Hayot faoliyati


X.3. Tok ta’siriga tushib qolish xususiyatlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə90/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161
Hayot faoliyati

X.3. Tok ta’siriga tushib qolish xususiyatlari

Agar elektr kuchlanishi ostida bo'lgan elektr o'tkazgichning bir uchi yerga tegib tursa, unda elektr toki yerga oqib o'ta boshlaydi.





175

Bunday holat tasodifiy yoki maqsadli bo'lishi mumkin. Maqsadli bo'lgan tokning oqib o'tishini yerga ulash yoki elektrod deb ataladi.


Elektr toki yerga oqib o'tishi natijasida o'tkazgichda elektr po-tensialining keskin kamayishi kuzatiladi. Agar umumiy kuchlanish potensiali г, (V) oqib o'tayotgan tok kuchining miqdori I, (A) bo'lsa, unda bu tok o'z yo'lida uchragan qarshiligi R, (Om) bo'ladi va ular o'rtasidagi bog'Ianishni quyidagicha ifodalash mumkin:




Фз _ I3R3

Bunday bog'lanish elektr qurilmasida elektr potensialini ka-maytirgani bilan, ulangan yer yuzasida tokning oqib o'tishidan ho­ sil bo'lgan potensial hayot uchun yangidan xavf tug'diradi.


Potensiallami yer yuzasi bo'ylab tarqalish tavsifini ko'rib chiqamiz. Bunda potensiallar yerga bevosita tegib turgan nuqtada maksimal miqdorda bo'ladi. Tok tarqalish qonuniyatiga asosan elektr potensiali cheksiz masofaga tarqalishi kerak. Lekin amalda bu tarqalish 20 m radius atrofida bo'ladi. Bu holatni kuzatish uchun yerga ulagich sifatida oddiy, r, (m) radiusli yarim sharni qabul qilamiz. (33-rasm). Masalani soddalashtirish maqsadida yer yuzasini bir xil jinsdan va solishtirma qarshiligi p, (Om.m) deb qabul qilamiz. Bu holda elektr toki yer yuzasi bo'ylab, yarim shar


33-rasm. Elektr tokining yer yuzasi bo'ylab tarqalishi.


ko'rinishida tarqala boshlaydi va yerga ulagichdan x masofadagi elektr tokining zichligi (A/m1) quyidagicha aniqlanadi.




8=I3/ 2nx2

176

Yerning tok oqib o‘tishi mumkin bo'lgan hajmida elektr oqib o'tish maydoni hosil bo'ladi.

Doimiy elektr tokida, shuningdek, sanoat chastotasidagi (50Gs) o‘zgaruvchan toklarda bir xil muhitda tarqalayotgan elektr tokining statsionar elektr maydoni deb qarash mumkin. Uni bu maydonning kuchlanishi E(V/m) tok zichligi 8 (A/m2) bilan 5=E/p nisbatan bog'langan va bu Om qonunining diflerensial for-mada ko'rinishini tashkil qiladi. Bunga asoslanib, shu maydondagi xohlagan nuqtani, masalan, A nuqtasini, potensialini aniqlash oson.


X

Bunda du-dx qalinlikdagi elementar yer qatlamidagi kuchlanishning kamayishi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin:


du = Edx=5pdx= dx



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin