Hayot faoliyati


XY.5. Changlaming yonishi va portlash xususiyatlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə146/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161
Hayot faoliyati

XY.5. Changlaming yonishi va portlash xususiyatlari

Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq vaqt suzib yuradigan va birmuncha katta zich-likka ega bo'lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda zarrachalarning ko'p miqdorda yig‘ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug'lari kabi portlash xususiyatiga ega bo'ladi.





313

Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m 3 yoki mg/m 3 birliklarda o ‘lchanadi. Ko'pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chega-radagi zichlik 1350 g/m 3 va 2200 g/m 3), shuning bilan birga bun­ day changlarni portlatib yuborish uchun katta quwatdagi yondiruv-chi impuls zarur.

Portlashning boshlang‘ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig'ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi yetarli bo‘lsa, alangalanish ha-jmiy tus oladi va portlashga olib keladi. Shuning uchun ham zich-likning quyi chegarasi asosida changlarning yong‘inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar toifasiga zichligi 65 g/m 3 gacha bo'lgan, alangalanish kuyi chegarasiga to‘g‘ri kelgan changlar kiritiladi (oltingugurt changi, un va boshqalar). Agar alan-galanishning quyi chegarasi 65 g/m 3 dan ortiq zichlikka to‘g‘ri kelsa, ular yong‘inga xavfli changlar toifasiga mansub bo‘ladi (tamaki, yogoch changi).


XV.6. Sanoat korxonalarining yong‘inga va portlashga xavfl bo‘yicha toifalari

Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko‘ra yong‘in chiqishga, portlashga va yong‘in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong'inning asoratiga asoslangan holda yong'inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.


Albatta, har bir sanoat korxonasida yong‘in xavfl birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong'inga xavfliligi darajasi bilan o‘lchanadi.


Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo‘lsa, unda albatta yonmaydigan xomashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong‘in chiqish ehtimoli ko‘p, shuning bilan birga, bu korxonada yong‘inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong‘indan ko‘riladigan zarari albatta katta bo‘ladi.


Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga


ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy



314

xususiyatlari albatta hisobga olinadi.

Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong‘in va portlashga xavfi bo'yicha beshta kategoriyaga boMinadi.


A toifa—yong‘inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo‘lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin boMgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin boMgan va bug‘larining alangalanish harorati 28 °C gacha boMgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o‘xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.



  • toifa—portlash va yong‘inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 1 0 foizdan ortiq bo‘lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati 28 dan 61 °C gacha boMgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m 3 dan kichik bo‘lgan chang va tolalar boMgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko‘proq miqdorda to'planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin boMgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi kompressor stansiyalari, detallami kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.

D toifa—yong‘inga xavfli toifa. Bu toifaga bugMarining chaqnash harorati 61 °C dan yuqori boMgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m 3 dan ortiq boMgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko'mir kukuni hosil qilish va yog‘ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.


E toifa—yongMnga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho‘gMantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin boMgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilgM sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar,

I



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin