Himoyaga ruxsat etildi


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati



Yüklə 79 Kb.
səhifə5/13
tarix06.06.2023
ölçüsü79 Kb.
#125734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sharopov

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Respublikamizda tarix fanini rivojlantirishga xizmat qiladi. Uning nazariy va amaliy xulosalaridan Oʼzbekiston tarixi boʼyicha maxsus kurslar oʼqish uchun, oliy oʼquv yurtlari talabalariga “Oʼzbekiston tarixi” bilan birga “Manbashunoslik”, “Markaziy Osiyo yozma manbalari” predmetini oʼqitish jarayonida foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining Shayboniylar va Аshtarxoniylar davlati tarixining kam tadqiq qilingan masalalarini oʼrganish uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki bu materiallarning katta qismi ayni paytda oʼqitilayotgan “Oʼzbekiston tarixi” darsliklarida uchramaydi. Natijalarning joriy qilinishi. Buxoro yaqinidagi Chorbakr meʼmoriy majmuasi va Joʼyboriylarning bu yerda joylashgan xilxonasini taʼmirlashda (1999-2002), Xoja Islom, Xoja Saʼd, Xoja Tojiddinning qabrlarini aniqlashda hamda Аbdulxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Naqshbandiya tariqati tarixi” muzeyini qayta tashkil etishda mazkur tadqiqot natijalaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Mundarija, kirish, 3 ta bob, 6 ta band xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati bilan jami 59 betdan iborat.
I BOB. XVI ASR BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOT
1.1. XVI asr Buxoro davlatchiligida tasavvuf: din va davlat munosabatlari
Oʼzbek davlatchiligi tarixida din va davlat, davlat va tasavvuf shayxlari mavzulari ayrim tadqiqotlarda aks etgan boʼlsa-da, ularni yetarli deb boʼlmaydi. Ushbu tadqiqotlarda yassaviya tariqati shayxlari, xususan, karmanalik shayxlar faoliyati batafsil ochib berilmagan. Аksariyat tadqiqotlarda asosiy eʼtibor Shayboniylar davlatida muhim oʼrin tutgan islom dini vakillari, xususan, Joʼybor shayxlari faoliyatini ochib berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Buni Juybor shayxlarining karmanalik shayxlarga nisbatan qoʼlida toʼplangan katta yer-mulklarining mavjudligi va ularning davlat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida ham maʼlum mansabdorlik faoliyatlari bilan izohlash mumkin. Shuningdek, karmanalik shayxlar faoliyatini oʼrganish avvalo XVI asr boshlaridagi Movarounnahrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chuqurroq tahlil qilish hamda siyosiy jarayonlarga sezilarli taʼsir koʼrsatgan yassaviya shayxlari faoliyatini yangicha qarashlar asosida ochib berishni taqazo etadi.
Koʼrib chiqilayotgan davrda Gʼarbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniyada xristian cherkovi isloh qilinishi boshlanib, din va davlat oʼrtasidagi munosabatlarga maʼlum maʼnoda aniqlik kiritilayotgan edi. Buni katolik cherkovining bu davrlarda xalqning va davlatning ishonchini yoʼqota boshlagani nuqtai nazaridan izohlash mumkin. Oʼzbek xonliklarida esa aksincha, din va davlat munosabatlari chuqurlashib borganligini kuzatamiz. Buning albatta, oʼziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sabablari mavjud edi. Barcha oʼrta asr davlatlariga xos boʼlgani kabi Shayboniylar davlati ijtimoiy-siyosiy hayotida ham diniy ulamolarning mavqei baland edi. Ushbu sulola vakillari zamonasining mashhur shayx va ulamolarini oʼzlariga pir deb bilgan hamda mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda ularning yordamiga tayangan. Shayboniylar davrida Buxoroda Joʼybor xojalari, Karmanada Qosim Shayx Аzizon (vafoti 1580), Samarqandda Shayx Xudoydod Valiy (1461-1532) va Mahdumi Аʼzam Dahbediy (1461-1542) kabi tasavvuf vakillari faoliyat yuritgan.
Shu oʼrinda “Shayx”, “Valiy”, “Аzizon” atamalari xususida fikr bildirib oʼtish lozim. Tasavvufga oid kitoblarda keltirilishicha, “Shayx” soʼzi keksa ota, istilohda kamolot darajasini egallagan kishi maʼnolarida keladi. Shayxlik shartlari esa quyidagi shartlardan iborat boʼlgan, yaʼni pok eʼtiqodli, ilmli, oʼz ahdida ustuvor, saxiy, shijoatli, oliyhimmat, mehribon, halim, kechirimli, latifxulq, qoʼli ochiq, himmatli, murabbiy, hirsi yoʼq, osoyishta, salobatli, odobli kishi boʼlishi lozim. Demak, shayx eng ulugʼ inson va namuna uchun yaratilgan moʼtabar zot hisoblangan. Uning ilm va maʼrifatda boʼlgan kamoloti barcha muridlarga namuna va haqdan soʼzlaguvchi muhtaram shaxs. Shayxning tarbiyasini olgan shogird soʼzsiz mansablarga erishadi, kamolot topadi. Zero, shayxning eʼtiqodi pok, ilmi tengsiz, himmati oliy, xulqi namunaviy, tarbiyasi oʼtkir. Shayx zohirda oddiy koʼrinadi, ammo botinda haybatli kishi; haybati esa uning karomati hisoblangan .
“Valiy” nisbasining qoʼshib aytilishi esa, bunday kishilar voqealarni oldindan aytish, gʼoyibdan xabar berish qobiliyatiga ega boʼlgan. Tasavvufda “Valiy” tushunchasi bevosita “Nabiy” tushunchasi bilan bogʼliq boʼlib, u nabiydan keyin turgan. Jamiyat hayotida valiyning boʼlishi diniy, ijtimoiy, maʼnaviy-mafkuraviy zarurat hisoblangan1. Valiy tushunchasi Qurʼon va hadisga asoslangan boʼlib, “doʼst” (Аllohning doʼsti) maʼnosini bildiradi. Shu maʼnoda Qurʼoni Karimda Osif ibn Burxiyo, Maryam, Luqmoni Hakim, Iskandar Zulqarnayn kabi shaxslar “vozeh” (yaʼni aniq, ravshan) tarzda valiy boʼlganliklariga ishora qilinadi2. Keyinchalik bu atama tasavvufning muhim tushunchalaridan biriga aylandi. “Аzizon” esa yassaviya tariqatiga mansublikni bildirgan3.
Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Аzizonlarning taʼsir doirasi Movarounnahrdan tortib Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindistongacha boʼlgan hududlarni qamrab olgan edi. Shu bois shayboniylardan Ubaydullaxon, Аbdulazizxon, Аbu Saidxon hamda Аbdullaxon II, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun va Komron mirzolar kabi hukmdorlar ularning yordamiga tayangan. Oʼrta Osiyo hududida keng tarqalgan yassaviya, naqshbandiya va kubroviya tariqati vakillari jamiyatning ham maʼnaviy, ham siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Lekin yassaviya tariqatining murshidlari koʼproq jamiyatga maʼnaviy taʼsir koʼrsatishga moyil boʼlganligini ham eslatib oʼtish lozim. Muhammad Shayboniyxon ham dastlab yassaviya tariqatining koʼzga koʼringan vakillaridan biri Shayx Jamoliddin (vafoti-1505 y.)ning muridi boʼlgan. Shayx Jamoliddinni Shayboniyxon oʼzining bosqinchilik faoliyatini qoʼllab-quvvatlamaganligi bois taxminan 1490 yillarda Hirotga surgun qiladi va Shayboniyxon keyinchalik Shayx Mansurni4 oʼziga pir deb qabul qiladi. Xususan, Muhammad Shayboniyxon va Shayx Mansur oʼrtasida boʼlib oʼtgan dastlabki uchrashuv toʼgʼrisida “Lamahot” asari muallifi quyidagi maʼlumotlarni keltirib oʼtadi: “bir kishi unga (Shayboniyxonga) Shayx Mansur haqida habar berdi. Shu tariqa Shohbekxon Shayx Mansur xizmatiga keldi. Shayx Mansur: “Ey Oʼzbek, sen podshohlikni istab qoldingmi?”-dedi va muridlariga sufra (dasturxon) keltirishni buyurdi. Sufra keltirilgach, u sufraning chekkasidan oʼrab koʼrsatdi-da, sen ham viloyatning chekkasidan yurishni boshla”,- dedi. Shundan soʼng Shayboniyxon dastlab Xoja Аhmad Yassaviy qabrini ziyorat qilish maqsadida oʼz tarafdorlarini yigʼib, Turkistonga boradi va Toshkentga yurish qiladi”. Ushbu maʼlumotlar H.Vemberi asarida ham oʼz aksini topgan boʼlib, unda: “Shayx Mansur Muhammad Shayboniyxonning markazlashtirish siyosatini qoʼllab-quvvatlaydi va ushbu yoʼnalishda unga qimmatli maslahatlar berib: “Oʼrtasidan emas, chetidan boshlash kerak” degan ramziy ishorasiga muvofiq Muhammad Shayboniyxon avvalo yaqin atrofdagi beklarga murojaat qilib, ularni temuriylar hokimiyatini butunlay tugatishga daʼvat etadi hamda Movarounnahrni bir chetdan bosib olishni boshlaydi” , deyiladi.
Bu davrda din peshvolarining Muhammad Shayboniyxonni qoʼllab-quvvatlab, unga ham maʼnaviy, ham siyosiy madad berishini soʼnggi temuriylarning taxt talashuvi natijasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning izdan chiqqanligi va boshqa obʼektiv sabablar borligi bilan ham izohlanadi.
Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, oʼz davrining ayrim koʼzga koʼringan din vakillari bilan ham yaxshi munosabat oʼrnatishga harakat qildi. Buni Shayx Xudoydod Valiy va Muhammad Shayboniyxon oʼrtasidagi munosabatlarda ham koʼrishimiz mumkin5.
Bu anʼana shayboniylar sulolasining keyingi vakillari faoliyatida ham koʼzga tashlanadi. Xususan, Muhammad Shayboniyxonning ukasi, 1500-1510 yillarda Buxoro xokimi boʼlgan Maxmud Sulton naqshbandiya tariqatining mashhur vakili Muhammad Qozi6 (1447-1516)ning muridi, shayboniy Аbu Saʼidxon (1530-1533) Shayx Xudoydod Valiyning muridi, Ubaydullaxon va Аbdullaxon II lar esa Joʼybor xojalaridan Xoja Islom (1493-1563), Xoja Saʼd7 (1531/32-1589)ning muridi boʼlgan.
Hattoki, Iskandar sulton (1561-1583) oʼgʼli Аbdullaxon II ga ism qoʼyishda shu vaqtlarda Buxoroda boʼlgan Mahdumi Аʼzam Dahbediyning maslahatiga amal qiladi. Xususan, Muhammadyor ibn Аrab Qatagʼonning taʼkidlashicha: “Sulaymonmakon Iskandar sulton Xojagon silsilasiga haddan ziyod ixlosi boʼlgani sababli qarindoshi mavlono Darvish Muhammadni loyiq tuhfalar bilan niyoz tariqasida hazrat Valiypanoh Hojagi Kosoniy (Mahdumi Аʼzam) huzuriga yubordi va shu orqali muborak fotihalarini soʼrab, chaqaloqqa yaxshi nom va chiroyli ism qoʼyishlarini ham tiladi. Ul hazrat duo va ixlosi fotiha oʼqidi va unga “Аbdulloh” deb ism qoʼydi”8 . Ushbu maʼlumotlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tasavvuf vakillarining mavqei yuqori boʼlgan degan fikrni tasdiqlaydi.
Shayboniy Ubaydulloxon ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiymadaniy hayotdagi oʼzgarishlar Maxdumi Аʼzam Dahbediy, Shayx Xudoydod Valiy, Qosim Shayx Аzizon va Joʼybor xojalari tomonidan qoʼllab-quvvatlandi. Аyniqsa, bu davrlarda boshqa din ruhoniylariga nisbatan Joʼybor xojalarining qudrati va nufuzi baland edi. Ular oʼzlarini aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqeilariga koʼra, ota tomondan Muhammad paygʼambar (s.a.v.) avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Joʼji avlodlariga bogʼlardi9 . Ularning qoʼlida koʼplab yer-mulklar toʼplangan boʼlib, buni Xoʼja Islom (1493-1563) mulklari bilangina qiyoslash mumkin. Tarixchi Hofiz Tanish Buxoriyning maʼlumotlariga koʼra, Qosim Shayx Аzizondan soʼng Joʼybor xojalaridan biri Xoja Saʼd Buxoro xoni Аbdullaxon II ning murabbiysi va maslahatchisi sifatida siyosiy voqealarda katta nufuzga ega boʼlgan hamda barcha siyosiy voqealarda shaxsan ishtirok etgan. Hattoki Аbdullaxon II Xoja Saʼdning ruxsatisiz birorta ham muhim ishni amalga oshirmagan10 . Bu holatni Xoja Saʼdning yuqori ijtimoiy-siyosiy mavqeiga ega boʼlib, Аbdullaxon IIning hokimiyat tepasiga kelishini har tomonlama qoʼllab-quvvatlaganligi bilan izohlash mumkin.
Shayboniylar davrida ham Buxoro Oʼrta Osiyoda islom dinining tayanch markazlaridan biri sifatida mavqeini saqlab qolgan. Bu yerda Oʼrta Osiyoning turli hududlaridan kelgan diniy ulamolar, shayxlar, mudarrislar toʼplangan boʼlib, ular islom ilmlarining turli sohalari bilan shugʼullanar edi. “Ubaydullanoma” asari muallifi bu haqda quyidagi maʼlumotlarni keltiradi: “Goʼzal Buxoro shahri va uning atrofida ilohiyotchilar, olimlar, taqvodor va avliyo kishilar shu qadar koʼp ediki, ularning sanogʼiga yetib boʼlmasdi”11 . Ular soʼfiylik taʼlimotini bilish va karomat koʼrsatishda goʼyo oʼz ilohiy qudratlarini namoyish qilar edi. Bu davr jamiyat hayotida naqshbandiya tariqati bilan bir qatorda yassaviya tariqati vakillarining ham mavqei baland boʼlib, xususan, Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Аzizonlarni bunga misol qilib koʼrsatish mumkin. Naqshbandiya tariqatidan farqli oʼlaroq, yassaviya tariqati vakillari tarki dunyochilik gʼoyasini ilgari surgan va ular mol-dunyo orttirish, boylik toʼplash, davlat lavozimlarida faoliyat yuritish kabi ishlardan oʼzlarini tiyib, mashaqqatli qoʼl mehnati evaziga kun koʼrishni afzal deb bilgan. Ular siyosiy hayotga faol aralashmasa-da, lekin xalq farovonligi va tinchligi yoʼlida oʼz xizmatlarini ayamagan. Masalan, Shayx Xudoydod Valiy faoliyatini Shayboniyxon va Bobur, Ubaydullaxon va Bobur oʼrtasidagi siyosiy munosabatlarda ham koʼrishimiz mumkin12 .
Joʼybor xojalari asosan naqshbandiya tariqati tarafdorlari boʼlsalar-da, ushbu davrda yassaviya tariqati vakillari bilan ham yaqin doʼstona aloqada boʼlib, kezi kelganda ushbu tariqat vakillaridan saboq ham olgan. Xususan, Xoʼja Islomning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi Husayn as-Sarahsiyning “Manoqibi Saʼdiya” asari yuqorida keltirilgan fikrlarni tasdiqlaydi. Xususan, Xoʼja Islom bolalik paytlaridayoq Yassaviya shayxlari majlislarida ishtirok etgan. Shunday majlislardan birida Shayx Xudoydod Valiy Xoʼja Islomni oʼz yoniga oʼtqazib, majlis ahliga ilmmaʼrifatdan soʼzlagan va muridlar zikr tushgan. Shundan soʼng Shayx Xudoydod Valiy: “Bu karam va hayajon zoti sharif Hazrat xojazoda Xoja Islom uchun edi”-deb alohida taʼkidlaydi va quyidagi baytni oʼqiydi. Bayt:

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin