C ++ tilida stekni realizatsiya qilish. Dastur boshida stek
shablonidan foydalanish uchun <stack> kutubxonasini yoqishimiz
kerak.
Stek yaratish uchun biz quyidagi sxema bilan ishlashimiz kerak:
stack ; Yangi satrda stack kalit soʻzini yozishimiz kerak.
- bu yerda stekda saqlanadigan ma‘lumotlar
turini yozishimiz kerak.
- bu stek nomi.
Steklar bilan ishlash metodlari.Metodlar - navbat va stek kabi
konteynerlar
uchun
ishlatiladigan
funksiyalar.
Quyida
stekda
ishlatiladigan metodlarni qarab chiqamiz:
#include #include //stek kutubxonasini ulash
33
using namespace std; int main() { stack stek; // Stek yaratish int i = 0; cout << "Istalgan oltita son kiriting: " << endl; while (i != 6) { int a; cin >> a; stek.push(a); // Sonni stekka qoʻshish i++; } if (!stek.empty()) cout << "Stek boʻsh emas"; //Stekni boʻshligini tekshirish cout << "Stekning yuqori elementi: " << stek.top() << endl; // Eng yuqori elementni chop etish cout << "Eng yuqori elementni olib tashlash " << endl; // stek.pop(); // yuqori elementni oʻchirish cout << "Bu endi yangi yuqori element: " << stek.top(); return 0; } Dasturda berilgan push() funksiyasi yordamida stekka element
qoʻshamiz. Qavslar ichida biz qoʻshmoqchi boʻlgan qiymat boʻlishi
kerak. Dastur kodida stek boʻshligini tekshirish uchun empty() metodidan foydalanamiz. Agar bu funksiya natijasi true boʻlsa, u holda
stek boʻsh boʻladi. Agar natija false boʻlsa, unda stekda element mavjud
boʻladi. Stekning eng yuqori elementini oʻchirish uchun pop() funksiyasi ishlatilgan.
pop() funksiyasida, push() funksiyasidan farqli oʻlaroq, qavs ichida
biror narsani koʻrsatishning hojati yoʻq, lekin qavsning oʻzi boʻlishi
kerak.
Stekning eng yuqori elementini olish uchun top() funksiyasidan
foydalanamiz.