Hayot faoliyati


XV. 16. Yashin qaytargichlar



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə153/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161
Hayot faoliyati

XV. 16. Yashin qaytargichlar

Moniaqaldiroq bo'lib, chaqmoq chaqqan vaqtda atmosferada hosil boMadigan elektr kuchlanishlari 1500000 V va tok kuchi 20000 A ra boradi. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta’siridan yer yuzidagi ko'pgina qurilishlar yonib ketishi, buzilishi va shikast-lanishi mumkin. Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlar xavf-sizligini ta’minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytar-gichlar o'rnatiladi. Yashin qaytargichlar me’yoriy hujjat asosida amalga oshiriladi. Yashin qaytargichlar asosan yashin qaytargich o'rnatiladigan ustun, yashin tutish qurilmasi, tok o'tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat boMadi. Yashin qaytargichning ikki xil turidan: tayoqsimon va to'qilgan arqonsimon turlaridan foy­ dalaniladi. Ular binodan ayrim o'rnatilgan yoki bino ichiga kiritil-gan holda o'rnatilishi mumkin.


Yashin qaytargichning muhofazalash qobiliyati uning elektr to-kini yaxshi o'tkazuvchanligi va yerga chuqur o'rnatilgan metall qismlar orqali yashinni yerga o'tkazib yuborishiga asoslangan. Bunda yashin qaytargich muhofazalanayotgan binoga nisbatan baland o'rnatilganligi va elektr tokining oqib o'tishiga qarshiligi kam bo'lganligi uchun yashin binoni shikastlamaydi va yerga o'tib ketadi. Yashin qaytargich muhofaza qilayotgan zonaning yashindan





328

muhofaza qilish koeffitsiyenti 0,99 ga teng.

Tayoqsimon yashin qaytargichlar muhofazalanayotgan obyekt maydoniga qarab bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin. To‘qilgan arqonsimon yashin qaytargichlar bino ustida bitta yoki bir necha tortilgan simlardan iborat bo'ladi. Har bir sim ikki tomonidan us-tunlarga tortib qo'yiladi va bir tomonlama yerga ulab qo'yiladi. Po'latdan qilingan simlar, trubalar, ruxlangan po'latdan to'qilgan arqon va boshqalar yashin qabul qiluvchi sifatida ishlatilishi mum ­ kin. Tok o'tkazgich sifatida po'latning ko'ndalang kesimi 36 mm dan kam bo'lmagan xohlagan xili va shaklidan foydalanish mum ­ kin. Yashin qabul qilish qurilmasi va tok o'tkazgichlar kavsharlab yopishtiriladi.


Yerga ulash qurilmasi yuzaki bo'lishi mumkin: bunda shoxsi-mon holdagi yoki nursimon tartibda yer ostiga 1 m chuqurlikda 30 m dan kam bo'lmagan nurlardan tashkil topgan metall tayoqlar yotiq holatda ko'miladi. Chuqurlashtirilgan yerga ulash qurilmasi esa 2—3 m dan kam bo'lmagan metall trubalami (yoki boshqa shakl-dagi metall tayoqlarni) yer yuzasidan 0,7—0,8 m chuqurlikkacha yerga tik holda qoqiladi. Bu tayoqchalar va yuqori usuldagi nurlar o'zaro metall tasmalar bilan tutashtirilib, kavsharlanadi.


Bunday yerga ulash qurilmasining elektr tokini o'tkazishga qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin