Hayot faoliyati


X.2. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə89/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Hayot faoliyati

X.2. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish

Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: tok ta’siridan qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan qutqarish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan tokni o'chirishdir. Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi uzoqda bo'lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bi­ lan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiy-imidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr to­ kining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va elektr izolatsiyasi mustahkam bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish





173

kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish, un­ ing holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.

Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishni ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.


Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.


Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.


Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish «ogizdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko'rsatuvchi kishi o‘z o'pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og'zi orqali uning o'pkasiga bu havoni hay-daydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o'pkasi ish-lashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og'zini ochib be-gona narsalardan tozalanadi. Havo o'tish yo'lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘1 bi­ lan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi (31-rasm). Shundan keyin ko'krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali pufla-nadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning bumini berkitish kerak.


Shundan keyin yordam ko'rsatuvchi boshini ko'tarib yana o'pkasini havoga to'ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqaradi.

Bir minutda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga bemor o‘ziga kelguncha davom et-tiriladi.



174

31-rasm. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.


Yurakni tashqaridan massaj qilishi jarohatlangan kishi or-ganizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.


Qorin bo'shlig'idan ko'krak qafasiga o'tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo'lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo'yib, jarohatlangan kishi ko'krak qafasini tana og‘irligi bilan 15—25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.


32-rasm. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.


Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo'lishi kerak. Bunda ko'krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi.


Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko'rsatayotgan kishi bir o‘zi bo'lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko'krak, qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo'lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3 sekundga to'xtatib, tomir urishi sinab ko'riladi.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin