Хорижий тилларни ўқитишда социометрия



Yüklə 55,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix18.12.2023
ölçüsü55,41 Kb.
#184194
  1   2   3   4


International Conference on Humanities, Education and Sciences
 
 
 
Los Angeles, California, USA
February 25
th
 2022 conferencezone.org 
113 
THE ARTISTIC PERFECTION OF NAVOI'S GAZELLES 
 
Sobirova Aziza Boymuradovna
She is a 1st category teacher at Alisher Navoi Secondary School No. 15
 
 
Annotatsiya
. Alisher Navoiy o’zbek adabiyotining tamal toshi, bugungi tamadduniga asos bo’lgan buyuk 
shaxs hisoblanadi. Bu tarixiy shaxsning qoldirgan ma’naviy merosi asrga tatigulikdir. Nafaqat o’zbek 
yozuvchilari, shoirlari, shohlari-yu prezidentlari, boringki butun dunyo bo’ylab olim-u fozillari bu insonning 
adabiy mahoratiga va merosiga qoyil qolgan. Ushbu maqolada muallif Navoiy merosining asosini tashkil 
qiluvchi g’azallari haqida o’z tahlillarini bayon qiladi. 
Kalit so’zlar
: Navoiy, Foniy, “Xamsa”, g’azal, ruboiy, qit’a, turkey lahja, forsiy jumlalar va h.k. 
O`zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'ri- fatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi 
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Uning otasi G`iyosiddin 
Muhammad zamonasining bilimdon kishilaridan va Temuriylar xonadoniga yaqin shaxslardan bo`lgan. U 
go`dakligidanoq she'riyatga va ilm olishga qiziqqan, farzandiga ta'lim-tarbiya berish uchun munosib shart-
sharoitlar yaratib berishga harakat qilgan. Alisher 4-5 yoshlarida shahzoda Husayn bilan birga maktabda 
ta'lim oladi. Alisher yoshligidanoq sharq adabiyotiga, fors she'riyatiga qiziqqan. U badiiy asarlarni o`qish va 
o`rganish bilan kifoyalanib qolmay, o`zi ham she'rlar yoza boshladi. U 10-12 yoshlaridayoq ilk she'rlari 
bilan mashhur bo`lib, katta san'atkor va olimlarning diqqatini o`ziga jalb qildi. Alisherning iste'dodidan 
mamnun bo`lgan mavlono Lutfiy (Xondamirning xabar berishicha) uning: 
Orazin yopqoch ko`zimdan sochilur har lahza yosh, 
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`och quyosh... 
matla'li g`azalini tinglab, "Agar mumkin bo`lsa edi, men o`zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o`n-o`n 
ikki ming she'rimni shu bir g`azalga almashar edim",- degan. 
Alisher Navoiyda o`zbek tilida "Xamsa"-besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo`lgan. Ushbu 
maqsadini 1483 - 1485 yillarda amalga oshiradi. Asar o`zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon 
adabiyotining durdona- laridan biriga aylandi. U 1492 yilda aruz ilmiga bag`ishlangan "Mezon ul-avzon" 
("Vaznlar o`lchovi") risolasini yaratgan. 1494 yilda turkiy tildagi maktublarni to`plab "Munshaot" 
("Maktublar") majmuasini tuzgan. Shuningdek, Navoiy 1494 yilda islom ma'naviyatining buyuk siymolari, 
xususan, turk, fors, hind mashoyixlariga oid "Nasoim ul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi") risola- sini 
yozadi. Alisher Navoiy 1491 - 1492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she'rlaridan yangi yig`ma 
devon tuzishga kirishadi va bu ish 1498 - 1499 yillarda nihoyasiga yetadi. Devonning umumiy nomi 
"Xazoyin ul-maoniy" ("Ma'nolar xazinasi") bo`lib, 4 qismdan iborat bo`lganligi uchun "Chor devon" deb 
ham atalgan. Navoiy "Lison ut-tayr" dostonini "Xamsa" dan 14 yil keyin yaratgan. Bu asarini shoir "Foniy" 
taxallusi bilan yozgan. Chunki bu davrda uning hayoti keksalikka yuz o`girgan, aniqrog`i, bu dunyosidan 
ko`proq u dunyosini o`ylay boshlagan edi. Ushbu asar bolaligida sevib o`qigani - Farididdin Attorning 
"Mantiq ut-tayr" ("Qushlar tili") dostoniga javob tarzida, shoirning o`z ta'biri bilan aytganda "tarjima rasmi 
bila" yuzaga keltirgan she'riy mo`'jizasi edi. Alisher Navoiyning so`nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy 
pandnoma yo`sinida yozilgan "Mahbub ul-qulub" ("Qalblar sevgani")dir 
Alisher Navoiyning muhabbat va bu bilan bog‘liq tug‘yonlari, xususan g‘azallari uning yigitlik davrida 
yozilgan. Bunga uning «Ilk devoni»ga kiritilgan, xalq orasida «Qaro ko‘zum», «Kelmadi» («Munojot») 
nomlari bilan mashhur bo‘lgan va kuylanadigan g‘azallari yaxshi misol bo‘la oladi. Bu kabi she’rlarida shoir 
pok va yuksak ishqiy kechinmalarni baland ehtiros va falsafiylik bilan ifodalab bera olgan. Uning 



Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin