Hayot faoliyati


XV. 17. Yong‘inga qarshi ishlatiladigan texniK qurilmalar



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə154/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161
Hayot faoliyati

XV. 17. Yong‘inga qarshi ishlatiladigan texniK qurilmalar

Sanoat korxonalari binolarini yong'indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar QMQ 2.01.02 92: asosida aniqlanadi.




Signal vositalari. Yong'inga qarshi kurashning asosiy omillari-dan biri uni o'z vaqtida aniqlash va yong'in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun sanoat korxonalarida aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish koniandalari bilan bog'langan bo'ladi. Avtomat telefon stansiyalarida o't o'chirish komandasini 01 telefon nomerini terib chaqiriladi.

Sanoat korxonalarida yong'in bo'lganda odam ishtirokisiz, yong'in haqidagi xabarni dispetcher xizmatiga yoki to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish komandasiga yetkazish juda ma’quldir. Bunda yong'in haqidagi xabarda, yong'in bo'layotgan joy ko'rsatilganli-





329

gidan o‘t o'chirish komandasi tez fursatda yetib boradi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan EPS yong‘in signalizatori ishonchli hisobla­ nadi.


Bu tizimlarning ba’zi birlari avtomatik o‘t o‘chirish vositalar bilan ta’minlangan, shuning uchun bunda yong'in haqida signal berish bilan birga muhofazalanayotgan binodagi yong‘inni o‘t o‘chirish komandasi kelguncha o‘chirish ham mumkin.


EPS signal tizimi xabar beruvchi va xabar qabul qilish stansi-yasi (kommutator), energiya manbai, ovoz hamda yorug‘lik signali-zasiyalaridan tashkil topgan.


Bu tizim ikki xil usulda o'rnatilishi mumkin. Nursimon usulda har bir xabar beruvchi tizim, qabul qilish stansiyasi bilan ayrim sim orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. Har bir nur ikkita: borish va qay-tish simlaridan tashkil topgan. Qabul qilish stansiyasi o'zining tuzi-lishi jihatidan telefon stansiyasiga o‘xshaydi. Nursimon tizim puxta va ishonchli bo'lib, bir vaqtni o‘zida hamma nurlardan axborot qabul qila oladi. Yagona kamchiligi unga nihoyatda ko‘p miqdorda sim sarflanadi.

Yuqorida keltirilgan yong‘inga qarshi elektr signalining ahamiyatli tomoni shundaki, uning tarmoqlari orqali elektr toki muntazam o‘tib turadi. Shuning uchun ham uning barcha qismlarining puxta ishlayot-ganligini doimo nazorat qilib turish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, yong‘in haqidagi xabami o ‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi.


Yong‘in haqidagi ma’lumotni xabar beruvchi qurilma qabul qilib oladi va unda issiqlik energiyasi elektr energiyasiga aylantiril-ganligi sababli qabul qilish stansiyasiga simlar orqali ma’lumot yubo-riladi. Ba’zi bir tizimlarda bu ma’Iumotlarni uzatish bilan chek-lanmasdan, balki o ‘t o ‘chirish vositalarini ishga tushirish ham av­ tomatik ravishda amalga oshiriladi. Xabar beruvchi qurilmalar ish-lash prinsipiga qarab qo‘l bilan harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo'linadi. Qo‘l bilan harakatlantiri­ ladigan xabar beruvchi qurilmalar sanoat korxonalari sexlarida maxsus o'rnatilgan knopkalarni bosish bilan bajariladi.


Avtomatik xabar berish qurilmalari (API) tashqi muhitning ba’zi bir parametrlarni, masalan, haroratning ko'tarilishi, tutun paydo boMishi va alanga ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar asosida m a’lumotlarni qabul qiladi.


Avtomatik xabar berish qurilmalari qaysi omilga qarab ma’lumot berishidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi. Issiqlik orqali xabar berish qurilmalari yong‘indan paydo boMadigan issiqli-kni qabul qiladi, tutun xabarchisi-tutunga bog'langan bo‘ladi, alan-





330

gani yorug‘lik xabarchisi qabul qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida qurilgan boMishi mumkin.

Avtomatik xabarchilar uning ishlash prinsipi nimaga asoslan-ganligi jihatidan bimetall, termoparalarga yoki yarim o‘tkazgich-larga asoslangan boMadi. Issiqlik xabarchilari ishlash xossalariga qarab, maksimal, differensial va maksimal-differensial turlarga boMinadi.


Maksimal tipdagi ATIM xabarchisi xonadagi belgilangan haro­ rat chegara miqdoridan ortib ketganda ishga tushadi. Bu xabar­ chilar 60 va 80 °C haroratga moslangan boMishi mumkin, harorat shu nuqtaga chiqqandan keyin 2 minut davomida ishga tushadi. Muhofazalashi mumkin boMgan maydon 15 m2. Differensial tipdagi TEDS xabarchisi harorat keskin ortishi hisobiga ishlaydi. TEDS o‘rnatilgan xona harorati 7 s ichida keskin ko‘tarilib ketsa, u ishga tushadi. Bunday xabarchining muhofaza qilish maydoni 30 m2.


Maksimal differensial tipdagi xabarchilar tashqi muhit harorati ko‘tarilishi hisobiga ishlaydi. Bunday xabarchilarning ishga tushish vaqti 50s, muhofaza maydoni 25 m2 atrofida. Issiqlik xabarchilari-ning ishlash uslublari va tuzilishlari har xil boMishi mumkin.


Issiqlik ta’sirida ishlaydigan xabarchilarning bitta umumiy kamchiligi bor. Ular alanga yoki issiqlik ajralgandan keyin 1—2 minut o'tgach ishga tushadi. Yong'in vaqtida mana shu 1—2 minut nihoyatda qimmatga tushishi mumkin.


Shuning uchun ham sanoat korxonalarida kam vaqt ichida ishga tushadigan xabarchilar o‘rnatish maqsadga muvofiq. Bunday xabarchilar yongMn chiqishi bilan yoki birinchi chaqnash, tutun va uchqun chiqqan zahoti ishga tushishi kerak. Bunday asboblarni fotoelementlar ionizatsiya kameralari, yarim o‘tkazgichlar va ter-moparalar yordamida amalga oshirish mumkin. Termoparaga asoslangan issiqlik xabarchilari issiqlikni elektr energiyasiga ayla-nishi asosida ishlaydi. Agar biz elektr zanjirni har xil elektr o‘tkazuvchanlikka ega boMgan turli materialdan tayyorlasak va ularning ulangan yerlariga har xil issiqlik bilan ta’sir ko‘rsatsak, bu zanjirda ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil boMadi. Bu elektr yurituvchi kuchning miqdori zanjirda ishtirok etayotgan yarim o‘tkazgichning xossasiga va haroratlar farqiga bogMiq boMadi. Har xil yarim o'tkazgichlardan tashkil topgan elektr zanjiri termopara deb yuritiladi. Elektr yuritish kuchi miqdorini oshirish uchun EYuK ni tashkil qiluvchi termoparalar soni oshiri­ ladi (batareya tuziladi).
TO L -10/100 stansiyasi sanoat obyektlaridan yongMn signalini



331

qabul qilishga mo'ljallangan. Stansiya har biri 10 tadan nurga ega bo'lgan to'qqizta liniya blokini umuman stansiya blokiga birlashtir-gan holda qabul qilish qurilmasiga ega. Stansiya har bir nurga cheklanmagan miqdorda xabarchilar ulash imkoniyatini berish bi­ lan birga, xabar signalini qabul qiladi, yo'nalishlarning normal ish-layotganliginni tekshiradi va nosozliklarni aniqlaydi, xabar signalini yong'inni o'chirish bo'limiga uzatadi va shuningdek, o't o'chirishning avtomatik tizimlarini ishga tushiradi.


RUOP-I radioizotop ustanovkasi yonib ketgan joylarni tutun bo'yicha aniqlab, yorug'lik va ovoz signalarini beradi, yong'inga qarshi avtomatik tizimlami ishga tushiradi. Bulardan tashqari yana bir necha signal qabul qilish stansiyalaridan foydalaniladi.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin