IX. 6. Sanoat jarohatlanishi sabablarini tahlil qilish
Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish baxtsiz hodisa larning sabablarini aniqdash imkoniyatini bermaydi, faqat baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi.
Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish, uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.
*------- - - ----> i
30-rasm. Ishchi ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasidagi bog‘lanish.
Bu bog'lanish grafik shaklida 30-rasmda ko‘rsatilgandek o‘zgaradi. Ya’ni ishchi ish boshlagandan keyin yarim soat davomida ish maromiga tushmagan va sozlanmagan holatda bo'ladi. Yarim soatdan keyin ish maromi muvofiqlashadi va bir me’yorda taxminin 3 ,5 soat davom etadi, so‘ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz hodisalarning yuz berishi ham xuddi shu grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida ishchi charchashi hiso biga ish qobiliyati kamaysa, xuddi shu charchash hisobiga baxtsiz hodisalar ham vujudga keladi.
Tashkiliy sabablar. Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni kiritish mumkin. Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o'rgatilmaganligi, yo‘riqnomaning noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, ishchilar mehnatidan mutaxassisligi bo'yicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat
168
qilish texnik nazoratining yo‘qligi, xavfli ekanligini bilib turib, noto‘g‘ri tartib bo‘yicha ish olib borish va ishchilarning o‘zaro kelishmasdan ish olib borishlari, texnologik jarayonlarning buzi lishi, ishchilarning mehnat qilish va dam olish rejalarining buzil ishi, ishlarni noqulay rejalashtirish, sanoat korxonasi hududida yo‘Ika va o‘tish joylarini noto‘g‘ri joylashtirish, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish, nobob ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy muhofaza aslahalarining ish sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, to'siqlarning yo‘qligi, xavf haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning boMmasligi.
Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar harakatlanuvchi va yuk ko‘taruvchi qismlarning konstruktiv kam-chiliklari, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, to'siq qurilmalari va saqlovchi vositalarining puxta ishlamasligi.
Sanitar-gigienik sabablar. Ob-havo sharotining qoniqarsiz bo‘-lishi (havoning harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik ajrapib chiqishi) sanoat korxonalardagi havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o‘tish joylarning oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitar maishiy xonalarning yetarli emasligi hamda sanitar- gigienik talablarga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talab-lariga rioya qilmaslik.
Psixo-fiziologii sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ish jamoa-larida kelishmovchilik va h. k.
Bu sabablar aniqdangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlami amalga oshirish, ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalaming butunlay yuqolishiga yoki asosan kamayishiga olib kelishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |