XV.9. Yong‘inga qarshi oraliqlar
Yong'in bo'lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o'tib ketmasligini ta’minlash maqsadida yong'inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo'lgan binolarning yong'inga xavflilik darajasi, toifasi, konstruksiyalarining o'tga chidamliligi, alangalanish may-doni, yong'inga qarshi to'siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.
Yong'inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o'tga chidamliligi darajasini hisobga olish juda muhimdir.
Sanoat korxonalari asosiy binolari yordamchi xonalari, ombor qurilishlari orasidagi normalashtirilgan oraliqlarning binolarning o'tga chidamlilik darajasiga nisbati quyidagi 27-jalvalda keltirilgan.
|
|
|
27-jadval
|
Bir binoning
|
O'tga chidamlilik darajasi asosida binolar o‘rtasidagi
|
o'tga chidam
|
|
yong'inga qarshi oraliq, m
|
|
lilik darajasi
|
I va II
|
III
|
IV va V
|
I va II
|
9
|
9
|
12
|
III
|
9
|
12
|
15
|
IV va V
|
12
|
15
|
18
|
322
Shuningdek, G va D toifadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga chidamlilik darajasi I va II bo‘lsa va tomi yonmaydigan ma teriallar bilan yopilgan, shuningdek, tashqi devorlari yong‘inga qar shi to'siq sifatida qurilgan bo'lsa, yong‘inga qarshi oraliq belgilan-masligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |