183
X. 7. Yerga ulab muhofaza qilish
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo'lishi xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’i nazar, uning korpusini yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr ustanovkalarini yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo'lsa uni yerga o'tkazib yuborishdan iborat.
Elektr qurilmalami yerga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo'lmasligini ta’minlashdan ibo rat.
X.8. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o'tkazgich tushuniladi (34-rasm). Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi: bir joyga yig‘ilgan va kontur bo‘yicha joylashtirilgan.
Bir joyga vie'Паяn versa ulab muhofn/n nilish nurilmasida yeiga
f3,
i I
i ; If
34-rasm. Yerga ulash chizmasi.
qoqilgan metall qoziqlar sexdan tashqaridagi ayrim maydonlarga, yoki sexning ma’lum bir uchastkasiga o'matilgan bo'ladi. Bu usuldagi muhofaza qilishning asosiy kamchiligi yerga ulangan qoziq bilan muhofazalanayotgan qurilma orasida masofa borligi, quril-maga tegib ketish koeffitsiyenti a= l ga teng, demak, elektr quril-
184
masida kuchlanish Ut (V) ga teng. Bu esa o'z navbatida yerga ulangan konstruksiyalar Ue (V) potensialiga, ya’ni U ,= l, R, ga teng, bunda I, - yerga o'tib ketayotgan tok kuchi; R, - yerga ulab muhofaza qilish qurilmasining qarshiligi, Om.
Shuning uchun ham bunday yerga ulab muhofaza qilish quril-masini kuchlanishi 1000 V dan oshmagan elektr qurilmalarida, yerga o'tib ketayotgan tok kuchi uncha katta bo'lmagan va odam uchun xavfli bo'lgan kuchlanishlar hosil qilmaydigan elektr quril-malarini muhofaza qilishda qo'llaniladi. Bunday qurilmaning ijobiy tomoni, ularni qarshiligi kam bo'lgan tuprog'i nam, tashlandiq joy larni tanlash imkoniyati borligidir.
Kontur bo'yicha joylashtirilgan yerga ulab muhofaza qilish qurilmasining asosiy prinsipi yerga ulashga mo'ljallangan metall qoziqlar, elektr qurilmasi o'matilgan maydon atrofi bo'ylab yoki butun maydon bo'ylab, hisoblab chiqilgan ma’lum oraliqlar bo'yicha joylashtirib chiqiladi va o'zaro metall polosadan qilingan o'tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo'yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar o'rnatilgan, yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiri-ladi, ya’ni butun zona bo'ylab potensiallari ayirmasi yo'qoladi.
Yerga ulash qurilmalarining tuzilishi. Yerga ulab muhofaza qil ish qurilmalari ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin; sun’iy quril malar, ular faqat yerga ulab muhofaza qilishga mo'ljallab o'matiladi va tabiiy, boshqa maqsadlar uchun o'matilgan metall konstruksiyalar.
Sun’iy yerga ulash qurilmalarini gorizontal va vertikal o'rnatilgan metall tayoqchalardan tashkil topgan turlari bo'ladi. Yerga ulash qurilmasining vertikal o'rnatiladigan turi uchun dia-metri 3—5 sm bo'lgan po'lat trubalar va 40x40 va 60x60 mm li po'lat uchburchaklarini 2,5—3 m uzunlikda katakchalari olinadi. Ularni 0,5 m chuqurlikdagi ariqchalar qazilib ma’lum oraliqda yerga qoqib chiqiladi va o'zaro po'lat polosa yordamida payvandlab biriktiriladi. Po'lat polosa qirqim yuzasi 4x12 mm kam bo'lmasligi kerak. Polosa o'rniga diametri 6 mm dan kam bo'lmagan dumaloq po'lat tayoqchalardan foydalanish mumkin. Tabiiy yerga ulash qurilmalari sifatida, suv uchun yoki boshqa narsalar uchun yerga o'matilgan truboprovodlar (bunda portlovchi va yengil alangala nuvchi suyuqliklari va gazlar uchun o'm atilgan truboprovodlardan tashqari artezian quduqlari truboprovodlari, yerga ulangan qismlarga ega bo'lgan binolarning temir beton qismlari, kabellar-ning qo'rg'oshin qobiqdari va boshqalardan foydalanish mumkin).
185
Tabiiy yerga ulash qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular ning tokni yerga oqib o'tishiga qarshiligi kam boiishi bilan birga, iqtisodiy nuqtayi nazaridan ham foydali (chunki ulami ko'rish uchun qilinadigan sarf-xarajat kam).
Yerga ulash qurilmasini elektr asbobi bilan ulashga mo'ljallangan simlar sifatida polosa yoki dumaloq po'lat simlardan foydalaniladi.
Ulami binolarning devorlari orqali yoki ma’lum ustunlar yor damida ochiq holatda o'tkazish mumkin.
Har bir elektr qurilmasi yerga ulash qurilmasiga ayrim sim bi lan ulanadi. Elektr qurilmalarini ketma-ket ulash yo'li bilan yerga ulash qurilmasiga biriktirishga yo'l qo'yilmaydi.
Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidasi talablariga ko'ra, yerga ulab muhofaza qilish qurilmasining umumiy qarshiligi, yilning hamma fasllari uchun, 1000 V kuchlanishgacha bo'lgan elektr qurilmalarida 4 Om dan katta bo'lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |