Xenning konsepsiyasi R.Meyer va R.Villmannlar tomonidan, kladistika asoschisi, nemis entomologi Villi Xenning qarashlari asosida shakllantirilgan. Ushbu mualliflar turning biologik konsepsiyasidan farqli o’laroq tur yaxlitligini unga kiruvchi individlarning erkin chatishishi emas balki, ularning boshqa tur vakillaridan reproduktiv alohidalanishi ta’minlaydi deb hisoblaydilar.
Tipologik konsepsiyaessensialistik g’oyalarga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra turga ta’rifni konkret namuna (kolleksion ekzemplyar, gerbariy, preparat, yoki boshqa shakldagi) asosida berish lozim. Tur ta’riflangandan keyin bunday namuna etalon (tipik ekzemplyar) ga aylanadi va unga yetarli darajada o’xshash bo’lgan har qanday individ o’sha turga mansub hisoblanadi.
Nominalistik konsepsiyanominalistik g’oyalarga asoslanadi. Bu konsepsiya tarafdorlari ilmiy sistematika davrida J. Byuffon, Robine va J.B. Lamark bo’lsa XX asrda Okkam va Bessi uni hozirgi konsepsiya holiga keltirdilar. Nominalistlar uchun tur diskret emas chunki, evolyutsiya jarayonida barcha organizmlar o’zgarishlarga uchrar ekanlar ularning diskret jamoasi ham bo’lishi mumkin emas.
Biologik konsepsiyaga ko’ra (Ernst Mayr 1942) Tur bu organizmlarning reproduktiv, ekologik va genetik jamoasidir.
Tur vakillari bo’lgan har bir individ uchun boshqasi potensial juft hisoblanadi. Bu turning reproduktiv jamoa ekanligini ko’rsatadi.
K.Uiller va N.Platniklarning filogenetik konsepsiyasi bo’yicha filogentik mezonlarni turga nisbatan qo’llash mumkin emas. Chunki tur ichida jinsiy alohidalanish bo’lmaganligi tufayli, individlar o’rtasidagi geneologik aloqalar to’rsimon shakl ega. Aynan shuning uchun tur shakllanishida monofiletik jarayonlar mavjud deb qarash noto’g’ri bo’ladi.
B.Mishler va E.Teriotlarning filogenetik konsepsiyasida turga filogenetik sistemadagi bo’g’inlardan eng kichigi sifatida qaraladi. Bunda turning ichki mexanizmlari (erkin chatishish), o’ziga xos boshqa xususiyatlari hisobga olinmaydi.
Morfologik konsepsiya deb ataladigan boshqa yo’nalishda “tur – bu ichida miqdoriy belgilarning o’zgarishi uzluksiz kechadigan guruh bo’lib, u boshqa guruhlardan xiatus ya’ni uzilish bilan ajralgan.” Seversov bo’yicha miqdoriy belgilar o’zgarishlaridagi uzilishlarning bo’lishi morfologik konsepsiyaning asosini tashkil etadi.
Evolyutsion konsepsiyani E. Uayli va R. Meyden mashxur sistematik olim Jorj Simpson qarashlari asosida shakllantirdilar. Bu mualliflar turni o’ziga xos individum bo’lib, tug’ulish, mavjud bo’lish va nobud bo’lish jarayonlarini boshidan kechiradi deb hisoblanadi.