Hayot faoliyati


XV.12. Yorug‘ bo‘lgan xonalardagi tutunni chiqarib



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə151/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161
Hayot faoliyati

XV.12. Yorug‘ bo‘lgan xonalardagi tutunni chiqarib


yuborish vositalari

M a’lumki, yongMn boMgan vaqtda undan hosil boMgan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, yongMnning inson uchun eng zararli omili ham mana shu tutun ta’siridan bukilish va zaharlanish, ayniqsa, ko‘proq uchraydi. Tu-tunning tarqalish va bukuvchi ta’siri natijasida binodagi odamlarni evakuastiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishning qiyinlashishi o'tni o‘chirishda qiyinchiliklar tug'diradi. Tutun, ayniqsa, ko‘p qavatli binolarda ko‘p qiyinchilik tug‘diradi.


Bu tutun va gazlarni eshik va derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali, maxsus konstruksiyadagi tutun chiqarib yuborish oraliqlari ta’minlanadi), yengil qulaydigan devorlar (max­ sus ishlangan) orqali ham chiqarib yuborilishi mumkin.

Tutun chiqarib yuborish oraliqlari hosil boMgan tutunni yoni-dagi xonalarga o'tkazmaslikni ta’minlashi, shuningdek, yongMnni tartibga keltirishi, ya’ni yongMnni kerakli yo‘nalishga yo‘naltirish imkoniyatini berishi kerak. YertoMa xonalarda, fonarsiz sanoat bi-nolarida va omborlarda tutun chiqarib yuborish teshiklari qoMlaniladi. Bu teshiklarning kesim maydonlari hisoblash yoMi bi­ lan topiladi. Yengil qulaydigan devorlar konstruksiyalari oldindan hisoblab o‘rnatilgan boMadi va yongMn natijasida hosil boMgan gazlar bosimi xavfli vaziyat vujudga keltirsa, bu konstruksiyalar qu-lab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazmaslikni





324

ta’minlaydi. Yengil qiluvchi konstruksiyalar asosan binoning tash­ qariga chiqib turgan devorlariga yoki to‘siqlariga o'rnatilgan bo'ladi. Bular bosim ma’lum miqdordan oshib ketganda bu gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.


XV. 13. Elektr asboblari bilan ishlaganda yong‘in xavfsizligini ta’minlash

Ma’lumki, mashinasozlik sanoat korxonalarida elektr energi-yasidan foydalanish keng yo‘lga qo'yilgan. Bu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan stanok va apparatlar, ko'tarish vositalari, qizdirish va eritish tizimlari va yoritish vositalarining hammasi elektr energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Agar elektr vosita-laridan to‘g‘ri foydalanilsa, unda yong'in xavfi deyarli bo'lmaydi. Ammo elektr qurilmalaridan hamma vaqt ham to‘g‘ri foydalanish imkoniyatlari mavjud deb bo'lmaydi. Bunday hollar elektr tizimi-dagi qisqa tutashish, elektr qurilmalari va simlarida kuchlanishning ko‘payib ketishi va ularda katta qarshiliklar sababli vujudga keladi. Agar elektr simlari o‘zaro ulanib qolsa yoki elektr qurilmalarining yerga ulangan korpuslari bilan ulanib qolsa, qisqa tutashish yuz beradi. Kuchlanishning ko‘payib ketishidan uncha katta yuzaga ega bo‘lmagan o'tkazgich orqali katta tok oqimi yuborilsa, elektr simi nihoyatda qizib ketadi. Elektr simlari bir-biri bilan yaxshi ulanma-ganligi natijasida tok oqib o‘tishiga qarshilik ko‘rsatish nihoyatda ko‘payib ketadi va elektr o‘tkazgich qizib, cho‘g‘lanib ketishi mumkin.


Yuqorida sanab o'tilgan hollarda qizigan elektr o'tkazgichi muhofaza qobiqlarini yondirib yuborishi mumkin. Chunki muho-faza qobiqlari sifatida yonuvchi materiallardan foydalaniladi.

Agar oqib o‘tayotgan tok kuchi hisoblangan kattalikdan ortib ketsa, unda o'tkazgichda issiqlik ajrala boshlaydi va bu o ‘z navbatida, muhofaza qobig'ining qizishiga olib keladi, buning nati­ jasida 'muhofaza qobig‘i o'zining muhofazalash qobiliyatini yo'qotishga olib keladi. Masalan, rezina muhofaza materiali uchun qizish temperaturasi 55 °C, paxta materiallari uchun 95 °C, asbest uchun 115 °C gacha ruxsat etiladi.


Elektr o‘tkazgichlarda hosil bo'lgan issiqlik miqdorini quyida-gicha aniqlash mumkin.


Q=0,24I2.R.t,



325

bunda, I—tok kuchi, A; R о — o'tkazgichning elektrga qarshiligi, Om; t — vaqt, s. Elektr tizimlarida yong'in xavfsizligini ta’minlash uchun elektr o'tkazgichlar «Elektrdan foydalanish qurilmalarini ishlatishdagi texnik qoidalar» asosida hisoblanadi va kerakli ko‘ndalang kesimlarga ega bo‘lgan simlardan, ularni muhofaza qi­ lish vositalaridan foydalaniladi, shuningdek, tarmoqdagi elektr quwatini hisobga olgan holda, saqlovchi qurilmalar bilan jihozla-nadi. Elektr jihozlarini o'rnatishda korxonaning va xonaning yong‘inga xavflilik toifasini hisobga olish shart.


Agar elektr qurilmalari qoidaga muvofiq o‘matilgan bo'lsa ham, uning tok o'tkazuvchi qismlari yengil alangalanuvchi yoki yonuvchi suyuqliklarga tegib tursa, uning yong'inga xavflilik dara­ jasi kamaymaydi.


Elektr qurilmalari va elektr tizimlarini o‘rnatganda qisqa tutashish sodir bo'lganda ularni o'chiradigan saqlovchi qurilmalarni tayyorlab qo'yish kerak. Elektrni o'chiruvchi tizimlarini berk qopqoqlar bilan ta’minlash kerak, bunda o‘chirish yoki yoqish vaqtida chiqadigan uchqun tufayli bo‘ladigan yong'in yoki port-lashning oldini olish mumkin.


Elektr taqsimlash tizimlari ham ulash va o'chirishda uchqunlar chiqarib yong'in xavfini kuchaytiradi. Shuning uchun, ularni yon­ maydigan mate rial lardan qilingan xavfli aralashmalar bo'lmagan xonalarga o‘rnatiladi.


Elektr yoritish tizimlari ham muhofaza qobig'larining qizishi va alangalanishi mumkinligi jihatidan yong'in xavfini tug'diradi. Shuning uchun ham yoritish tizimlarini qurishda ularning o'tkazgichlari yaxshi muhofaza qilinganligini tekshirib rezina yoki metall trubalar orqali o'tkazish tavsiya etiladi. Elektr lampalari yonish vaqtida ularning yuzalari 2 0 0 va undan ko'proq haroratda qizishi mumkin. Bunday yuqori haroratda uning yuzasiga o'tirgan changlarning yonib ketish ehtimoli kuchayadi. Bunday xavflar elektr lampalari tuzilishini o'zgartirish orqali yo'qotiladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin