Hayot faoliyati


XV.20. M axsus kimyoviy vositalar yordamida o‘chirish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə158/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Hayot faoliyati

XV.20. M axsus kimyoviy vositalar yordamida o‘chirish

Yonuvchi metallarni o'chirish juda mushkul ish. Bunday yonuv­ chi metallar qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va bosh-qalami kiritish mumkin. SO2 magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi. Yonayotgan metallga suv sepib o'chirmoqchi bo‘lsangiz, unda portlash ro‘y berib, metall parchalari ancha uzoq masofalaiga tarqalib, yonish zonasini kengaytirib yuboradi. Hattoki, quruq qum ham yonayotgan metall ta’siriga tushib qolishi va qumning parcha-lanishi kuzatiladi. Bunda sof kremniy birikmalari hosil boMadi. Kremniy namlikni o'ziga tortib, reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil boMadi. Shuning uchun bunday metallarni o'chirishda maxsus kimyoviy kukunlardan foy-dalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, Na2C03,M gC03, M g02 va ulaming aralashmalari, shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin.


XV.21. AvtomatiK o‘t o‘chirish vositalari

Avtomatik o‘t o ‘chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Sprinklerlar asosan yongMn xavfi yuqori boMgan sanoat korxonalariga o‘rnatiladi. Mashinasozlik korxonalari yong'inga un­ cha xavfli boMmaganligi sababli, unga sprinkler qurilmalari o‘rnatilmaydi.


Sprinkler qurilmalari 0 ‘matiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim ostida suv o ‘tkazuvchi quvurlar o'tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o‘rnatiladi. Mabodo yongMn sodir boMsa, is­ siqlik ta’sirida sprinkler ishga tushadi, ya’ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi. Uning suv chiqarish teshigidan ma’lum masofada o‘matilgan doira shaklidagi to‘siq suvni keng koMamda sachrashini ta’minlaydi; Har bir sprinkler boshchasi 6-9 m 2 may-donga suv sachratib, o‘t o‘chirishni ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan korxonalarda sodir boMgan yongMnlarning 90 foizi shu qurilmalar o‘t o‘chirish komandalari kelgunda qadar o‘chirishga ul-gurgani aniqlangan. Sprinkler qurilmasining asosiy ishchi qismi





340

sprinkler boshchasi hisoblanadi. Uning bir tomoni rezbali qilib tay-yorlangan. Shu tomonini suv o'tkazuvchi quvurga burab o'rnatib qo'yiladi. Uning ikkinchi tomoniga bronzadan qilingan halqa, halqa tutqichi oxiriga esa deflektor o'rnatilgan. U sprinkler bosh­ chasi teshigidan chiqadigan suvga to‘siq vazifasini bajaradi. Suv de-flektorga urilib har tomonga yoyilib sochiladi. Bronza halqa sprin­ kler boshchasiga yupqa metalldan qilingan diafragmani qisib turadi. Diafragma o'rtasida teshik qolib, u shisha klapan bilan berkitilgan. Bu klapanni yupqa plastinka ushlab turadi. Plastinka asosi halqa bi­ lan yengil eruvchan modda yordamida yopishtirib qo'yilgan. Yengil eruvchan moddaning eruvchanligi sharoitga moslab tanlanishi mumkin. Agar bino ichidagi havo harorati ko'tarilsa, unda yengil eruvchan modda erib ketadi va bu diafragma teshigini berkitib tur-gan shisha klapanning tushib ketishiga sababchi bo'ladi. Shundan keyin sprinkler boshchasi ma’lum maydon bo'ylab suv sepa bosh-laydi.
Sprinkler tizimiga keltirilgan suv ma’lum qurilmalar orqali o'tganligi sababli, bu qurilmalar yong'in chiqqanini bildiruvchi si-rena bilan signal beradi.

Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan asosiy farqi shuki, unda yengil eruvchan qulfli qurilma o'matilmaydi. Ularni ishlatish asosan suv o'tkazish kranlarini ochish yo'li bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin