Ma'lumotlar bazasi - umumiy tizimda saqlanadigan va elektron tizimdan kompyuter tizimidan foydalaniladigan ma'lumotlar to'plamidir. Ma'lumotlar bazalari murakkabroq bo'lgan joylarda ular odatda rasmiy dizayn va modellash texnikasi yordamida ishlab chiqiladi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi elektron kutubxona bilan uzviy alaqador hisoblanadi. Elektron katalog hamda to’liq matnlar bazasi va boshqalar elektron kutubxonaning ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi osongina kirish, boshqarish va yangilab turish uchun tashkil qilingan axborot to'plamidir. Ma'lumotlar satrlar, ustunlar va jadvallarga ajratilgan bo'lib, tegishli ma'lumotlarni topishni osonlashtiradi.
Bitiruv malakaviy ishi yzuasidan bajarilayotgan loyihaning amalga oshirilishi va yaratilishi jarayonida algoritmlar muhim qism hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda algoritmlarga ko’p murojaatlar qilinadi va ulardan foydalaniladi.
O’zbek tarixiy romanlarining elektron kutubxonasini yaratish tizimida asosan 2 ta algoritm yaratildi:
Ma’lumotlar bazasini yaratish algoritmi;
Qidiruv algoritmi.
2-chizma. Ma’lumotlar bazasini yaratish algoritmi
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. Raqamli kutubxonalarda bu juda ham keskindir, chunki raqamli kutubxona muhitida hujjatlar erkin, formatli va ko'p sonli ommaviy axborot vositalarida mavjud; deyarli vaziyat samarali va samarali indeksleme / qidirish mexanizmini talab qiladi. Bu muammoni izlash va olish uchun kuchli vosita sifatida samarali qidirish algoritmlari ortishiga olib keldi. So'nggi bir necha o'n yillar davomida IR-tizimlarida turli xil ilovalar - masalan, soundex, metafone, phonex, stemming va boshqa ko'plab narsalarni talab qiladigan juda ko'p qidirish algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu algoritmlar raqamli koleksiyonlarda va Internetda ma'lumot olish uchun qo'llaniladigan ideal tizimni ta'minlovchi tartiblash va qidirish jarayoni bilan chambarchas bog'liq. Bu erda eng ommabop va foydali qidirish algoritmlari va ularning qidiruv natijalarining aniqligi, raqamli arxivlarni qidirishda ta'sirini muhokama qilish uchun tashabbus yaratildi.
Masalan avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlar algoritmning bir necha turidan foydalanib kelinmoqda. Ularning eng ko’p tarqalgan turi qidirish algoritmlari hisoblanadi. Qidirish algoritmi qidirilayotgan axborotni elektron katalog hamda to’liq matn bazasidan kalit so’zlar, muallif, sarlavha, nashr yili va boshqa metama’lumotlar yordamida qidiruvini tushunamiz. Resurs turiga ko’ra metama’lumotlar ham o’zgarib boradi. Bitiruv malakaviy ishi(BMI) yuzasida qidirish algoritmlarni o’z ichida ikkiga ajratdik va alohida alohida blok sxemalarda tavsifladik. Ular quyidagialar:
Muallif bo’yicha qidirish algoritmi;
Sarlavha yoki kalit so’z bo’yicha qidirish algoritmi.
3-chizma. Muallif bo’yicha qidirish algoritmi.
4-chizma. Sarlavha yoki kalit so’z bo’yicha qidiruv.