Hozirgi kunda konflikt belgilari reja: Konfliktlarning kelib chiqish sabablari



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#180723
1   2   3   4   5   6
Hozirgi kunda konflikt belgilari reja Konfliktlarning kelib chi-fayllar.org

Konflikt sabablari va motivlari
Jamiyatdagi sababiy bog’liqlik. Ijtimoiy muhitda sababiylik ko’p murakkablik va chalkashlik bilan xarakterlanadi. Har bir ijtimoiy harakat turli-tuman va aksariyat hollarda ziddiyatli hodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash esa, hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik, araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning motivlari xam bulardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlikka intilish, milliy g’urur va sh.k. Xalqaro maydonda davlatlar hatti-harakatlari motivlari ham shu kabi turlicha bo’lishi mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari hozirgi hayotning butun murakkabligini aks ettirishga qodir. Aytish joizki, “Konflikt tahlili quyidagilar :
-vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish ;
-faqat asosiy yoki aniq ko’rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash ;
-barcha bu ishtirokchi(guruh)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro munosabatlarini bilish ;
-konflikt negizida yotgan omillar va tendentsiyalarni aniqlash ;
-muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish uchun zarurdir.
Konflikt tahlili bu bir martalik tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamika va sharoitlarga harakatlarni moslashtirishga yordam qiluvchi doimiy jarayon bo’lib qolishi kerak.».
Biroq, individlar va ijtimoiy guruhlar hatti-harakatlarining (sabablari) motivlari konfliktlarning chuqur sabablari bo’la olmaydi, chunki bu motivlarni o’zi ham izoh talab etadi. Inson tashqi vaziyat o’zgarishlariga befarq bo’lmay, o’zgarib boradi; o’z navbatida psixologik omillar iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning borishiga ta’sir o’tkazadi. Ijtimoiy ong tafakkur, hissiyotlar, ehtiyojlar, motivlar, manfaatlar orqali namoyon bo’ladi, bundan esa, muayyan kishilarning fikrlari, mavqei, harakatlari, ehtiyojlari, xulq-atvori shakllanadi. Bunda aynan hissiy darajada qayd etiladigan va guruhlar, jamoalarning hatti-harakati, xulq-atvori, nuqtai nazari sifatida umumlashadigan ijtimoiy ongning individual ifodalanish turli shakllarida ma’naviy sohadagi ziddiyatlar oshkora va keskin ko’rinishda namoyon bo’ladi, borliq ziddiyatlari aks etadi.
Umuman keng ko’lamli konfliktli vaziyat jamiyatdagi ijtimoiy tarqoq jarayonlarning kechishi haqida, muayyan jamiyatning barqarorligini yoki hududiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy tuzilmalarning qisqa muddatli yoki uzoq davom etadigan ko’p yoki kam darajadagi, ba’zan esa tuzatib bo’linmaydigan dezintegratsiyasi haqida guvohlik beradi.
Hozirgi zamon jamiyatida konfliktlar oqibat natijada ob’ektiv mavjud ijtimoiy ziddiyatlarning tug’ilishi va namoyon bo’lishidan iborat.
Bunday nuqtai nazar markscha nazariyada keng ishlab chiqilgan. K.Marksning fikricha, jamiyat qotib qolgan emas, sinfiy kurash orqali u doimo o’zgaradi. Bunday jamiyat ishchi sinfi tomonidan o’zining qaramlik holatini anglab borgan sari ko’prok ziddiyatlashib boraveradi, toki ijtimoiy inqilob sodir bo’lib, ekspluatator sinfni qulatmaguncha. Bunday jarayon umumjahon xarakteriga ega va vaqti kelib sinfsiz jamiyatga olib kelishi muqarrar.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonni bunday tushunish ba’zilar tomonidan jiddiy asoslantirilgan e’tirozlarga sabab bo’ladi. Marks ijodiy merosini o’rganuvchi ba’zi tadqiqotchilar shu narsaga e’tibor beradilarki, bu ma’nodagi sinfiy konfliktga uning turli xil hatti-harakat shakllarini nazariy tahlil etmasdan qaralgan. Ba’zi olimlar esa, uning ta’limotida sinflar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mutlaqlashtirishni ko’rganlar.
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo’lishini faqat kambag’allik va boylik tafovutlariga bog’liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor, hurmatning turli darajada bo’lishi, bir xilda bo’lmagan obro’, mavqe, maqomli guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g’oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib o’tgan.
R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi. Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo’lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o’rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va bo’ysunuvchilar mavjud bo’lgan har qanday tashkilotda paydo bo’lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf o’zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko’p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar.
Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar to’g’risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheklash natijasidir.
K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o’zi turli xil maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning umumiy me’yorlariga ega bo’ladi, bu elementlarni o’rganish konflikt hodisasini uning istalgan ko’rinishida o’rganish, tasavvur qilishga imkon beradi.
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik ijtimoiy uyushmalar o’zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko’rib chiqish doirasida shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.



Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin