XV.4. Qattiq, moddalarning yonish va yong‘ingga xavfliliK xususi-yatlari
Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda, uning qizdirish natijasida parchalanib, yonuvchi gazsimon va bug‘simon moddalar hosil qilishi tushuniladi. Yonuvchi moddalarning mana shu parcha-lanish holati ularning uchuvchi qismi deb ataladi. Uchuvchi qismning yonish qonuniyatini o‘rganishda, ularga gazsimon mod dalarning yonish qonuniyatlarini qo'llash mumkin. Masalan, quruq moddalarni qizdirib haydash yo‘li bilan gazga aylantirish mumkin. Haydashdan keyin hosil bo'lgan yoki qolgan qoldiq koks qoldig'i deb yuritiladi. Koks qoldig'ining yonish jarayoni gazsimon mod dalarning yonish jarayonidan birmuncha farq qilsada, ammo o'z-o'zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo'llash mumkin.
312
Qattiq moddalarning yong‘inga xavflik xususiyatlari 1 kg qattiq modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, o‘z-o‘zidan alangalanish yonib bitish tezligi va material yuzasida yonishning tarqalishi bilan ifodalaniladi.
Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo'ladigan issiqlik miqdori va yonish zonasiga kelayotgan havo miqdoriga bog'liq. 1 kg qattiq yoki suyuq yoqilg'i yonishi uchun kerak bo‘ladigan havo miqdorini quyidagicha hisoblash mumkin. Ma’lumki, har qanday yonuvchi modda tarkibida uglerod, oltin-gugurt, vodorod va kislorod bo'ladi. Mana shu moddalar tarkibidan kelib chiqib, 1 kg jismning yonishi uchun sarflanadigan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
V0 = ^ (2,67C + S+ 8H -0),
bunda, S, S, N, O—yonuvchi moddada uglerod, oltingugurt, vodorod va kislorodning og‘irligiga nisbatan miqdori; son koeffitsiyentlar, 1 kg har bir komponentning to‘liq yonishi uchun sarflnadigan kislorodning miqdori; 2—3 soni, havodagi kislorodning foizda ifodalangan qiymati.
Haqiqatda esa yonish va qizish natijasida, qattiq jismlarning yonishi uchun havo almashish konveksiya hodisasiga ko'ra, yonish zonasiga nazariy jihatdan kerak bo‘ladigan havoga nisbatan ko‘proq havo oqimi keladi. Haqiqatda sarflangan havo miqdorini, nazariy jihatdan hisoblangan havo miqdoriga nisbati ortiqcha havo koeffi-tsiyenti deb yuritiladi. Yong‘in vaqtida bu koeffitsiyent diapazoni nihoyatda katta bo'lib, 2-20 gacha o‘zgaradi. Yetarli bo'lmagan havo muhitida yonish toliq bo‘lmaydi. Bunda hosil bo'lgan yong‘in mahsulotlari (SO, qurum, spirtlar) yana yonish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bunday mahsulotlar oz miqdorda bo‘lsa-da, tutun tarkibida ham bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |