Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Joʼybor xojalari tarixnavisligining oʼziga xos xususiyatlari, uning mahsuli boʼlgan “Ravzat ar-rizvon”, “Manoqibi saʼdiya”, “Matlab at-tolibin” kabi qoʼlyozma asarlarning ilmiy qimmati, tarixiy manba sifatidagi oʼrni, ayniqsa, Joʼybor xojalari xonadoni tarixini oʼrganishdagi ahamiyatini har tomonlama ochib berish;
– Joʼybor xojalarining Xoja Islom, Xoja Saʼd, Xoja Tojiddin, Аbdurahim Xoja (1575-1628), Аbdi Xoja (1580-1607) singari vakillarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini alohida tadqiq qilish;
– Buxoro xonligining shakllanishi va uning keyingi siyosiy hayotida Joʼybor xojalarining tutgan oʼrni, Shayboniy Аbdullaxonning oliy hukmdor sifatida oʼz mavqeini mustahkamlashda Joʼybor xojalari diniy-siyosiy obroʼyidan foydalanishi masalalarini ilmiy yoritib berish;
– xonadon vakillari bilan markaziy hokimiyat vakillari oʼrtasidagi munosabatlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy negizlarini tahlil qilish;
– Joʼyboriylarning Naqshbandiya tariqatiga aloqadorligi va bu aloqadorlik ularga yuksak mavqe va obroʼ keltirganligini, Joʼyboriylarning tariqat asoslarini rivojlantirishdagi xizmatlari, shuningdek, bu borada yoʼl qoʼygan xato va kamchiliklarini ochib berish;
– xonadon vakillarining Buxoro xonligi maʼnaviy-madaniy hayotidagi oʼrni, jumladan, mahalliy adabiyot rivojiga qoʼshgan hissasini tadqiq qilish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Joʼybor xoʼjalari va ularning Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-madaniy hayotidagi umumiy mavqei, Joʼyboriylar bilan xonlar oʼrtasidagi munosabatlar, Joʼyboriylarning markaziy hokimiyatga taʼsiri, ular tarafidan amalga oshirilgan madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Joʼybor xojalariga bagʼishlangan “Ravzat ar-rizvon”, “Manoqibi saadiya” “Matlab at- tolibin”, “Tazkirai Tohir Eshon” kabi qoʼlyozma asarlar va vaqf hujjatlari tadqiqoti.
Bituruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: – XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligiga Markaziy Osiyoning katta qismi kirgan. Jumladan, hozirgi shimoliy Аfgʼoniston, janubi - sharqiy Turkmaniston, janubiy Qozogʼiston, gʼarbiy Tojikiston. Bunday hududiy nisbatni hisobga olgan holda Joʼyboriylar tarixini Buxoro xonligining umumiy ijtimoiy-siyosiy jarayonlari doirasida tadqiq qilish birinchi bor amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Joʼyboriylar nafaqat Buxoroda, balki butun Markaziy Osiyo va hatto, undan chetda ham maʼlum boʼlishgan. Jumladan, ularning Balx, Turkiston, Koshgʼar, Yorkent, Xotan, Yazdda maʼnaviy-siyosiy taʼsirga egaligi keng miqyosda o’rganiladi;
– hozirgi Oʼzbekiston va Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi hisoblangan Buxoro xonligi tarixiga doir eʼlon qilingan ilmiy tadqiqotlar koʼlami deyarli koʼp emasligini, shuningdek, Buxoro xonligining XVI-XVII asrlar tarixi boʼyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosan, u yoki bu konkret masalalarga bagʼishlanganligini hamda ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarning barcha qismini qamrab ololmasligini inobatga olib, ishda mazkur muammolar chuqur tahlil qilinadi;
– Joʼyboriylarning Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati munosabatlaridagi oʼrni masalalari koʼrib chiqiladi;
– ilmiy tadqiqotlardagi ayrim masalalar toʼldiriladi, yangi nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilinadi. Shayboniy va Аshtarxoniy hukmdorlarining ichki va tashqi siyosati yoʼnalishlarni belgilab berishda Joʼyboriylarning ishtiroki masalasi Ko’rib chiqiladi;