q. Shuning uchun uning bo‘limlarini quyida ko‘rsatilgan chizma asosida o'rganish, ehtimol, birmuncha tolaroq boiishini hisobga olib uni tartibga keltirishga harakat qilib ko‘ramiz. Ammo, biz bu chizmadagi ko‘rsatilgan hamma hodisalar jam lab olingan degan xulosadan yiroqmiz.
Tabiiy holatda kelib chiqadigan favqulodda hodisalar. Ob-havo sharoitining o‘zgarishiga asoslangan xavflarga:
— aerometeorologiya asosida: bo'ronlar, dovullar (12—15 ball va undan yuqori), to'fonlar (9-11 ball), aylanma bo'ronlar, tornado, siklonlar;
— agrometeorologiya asosida: yirik do‘l yog'ishi, kuchli jala, haddan tashqari ko‘p qor yog'ishi, kuchli tum an tushishi, haddan tashqari sovuq, haddan tashqari issiq, qurg‘oqchilik;
— tabiiy yong‘inlar: favqulodda yongMn xavfl, o'rm onlar yonishi, don ekilgan massivlaming yonib ketishi, qazilma boyliklaming yer ostida yonishi.
Tektonik xavfli vaziyatlar:
— zilzilalar va vulqonlar otilishi.
Topologik xavfli vaziyatlar:
— gidrogeologiya asosida, daryolar toshishi, suv toshqinlari, o'pirilishlar, siljishlar, sel kelishi, yer ko‘chishi, sunami, yer yuzasining o ‘pirilib ketishi.
290
Kosmik xavfli vaziyatlar:
—meteoritlarning va kometa qoldiqlarining tushishi; —boshqa ko‘zda tutilmagan kosmik falokatlar.
Dostları ilə paylaş: |