Shuning uchun tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi va bosimning darajasi birligi kiritilgan. Bu birlik odam qulog‘i eshitishi mumkin bo'lgan eng minimal tovush intensivligi va bosimiga asoslanib, bu birliklar I= 10'14 Vt/m 2 va R =210*5 Pa ni tashkil qiladi. Bundan, agar I / Io=0 bo'lsa, bu miqdor bir (Bel)
deb qabul qilingan.
— = 1 0 - ^ 2 5 , — = 1 0 0 -» 3 5 va h.k.
hh
Odam qulog'i В birlikdagi tovushning o'ndan birini ham yaxshi farqlaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni o'lchashning dB birligi qabul qilingan.
Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi:
L = lOlgy-, dB
*0
Tovush bosimi bo'yicha esa L=lg P2/Po=20 lg P/Po, dB. Tovush darajasini intensivligi bo'yicha aniqlash, asosan, akustik hisoblash ishlarida qo'llaniladi, bosim bo'yicha aniqlash esa shovqinni o'lchash va uning inson organizmiga ta’siri darajasini belgilaganda qo'llaniladi. Chunki inson organizmi shovqinning intensivligini emas, bosimning o'rta geometrik miqdorini sezadi.
Agar biron bir nuqtaga bir necha manbaning shovqini ta’sir qilayotgan bo'lsa, ularning darajasi emas, balki intensivligi qo'shiladi.
I = I 1+ I 2+ . . . + I n
Ularning darajalarini aniqlashda esa ayrim olingan intensivliklaming minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi: