1-bob bo’yicha xulosa Yuqorida bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida jahon badiiy elektron kutubxonasi hamda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan badiiy adaboyotlar elektron kutubxonasi haqida so’z olib borildi. Bu ikkala kutubxona atroflicha tahlil qilib chiqildi. Ularning tarixi,faoliyati , fondi, resurslari va ma’lubotlar bazasi haqida alohida o’rganildi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, ushbu loyihaning dastlabki bobida biz asosiy nazariy va ilmiy izlanishlarni tahlil qilindi va loyihaning maqsadi, vazifalarini, dolzarbligini kirish qismida ko’rstib o’tilgan bo’lib, ushbu sohadagi yangiliklar o’zgarishlar o’rganildi.
Shularni hisobga olgan holda O'zbek tarixiy romanlarining alohida elektron kutubxonasi bo'lgani foydalanuvchilarga o'zbek tarixini bilishga qiziqqanlar uchun ayni muddao bo'ladi. Har bir o'zbek xalq o'z tarixini bilishi kerak.
II bob. Tarixiy romanlarning elektron kutubxonasini yaratish modeli, algoritmi, qidirish mexanizmlari 2.1 Tarixiy romanlar elektron kutubxonasini yaratish modeli va algoritmi
Axborot modeli - bu obyektning parametrlari va o'zgaruvchilari, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, obyektlarning kirishi va chiqishi uchun zarur bo'lgan parametrlarni va o'zgaruvchini tavsiflaydigan va moddaning mumkin bo'lgan holatlarini modellashtirish uchun modulning kirish qiymatidagi o'zgarishlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradigan ma'lumot sifatida tasvirlangan ob'ekt modeli
Axborot modeli- bu obyekt, jarayon, hodisalarning jiddiy xossalari va holatlarini hamda ularning tashqi olam bilan o’zaro bog’lanishini xarakterlovchi axborotlar majmui hisoblanadi.
Tarixiy romanlarning elektron kutubxonasini yaratishda axborot modeli ushbu loyihaning muhim qismi hisoblanadi.
Quyidagi blok sxemada tarixiy romanlarning elektron kutubxonasining avtomatlashtirilgan tizimining axborot modeli ko’rsatilgan: