Хорижий тилларни ўқитишда социометрия


International Conference on Humanities, Education and Sciences



Yüklə 55,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.12.2023
ölçüsü55,41 Kb.
#184194
1   2   3   4
International Conference on Humanities, Education and Sciences
 
 
 
Los Angeles, California, USA
February 25
th
 2022 conferencezone.org 
115 
isbotlashga harakat qiladi. Insonning ulug‘vorligini majoziy uslub bilan, ta’sirli qilib, real ijtimoiy, axloqiy 
hodisalar ila bog‘lab tasvirlagan.
Ko‘p o‘rinda shoir o‘z fikrlarini bayt, qita, masnaviy, ruboiy shaklida ifodalashi asarga rang-baranglilik 
bag‘ishlagan. «Tarixi muluki Ajam» va «Tarixi anbiyo va hukamo» Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro 
davri ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlab yozmoqchi bo‘lgan asarining boshlang‘ich bo‘laklaridir. Alisher 
Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da qadimgi Eron podshohlari, ularning tarixda muhrlanib qolgan ishlari va 
shaxsiyatlari to‘g‘risida hikoya qiladi. Bundagi ma’lumotlarni Navoiy ko‘proq Abulqosim Firdavsiyning 
«Shohnoma» dostonidan hamda «Tarixi Tabariy» kitobidan olgan. Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va 
hukamo» asari esa islom dini tarixi bilan bog‘liq rivoyatlar va adabiy asarlarni, xususan bir qator 
payg‘ambarlar hayotini Buqrot (Gippokrat), Aflotun (Platon), Batlimus (Ptolemey) kabi donishmandlarni 
bilib olish uchun muhim manbadir. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning bu asarlari o‘zbek badiiy nasrining 
qadimiy va go‘zal namunalaridir. Alisher Navoiy o‘zidan boy she’riy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan 
bo‘lib, bu merosning hajmi, «Lison ut-tayr» dostonida shoirning o‘zi ta’kidlashicha, 100 ming baytdan 
iboratdir. Bu boy meros bilan Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko‘tardi va o‘zbek 
adabiy tiliga asos soldi. O‘zbek adabiyotida lirik janrlar va dostonchilikning eng yuqori taraqqiyoti Alisher 
Navoiy nomi bilan bog‘langandir. Alisher Navoiy asarlari o‘nlab xalqlarning tillariga tarjima bo‘lgan. 
Macalan, «Majolis un-nafois» 16-asrdayoq fors tiliga Faxriy bin Sulton Muhammad Amiriy, Muhammad 
Qazviniy va Shohali Abduali Nishopuriy tomonidan 3 marta tarjima qilingan. Alisher Navoiyning boshqa 
tillarga tarjima qilingan dastlabki badiiy asari «Sab’ai sayyor» bo‘ldi
“Qaro koʻzum…” g’azali Alisher Navoiyning olimlar, shoirlar tomonidan eng koʻp va xoʻb oʻrganilgan 
gʻazallaridan biridir. Ushbu gʻazal tahliliga oid Erkin Vohidov, Matyoqub Qoʻshjonov, Alibek Rustamov, 
Ismatulla Abdullayev, Najmiddin Komilov, Abdulla Aʼzamov, Boyboʻta Doʻstqorayev, Ismoil Bekjonov va 
kaminaning maqolalari eʼlon qilingan. Gʻazalning oʻquv adabiyotlaridagi tahlillari ham mavjud boʻlib, unda 
asarning toʻliq matni qamrab olingan. Gʻazalning ayrim baytlari yoki baʼzi xususiyatlarini tahlilga tortgan 
maqolalar ham bor. Masalan, Ibrohim Haqqulovning “Qaro koʻzum, kelu…” (Bir bayt tahlili) maqolasi 
shular jumlasidandir. Tahlillar xronologiyasiga nazar solsak, birinchi maqola Ismatulla Abdullayev 
tomonidan 1975-yil 22-oktyabrda “Toshkent oqshomi” gazetasida “Mashhur gʻazallar tahlili” ruknida chop 
etilgan. Shu hisobdan kelib chiqsak, “Qaro koʻzum…” gʻazalining badiiy jihatlarini oʻrganish 40 yillik 
tarixga ega. Gʻazal haqidagi fikrlar rang-barang boʻlib, keyingi davrlardagi tahlillar tasavvufiy talqinlar 
bilan bogʻliq ravishda bahs-munozara tarzida yuzaga chiqqan. Bu bir gʻazalning mavzusi, mazmuni, 
obrazlari, lirik qahramoni, muallif dunyoqarashiga oʻnlab olimlarning turlicha nuqtai nazardan 
yondashuvlari, baʼzan obʼyektiv, baʼzan esa subʼyektiv baho berishlari mahsulidir. Bugun ana shu tahlillarni 
qiyosiy analiz qilish, umumlashtirish, sintezini yaratish mavridi keldi. Ammo, bu gʻazal tahlili shu bilan 
yakunlanadi, oxirgi va qatʼiy hukm chiqariladi, degan gap emas. Tahlil natijalarini umumlashtirish fikrlarni 
oydinlashtiradi, yangicha qarashlarga yoʻl ochadi va tadqiqot keyingi bosqichda davom etaveradi, degan 
umiddamiz. Gʻazal yuksak badiiy sanʼat darajasida yozilgani, ayni paytda maqom ohanglaridan “Ushshoq” 
kuyiga solinib, eng mahoratli hofizlar tomonidan oʻta dardli ijro etilgani uchun keng xalq ommasining 
mehrini qozongan va shoiru olimlarning diqqat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan.
Ayrim tahlillarda Navoiyning gʻazaldagi manzuri komil inson, piri murshid ekanligi gʻoyasi ilgari surilsa 
ham, shoirning oʻzi kimga ishora qilinayotganini aniq ifodalamaganligi sababli, bu fikr ham mavhum va 
taxminligicha qoladi. Zotan, bunday tahlil mualliflari ham “komil inson”, “piri murshid” deganda erkak 
kishini nazarda tutganlar. Tahlillarda boshqa badiiy obrazlar – koʻz, it, ot, soch, gulob, boshogʻliq oʻq – 
atrofida ham qizgʻin munozara kechgan. “Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil” misrasidagi “it”ni – 
“ovchi yigitning iti” deya talqin etishga asos yoʻq. It faqat ovchida boʻlmaydi. Bu nuqtai nazardan kelib 



Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin