Hayot faoliyati


II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə11/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Hayot faoliyati

II.8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash

Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil boMish sabablarini belgilash, m a’lum hajmdagi havoda boMgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning asosida chang omilining ahamiyati baholanadi, zarur boMganda ishchilarning salomatligi haqidagi m a’lum otlar to ‘planadi va bu dalillar asosida changga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanadi.


Sanoat korxonasida mavjud boMgan chang omillarini o'rganish, texnologik jarayonni, jihozlarni, xomashyoni, uning tashilish va ishlanish ueullarini o'rganishdan boshlanadi. Shu bosqichdayoq, odatda, changning kimyoviy tarkibini belgilash m umkin. Biroq xomashyoga har xil usullar bilan ishlov berilganda ajralib chiqadigan chang, xomashyo changidan farq qilishi m umkin. Bunday holatlarda chang tarkibidagi salomatlik uchun zarari ko‘proq chang turlari masalan, krem niy (II) oksidini qo'shim cha aniqlash zarur boMadi.


Texnologiyani o‘rganishda xomashyo mexanik, term ik va boshqa ishlov berishning qaysi turiga uchrashini, ishlab chiqarish jarayonlarida aerozollar ajralishi mumkinligi va ularning tarkibi, shuningdek, oxirgi olingan m ahsulotning agregat holati qandayligi belgilanadi. Maydalash yoki tum ansim on aerozollar hosil boMadigan maydalash, charxlash, sayqal berish, silliqlash, tashish,



47


sochiladigan materiallarni tortish va joylash, metallar va boshqa detallardan bug'larning uchishi, ularning keyin tum anga aylanishi va chang zarralarining hosil bo'lishiga olib keladigan boshqa ishlar borligini aniqlash zarur. Texnologik jarayonning to‘xtalib-to‘xtalib borishiga va odatda havo muhitining ifloslanish imkoniyati ko‘ p bo'lgan qo‘l ishlarining borligiga alohida e’tibor berish kerak. Bunda yana changning havoda doimo yoki davriy qo‘shilishi aniqlanadi va shunga qarab turli ish joylaridangina emas, balki turli sm ena davrlarida ham havodan sinama olish planlashtiriladi. Ba’zida yilning turli vaqtida tahlil qilish zarurati tug‘iladi. Havoda chang miqdorining o'zgarish holatini tegishli davrlar muddati xronom etrik kuzatishlar yordam ida aniqlanadi.

Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlashda, havo sinamasi taxminan 1,5 m balandlikda (bu nafas olish zonasiga to ‘g‘ri keladi) ish joyiga bevosita yaqin joydan olinadi. Sex bo‘ylab changning tarqalishini baholash uchun neytral nuqtalar deb ataladigan, ya’ni chang hosil bo'ladigan yerdan m a’lum masofada (1-3-5 m va undan ortiq), shuningdek, o'tish yo'llaridagi havo m uhitidan sinama olinadi.


Ba’zida ishlatilayotgan tozalovchi qurilmaning yoki ular qayta jihozlangandan keyin samaradorligini aniqlash uchun havo sinamasi qurilma o'rnatishdan oldin va o'rnatilgandan keyin, ularning ishlamayotgan va ishlayotgan holatlarida olinadi. Havo sinamasini olish davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning changligiga ta ’sir ko'rsatishi m um kin bo'lgan om illar (deraza va eshiklaming ochiq yoki yopiqligi, shamollatishning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi va boshqalar): havo sinamasi olish vaqti va muddati, havoning so'rilish tezligi albatta yozib boriladi.


Havodagi chang m iqdorini aniqlashda havoning hajm birligida ( lm 3) changning og'irligi milligramlarda belgilanadi va uning dispersligiga har xil kattalikdagi chang zarrachalarining foiz nisbatiga ta ’rif beriladi.


Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og'irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so'rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og'irligini, shuningdek, so'rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo'lgan chang miqdorini aniqlash m um kin.


Filtrlam i tayyorlashda ko'pincha perxlorvinil mato ishlatiladi



48


(AFA filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu m atolar havoni katta tezlik bilan o‘tkazishga imkon beradi (100 1/min gacha). Bundan tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va yemiruvchi muhitga chidamli bo'lib, har qanday zarrachalam i yuqori samaradorlikda ushlab qoladi.

Tayyorgarlik ishlari laboratoriyada analitik torozilarda filtrlarni tortishdan, filtrlarning nomeri va og'irligini jurnalga yozishdan boshlanadi. Taxmin qilingan analizlar soniga qarab bir nechta ortig'i bilan tegishli sondagi filtrlar tayyorlanadi.


Korxonada sinashga havo olishdan oldin filtrlar maxsus chang patronlariga joylanadi, ularga rezina trubkaning bir uchi ulanib, ikkinchi uchi havoni harakatga keltiradigan va uning hajm ini o'lchaydigan asbobga (reometr) ega bo'lgan elektr aspiratoriga ulanadi. Agar tok manbayi bo'lm asa yoki portlash xavfi bo'lgan joylarda elektr aspiratori o'rniga AERA qo'llaniladi.


Elektr aspirator (5-rasm) havoni so'rib chiqaradigan ventilator, elektromotor va to'rtta reometrdan iborat. Reometrlardan ikkitasi 0 dan 20 1/min gacha darajalarga bo'lingan bo'lib, changni aniqlash uchun olinadigan havo sinamalarini olishga mo'ljallangan, boshqa ikkitasi 0 dan 1 1/min gacha darajali bo'lib, gazlar va bug'lar miqdorini aniqlash uchun olinadigan havo sinamalariga mo'ljallangan.


Patronlar filtri bilan rezina trubkalar orqali havo so'ruvchi reometr uchlariga ulanadi. Havo filtrdan o'tish tezligi belgilanib, masalan, 15 1/min, aspirator to'xtatiladi, patronlar havo sinamasi olinadigan zonaga joylashtiriladi va sinam a olishning boshlanishini sekundomer bilan belgilab, qaytadan aspirator ishga tushiriladi.


Havo sinamasini olishda patron gorizontal holatda nam una olish yeriga o'rnatilgan shtativga bog'lanadi, ba’zida esa patronni nafas olish zonasiga maksimal yaqinlashtirish uchun ishchining yelkasiga bog'lanadi. Sezilarli chang oqimi bo'lgan yerlarga, masalan, patron og'zi charx toshidan otilayotgan oqim qarshisiga o'rnatmaslik kerak, chunki yirik chang zarralarining tasodifan kirishi (odatdagi sharoitda ular havo oqim i bilan tortilmaydi) analiz natijalarini o'zgartirib yuborishi m um kin. Havoning changlanish darajasiga qarab, sinama olish m uddati 2—5 minutdan 20—30 m in gacha va undan ko'proq bo'lishi mumkin. Sinama olib bo'lingandan keyin aspirator to'xtatiladi va vaqt belgilanadi. F iltr chiqarib olinib laboratoriyaga keltiriladi, qaytadan tortiladi va havo tarkibidagi chang miqdori hisoblanadi.



49

5-rasm . Elektr aspiratori allonji bilan.


Filtrdan o ‘tkazilgan havo hajmini me’yoriy sharoitga keltirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:


Vo = V x V/760 x 273 / 273 + t


bu yerda, Vo — m e’yoriy sharoitga keltirilgan havo hajmi; V — so'rilgan havo hajmi; V — sinama olish vaqtidagi barometrik bosim; 273 — mutlaq harorat; t — sinama olish vaqtidagi havoning harorati.


Amalda haroratga tuzatish kiritishning o‘zi odatda yetarli bo‘ladi, chunki bosimga tuzatish kiritish natijaning aniq bo‘lishiga juda kam ta’sir ko'rsatadi. Oddiylashtirilgan formula bilan hisob olib boriladi:


_ Vxm





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin