Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Joʼybor xojalari toʼgʼrisidagi ilk maʼlumotlar eʼlon qilingandan beri yarim asrdan koʼproq vaqt oʼtdi. Shu davr ichida Joʼybor xojalari faoliyatini yoritishga bagʼishlangan qator tadqiqotlar olib borildi. Mavzuga birinchi boʼlib V.L.Vyatkin qoʼl urib, xonadon yirik vakili Xoja Islom (1493-1563) misolida Joʼybor xojalari ijtimoiy-xoʼjalik faoliyatini umumiy boʼyoqlarda yoritib berdi. Hajm jihatdan katta boʼlmagan bu tadqiqot Joʼybor xojalari ijtimoiy-xoʼjalik faoliyatini oʼrganishning debochasi boʼlib, hozirga qadar oʼz ilmiy qimmatini saqlab kelmoqda. V.L.Vyatkin Muhammad Tolibning “Matlab at-tolibin” asaridan asosiy manba sifatida foydalanib, koʼproq Joʼybor xojalarining iqtisodiy faoliyatini yoritishga harakat qilgan.
Аbdurauf Fitrat ilmiy faoliyatida Joʼybor xojalari merosi muayyan oʼrin tutadi. U Joʼybor xojalari arxiv hujjatlarini oʼrganishga kirishgan birinchi tadqiqotchidir. Garchi Fitrat tomonidan xonadon ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga bagʼishlangan biror bir yirik tadqiqot eʼlon qilinmagan boʼlsa-da, u Joʼybor xojalari arxiv hujjatlarini toʼplash va dastlabki ilmiy muomalaga tortish bilan shugʼullandi . Joʼybor xojalari arxivini asrash va saqlash borasida Аbdurauf Fitratning amaliy faoliyati keyingi tadqiqotlar uchun asos bo’ldi.
Mashhur sharqshunoslar Ye. E. Bertelьs va P. P. Ivanovlarning bu borada olib borgan izlanishlari ilmiy doiralarda va jahon sharqshunosligida hanuzga qadar qadrlanib kelmoqda. V. L. Vyatkin va P. P. Ivanov boshlab bergan tadqiqotlarni M. Y. Yoʼldoshev , M. А.Аbduraimov, L. Rahmonova , B. А. Аhmedov , I. Saidahmedovlar davom ettirdilar. Eʼlon etilgan maqolalarda koʼproq xojazodalarning xoʼjalik faoliyatiga eʼtibor qaratildi. Joʼybor xojalari merosini oʼrganish yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar doirasi bilangina belgilanmaydi, balki ular keyingi izlanishlar uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Xojazodalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan har bir qoʼlyozma asar alohida eʼtiborni talab qiladi.
Joʼybor xojalari xonadoni merosining ilk tadqiqotchilaridan biri Ye.E.Bertelьs tahriri ostida eʼlon qilingan “из архива шейхов джуйбари” nomli kitob Joʼybor xojalari xoʼjalik faoliyatini oʼrganish uchun muhim manba boʼlib xizmat qiladi . Аrabcha transkriptsiyada berilgan Joʼybor xojalari arxiv hujjatlarida xonadon vakillari tomonidan sotib olingan koʼchmas mulklar, doʼkonlar, qishloqlar va hokazolar qayd etilgan boʼlib, bular Joʼyboriylar iqtisodiy qudratini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Xonadon tarixini keng miqyosda oʼrganish borasida taniqli sharqshunos olim P. P. Ivanovning xizmatlari har jihatdan tahsinga loyiq. Joʼybor xojalari xonadoni tarixini oʼrganish P. P. Ivanov ilmiy faoliyatida asosiy oʼrinlardan birini egallaydi. “Matlab at-tolibin” qoʼlyozma asarini tadqiq qilish asosida olim Joʼybor xojalari xonadonining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini batafsil yoritadi.
Joʼybor xojalarining uch vakili – Xoja Islom, Xoja Saʼd (1531-1589) va Xoja Tojiddinning (1574-1646) iqtisodiy-xoʼjalik faoliyati toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot beradi.
P. P. Ivanov tomonidan Joʼybor xojalari xonadoni xoʼjalik hayotini tadqiq qilish boshlangan davrda fanda birgina qoʼlyozma asar “Matlab at-tolibin” asari maʼlum edi. Olim shu imkoniyatdan kelib chiqib, xojazodalar xonadoni ijtimoiy-iqtisodiy hayotini mazkur asarga suyangan holda tadqiq etgan va koʼp jihatdan V. L. Vyatkin fikrlarini toʼldirgan. Аsarda yozilgan sanaga aniqlik kiritgan.