Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə97/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161
Hayot faoliyati

187



UK=I3.R0= U F. R0/( R0+ RZM)

Umuman yerga tasodifan tushib qolgan simning yerga ulanish qarshiligi Ro, qarshilikka nisbatan ancha katta bo'lganligi sababli Ufc, ning qiymati xavfsiz boMadi. Masalan U|=220 V, Ro=4 Om, Rzm~100 Om deb faraz qilsak, Unda Uk=(220 x 4)/(4+100)=8,5 V.


Bunday kuchlanish o‘z-o‘zidan ko'rinib turibdiki, hech qanday xavfli vaziyat yarata olmaydi.


Shuning uchun neytrali yerga ulanmagan to‘rt simli uch fazali elektr tarmoqlari elektr toki urishi jihatidan xavf tug‘diradi va ishlatilmasligi kerak.

Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalariga asosan yerga ulangan neytral qarshiligi 220/127 V boMganda 8 Omdan, 380/220 V boMganda 4 Omdan va 660/380 V boMganda esa 2 Omdan oshmasligi kerak.


Nol simini qayta-qayta yerga ulashdan asosiy maqsad, mabodo nol simi yerga ulangan joydan keyin uzilgan taqdirda, xavfli vaziyat yuzaga kelmasligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.


Haqiqatan ham, mabodo nol simi yerga ulangan joydan bir oz o‘tgach uzilib qolsa, butun nol sim va unga ulangan efektr qurilmalarining korpuslari, yerga tok o'tkazib turgan faza ta’sirida, yerga nisbatan Uf kuchlanishiga teng boMgan kuchlanish ta’siriga tushib qoladi. Bunday kuchlanishdagi qurilma juda uzoq muddat inson hayoti uchun xavf solib, ishlab turishi mumkin, chunki bu qurilma avtomatik ravishda o‘chirish qurilmasiga ega boMmay qoladi va ko'plab ishlayotgan stanoklar orasida uning xavfliligini aniqlash va o'chirib qo‘yish qiyin.

Agar nol simi qayta-qayta yerga ulangan boMsa, unda asosiy qismdan uzilib qolgan taqdirda ham I3 tokini yerga o‘tkazib yuborayotgan zanjir saqlanib qoladi, shuning uchun nolga ulangan koipusdagi kuchlanish, birmuncha miqdorda kamayadi:




U p = l3 . R p=Up.Rp/(Ro+Rp),

bunda, Rp - nol simini qayta yerga ulagandagi qarshiligi, Om. Bundan ko'rinib turibdiki, nol simini qaytadan yerga ulash,


yerga nisbatan kuchlanishni butunlay yo'qotmasa ham, xavfli kuchlanishni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.


Shuning uchun ham nol simidagi har qanday uzilishlar bo'lmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu

188


o‘tkazgichlarga muhofazalovchi qurilmalar o'tkazish, o'chirish vositalari o'rnatishga ruxsat etilmaydi. Chunki bunday vositalar nolga ulab muhofazalash tizimi birligini buzishi mumkin.

Elektr qurilmalarini o'matish qoidalariga asosan muhofazalovchi nol simini o'rnatilgan havo liniyalari tortilib borilayotgan vaqtda muhofazalovchi nol simi ishchi nol simi bilan qo'shilgan holda, qaytadan yerga ulanadi. Har bir qayta ulash qarshiligi 220/127 V kuchlanishlarda 60 Om, 380/220 V kuchlanishlarda 30 Om va 660/380 V kuchlanishlarda 25 Om dan oshmasligi kerak. Hamma qayta ulanishlar qarshiliklarining umumiy yig'indisi 220/127 V kuchlanishlarda 20 Om, 380/220 V kuchlanishlarda 10 Om va 660/380 V kuchlanishlarda 5 Om dan oshmasligi kerak.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin