8-chizma
6 kishidan iborat bo`lgan kichik
guruh 6 daqiqa ichida kichik
muammo
va
umuman
asosiy
muammoni
yechimini
topishga
yordam
beruvchi
muammoli
savollarga aniq javoblar topishga
harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi
alohida qog‘oz varag‘iga o`zining
javoblarini yozadi.
Guruh ishlari natijasining taqdimoti va muhokamasi o`tkaziladi,
taklif qilingan kichik muammo hamda asosiy muammo bo`yicha
aniq, strukturaga solingan, ratsionalyechimlar ishlab chiqiladi va
taklif qilinadi.
Kichik
guruhlarda
tayyorlangan
javoblar muhokama qilinadi: noto`g‘ri
fikrlar
olib
tashlanadi,
mujmal
fikrlarga aniqlik kiritiladi, asosiylari
tanlab
olinadi.
Tanlab
olingan
javoblarni
tizimlashtirish
uchun
ma`lum xususiyatlar aniqlanadi va shu
asosda kichik muammo hamda asosiy
muammo bo`yicha yechimlar guruh-
lashtiriladi.
6-6 texnikasi qo`yilgan muammo
yuzasidan
jamoaviy
shakllantirilgan,
taklif
qilingan
yechimlar variantlarning eng
sarasini tanlab olish va baholash,
so`ngra
ularni
umumiy
xususiyatlariga
qarab
quyidagi
algoritm bo`yicha guruhlashtirish
imkonini beradi.
68
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat
ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir
huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va
intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib
daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya
kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning
ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini
boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar
amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda
bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga
bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib,
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy
investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi.
2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so‘mni yoki
AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu
2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko‘p degani. 2012-yilda esa bu
ko‘rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so‘mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga
teng bo‘lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o‘sgan.
―O‗zbekiston 2013‖ almanaxi ma‘lumotlariga ko‗ra, ushbu investitsiya
resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%)
sohasiga yo‗naltirildi.
Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet
el investistiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak,
hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlari va yo‘l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya
69
loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan
iborat.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga davlat investitsiya dasturi doirasida jalb
qilinayotgan xalqaro sarmoyalarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya
hamda Niderlandiya davlatlari tashkil etmoqda. Xitoy davlati jami jalb qilingan
xalqaro sarmoyalarning 35.66% ni tashkil qilayotgani va bu borada mamlaktimiz
ushbu davlat bilan yuqori darajada hamkorlik ishlari olib borayotganini ko‘rish
mumkin. Bundan tashqari, xalqaro sarmoyaning Rossiyaga 26.79%, Janubiy
Koreyaga 19.50% hisobida to‘g‘ri kelayotganini takidlash lozim.
IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan o‘rnatilgan mustahkam aloqalar natijasida
O‘zbekiston Respublikasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yil ortib
borayapti. Oxirgi besh yil ichida beg‘araz moddiy va texnik yordam hajmining
o‘sish surati o‘rtacha 8,2% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2013 yilda 7,6% ni tashkil
etib, 186 mln. USDga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 29.03.2013 yildagi №90
sonli qaroriga muvofiq hozirda IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan hamkorlikda
amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotga jami 285 600 000 USDga teng bo‘lgan ta‘lim,
sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan foydalanish, ichimlik suvi
muammolari, energotejamlilik, atrof muhitni himoyalash, kichik va o‘rta biznessni
qo‘llab quvatlash va boshqa masalalarni o‘rganib chiqmoqda.
Shuningdek, 2013-2017 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi bilan birgalikda jami
qiymati 271 300 000 USD ga teng bo‘lgan 35 loyihani, Yaponiya Respublikasi bilan
57 400 000 USD ga teng bo‘lgan 14 ta va Korea Respublikasi bilan 22 500 000
USD gat eng bo‘lgan 9 ta loyihani amalga oshirish masalasi o‘rganib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, IFC va BDSFIs tashkilotlari bilaning mamlakatimiz
iqtisodiyotiga ajratayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar miqdori ortib
bormoqda. 2013-yilda 2‘960 mln. USD ga teng bo‘lgan 23 ta moliyaviy bitim
imzolangan, bu o‘tgan yilga nisbatan 214,5% ga teng.
Mavzuni o‘rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada
oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritaman:
70
-
Aholining o‘rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta‘minlash maqsadida,
investitsiyalar oqimini hududlar bo‘yicha aholi soniga qarab proporsional
taqsimlash;
Dostları ilə paylaş: |