XV. 18. 0 4 o‘chirish vositalari
Har qanday yong'inni o'chirishda yong'inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yonishning davom etishini to'xtatuvchi sharont yaratish katta rol o'ynaydi. Yong'inni o'chirish paytida qattiq jismlar yonganda yong'inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo'yi esa 30 m/min bo'lishini hisobga olish kerak.
Yonishdan hosil bo'lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar, bug'lar va gazlardan iborat bo'ladi. Ular tufayli hosil bo'ladigan harorat esa moddaning yonganda issiqlik ajratishi, yon ish tezligi va alanganing tarqalishi, shuningdek, binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
Yuqori harorat ta’sirida qizigan tutun yonish mahsulotlarining tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek, xona tutunga to'ladi va bu o'z navbatida yong'inni o'chirishga xalaqit beradi.
Yong'in vaqtida ko'p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek, tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaharli bo'lib, ularning zararli ta’siri yonayotgan materiallarning turi va yonishning jadalligiga bogliq.
Yong'inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda (brom birik-malari va xlor), yog'och materiallar (SO) polimer qurilish material-lari va boshi juda ko'p hollarda umuman zararli ta’siri bor, jum-ladan, zaharli gazlar ajralib chiqadi. To'la yonib bo'lmagan qoldiq mahsulotlar qizigandan keyin va sof alanga oqim ta’sirida qay-tadan alanga olib ketishi mumkin.
Yong‘in (o‘t) o‘chirish vositalari va usullari. O't o'chirish usul-lari quyidagicha bo'lishi mumkin:
332
1) yonayotgan zonani ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materi-allar yordamida sovutish;
2) yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo'yish;
yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish;
maxsus kimyoviy vositalarini qoMlash. 0 ‘t o‘chirish vosita-lari sifatida, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar, maxsus kimy oviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.
Suv bilan o‘chirish. Suv eng ko‘p tarqalgan arzon va shuning bilan birga deyarli hamma yerda mavjud boMgan o‘t o'chirish vositasi boMib, har qanday masshtabdagi yong'inlarni o‘chirish mumkin.
Suvning o‘t o‘chirishdagi asosiy xususiyati—uning ko‘p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan. U yonayotgan o‘choqning haroratini keskin kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1°C gacha isitish uchun 4,2 kJ issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20 °C dan qaynash haroratigacha chiqa-rish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning bunga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiqlik ketadi. Bundan tashqari 1 litr suvning 1700 litr aylanishini hisobga olish kerak. Suv yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarib alanganing uchishini ta’minlaydi.
Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin boMgan moddalarni, masalan, ishqoriy yer metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o‘chirib boMmaydi. Chunki bu metallar hattoki 0 °C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib, suv tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma hosil qiladi. Shuningdek, kuchlanish ostida boMgan elektr qurilma-larini ham suv bilan o‘chirib boMmaydi. Bunda o'chiruvchi hayoti uchun xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni ham suv bi lan o‘chirib boMmaydi, natijada asetilen ajralib chiqib portlash xavfi vujudga keladi. Suvni kuchli oqim sifatida, purkash yoMi bilan mayda zarrachalar holida va shuningdek, ko'piklantirilgan holat-larda qoMlab, olovni o'chirish mumkin. Kuchli suv oqimi sifatida yonayotgan zonaga yo'naltirilgan suv, birinchidan, alangaga zarba beradi, ikkinchidan, yonayotgan yuzani sovutadi. Shu yoM bilan alangalanayotgan yongMnlarni uzoqdan turib o'chirish muirkin.
t 333
Bunday yong‘inlarda olov tafti kuchli bo'lganligidan yaqin kelish imkoniyati deyarli bo‘lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong'inga yo'naltirilganda asosan sovutish hisobiga shlanga susayadi va alanga tarmoqlari suv kuchi bilan uzib yuboriladi. Ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong‘inni ham o‘chirish imkoniyati boMavermaydi. Masalan, bunday usuldan yengil alan galanuvchi suyuqliklarni o‘chirishda foydalanish, aksincha, yomon oqibatga olib keladi. Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar kuchli suv oqimi ta’sirida katta maydonlarga tarqab ketishi, suvdan yengil bo'lganligi sababli suv yuzasida yonishini davom ettirishi va shuning natijasida yong‘inning katta maydonlarga tarqab ketishiga sababchi bo'lishi mumkin.
Agar suv purkash yo‘li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi 0,1 mm dan kichkina bo'lsa, unda suv zarralarining yonu vchi jismlar bilan tutashish yuzalari katta bo‘lganligi sababli yonay otgan zonadan issiqlikni yutish kattalashadi, shuningdek, suv zarra-lari kichik hajmga ega bo'lganligi sababli, uning bug‘lanishi kucha-yadi. Bunda havo siqib chiqarilib, o'chirish o‘z-o‘zidan tezlashadi.
Binolarning ichidagi yong‘inlarni suv purkash usulida o'chirish ham yaxshi natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasayti-rish va tutunga qarshi kurashish mumkin. Bunda suvni binoning yuqori qismiga purkash kerak toki, purkalgan suv iloji boricha ko'proq yonish mahsulotlariga tegadigan bo‘lsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga qarab yo‘naladi, ko'tarilayotgan issiqlik bilan to'qnashib bug‘ga aylanadi va bu bug‘ yo'nalishini o'zgartirib, yu-qoriga qarab ketadi. Bug1 xonaning yuqori tomonini egallab yona yotgan zonani bosadi. Yirikroq zarrachalar esa qizib, pastga qarab yunalish davrida yonishdan hosil boMgan mahsulotlar bilan birikib, pastroqdagi yonish o‘chog‘iga yo‘naladi va bu yerda buklanib, yana havoning o'rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutun bosimi xonani sovutadi, bosim oitishi hisobiga esa kislorodli havoning kirish yoMini kamaytiradi. Bu esa yong‘inni o'chirish imkoniyatini beradi. Suv purkash yoMi bilan 120 °C dan yuqori haroratlarda chaqnashi mumkin boMgan yonuvchi suyuqliklarni o'chirishda ham foydalanish mumkin.
Bug‘ yordamida o'chirish. Ba’zi bir sanoat korxonalarida juda ko'p miqdorda bug' hosil boMishi mumkin. Bunday korxonalarda yong'in chiqqan taqdirda bug'dan foydalanish maqsadga mu-vofiqdir.
Bug' bilan o'chirishning asosiy qonunyati shuki, xonalarga yuborilgan bug' kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o'mini
334
egallaydi. Bug‘ning o't o'chirish samaradorligi uning m a’lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog'liq bo'ladi. Bug'da bug' yonayot-gan xonadagi asosiy bo'shliqlarning hammasini to'ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib chiqarishi kerak. Bunda hosil bo'ladigan or-tiqcha namlik o't o'chirishning asosiy vositasi bo'la olmaydi.
Bug' bilan o't o'chirishning mazmunini quyidagicha tushunti-rish mumkin. Yong'in bo'layotgan xonaga qisqa muddat (5—10 minut) ichida ko'p miqdorda, ya’ni u to'lguncha bug' yuboriladi va tirqishlar iloji boricha berkitiladi. Bug' xonani butunlay qoplab, u yerdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong'in hisobiga va yuborilgan bug' hisobiga 85 °C dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod miqdori 31 foizga qisqaradi va xonadagi kislorod miqdori 15—16 foizga kamayadi.
Bu esa yong'inning davom etishi imkoniyatini yuqotadi. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o't o'chirish uchun
ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alan-galanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun yetarli bo'lgan bosimni shahar sharoitida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali hosil qilinadi. Yoki bo'lmasa ba’zi bir yerlarda maxsus tayy-orlangan hovuz va idishlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko'pincha yong'in o'chirish uchun vodoprovod tizimlarini shahar sharoitlarida ham o'tkazish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun sanoat maqsadlarida va o't o'chirishda ichimlik suvlari vodoprovodlaridan foydalaniladi.
Past bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi ma’lum miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 m uzoqlikka o'tishi kerak.
Yuqori bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimida esa ma’lum miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazi-falar vodoprovod baklarini yetarli darajadagi balandlikka o'rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar yordamida bajariladi.
Sanoat korxonalarida o't o'chirish uchun kerak bo'ladigan suv miqdori sanoat korxonasining yong'in toifasi va bu binoning o'tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong'in o'chirish uchun suvning miqdori 10 1/s dan 40 1/s belgilanadi. Agar yong'inni o'chirish uchun vodoprovod tizimidan suv olishining texnik to-monidan mumkin bo'lmasa (masalan, ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali keltirilayotgan bo'lsa), unda sanoat korxoalari hududida suv saqlovchi qurilmalar tashkil qilinadi. Bun-
335
dan suv saqlovchi qurilmalardan yong‘in vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga yetadigan boMishi kerak.
YongMnga qarshi ko‘rilgan vodoprovod tizimlari aylanma vodoprovod tizimiga ikkita suv quvuri bilan ulanadi. YongMnga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq boMmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko‘chalar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin boMmasligi kerak.
YongMnga qarshi vodoprovod har qanday sanoat korxonasida o ‘matilishi shart. Binolari I va P darajadagi ba’zi bir o'tga chidamli konstruksiyalardan qurilgan binolarda G va D toifadagi sanoat korxonalari bundan mustasno.
YongMnga qarshi vodoprovodlar binolar ichida sanoat maqsad-larida qurilgan vodoprovodlar bilan birlashtirilishi mumkin.
YongMnni ichkari tomonidan o‘chirishga moMjallangan vodo-provodlardagi suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv berilganda, har biri 2,5 1/s suv miqdorini ta’minlay olishi kerak.
Bunda suv bosimi suvni kamida bm masofaga yetkazib berishi kerak. YongMn o‘chirish yenglari yumshoq to‘qima materiallardan ishlangan boMadi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o'rnatilgan yongMnga qarshi gidrantlar oraligM 10 yoki 20 metrli yenglar yor damida yongMnni o‘chirish uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o'matiladi. Ichkarida o'rnatilgan yongMn kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikda o‘matiladi.
Ko‘pik bilan o‘chirish. Ko‘pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi boMib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bi lan ajratilgan boMadi. Ko‘pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobigM bilan о'rash, ya’ni havo zarralarini suvga singdirish kerak.
Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv bilan ko'pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko'pik hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |