Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari


Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi



Yüklə 263,18 Kb.
səhifə6/12
tarix07.01.2024
ölçüsü263,18 Kb.
#204936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Padagogik mahorat

1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg’u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.

O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida pedagogik mahoratini oshirib borishi.


Reja
  1. O'ituvchi-tarbiyachi.


  2. Pedagogik mahorat.




Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomonidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”. Barkamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday ifodalaydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarda tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh o‘qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq sub’ektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi o‘qituvchining ziddiyatli vaziyatlarda o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foydalanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o‘qituvchi jazolash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladi. Ular oldida, guyo tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida «qanday jazolamoq kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi tarbiyachilik faoliyatining mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. O‘qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi. Shu bilan birga, tarbiyaviy faoliyat avvalo o‘qituvchining pedagogik mahorati, yuksak tashkilotchilik faoliyatiga ham bog‘liqdir. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchi va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchi ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:

Pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu turli xil qurilmalar, mexanizmlar, usullar va ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini tavsiflovchi umumiy tushuncha. Zamonaviy AKT qurilmalari - bu tegishli dasturiy ta'minot bilan jihozlangan kompyuter va ularda joylashtirilgan ma'lumotlar bilan birga telekommunikatsiya vositalari. Hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tasniflash quyidagi mezonlar bo'yicha olib borilmoqda: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida (AIS) joriy etish usuli Boshqaruv vazifalarini yoritish Amalga oshirilgan texnologik operatsiyalarning sinflari Foydalanuvchi interfeysi turi Axborotni qayta ishlash texnologiyalari Xizmat ko'rsatiladigan domen Keling, ba'zi alomatlarni batafsil ko'rib chiqaylik.
1. Amalga oshirish usuliga ko'ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari quyidagilarga bo'linadi: An'anaviy; · Zamonaviy An'anaviy ma'lumotlar markazlashtirilgan ma'lumotlarni qayta ishlash sharoitida shaxsiy elektron kompyuterlardan (shaxsiy kompyuterlardan) ommaviy foydalanish davri qadar mavjud bo'lgan. Ular asosan foydalanuvchining murakkabligini kamaytirishga qaratilgan edi. Masalan, muhandislik va ilmiy hisob-kitoblar, korxonalarda muntazam hisobotlarni shakllantirish va boshqalar. Zamonaviy (yangi) asosan real vaqt rejimida boshqarish jarayonini axborot bilan ta'minlash bilan bog'liq.
2. Boshqaruv vazifalarini axborot texnologiyalari bilan qamrab olish darajasiga ko'ra quyidagilar mavjud: ma'lumotlarni elektron qayta ishlash, boshqaruv funktsiyalarini avtomatlashtirish, qarorlarni qo'llab-quvvatlash, elektron ofis, ekspert yordami.
Birinchi holda, ma'lumotlarni elektron usulda qayta ishlash kompyuter yordamida mahalliy matematik va iqtisodiy muammolarni echishda metodologiyani va nazorat jarayonlarini tashkil qilmasdan amalga oshiriladi. Ikkinchi holda, boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda funktsional muammolarni har tomonlama hal qilish, muntazam hisobotlarni tuzish va axborot-ma'lumot rejimida ishlash va boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun hisoblash vositalari qo'llaniladi. Xuddi shu guruhga iqtisodiy va matematik usullar va modellardan keng foydalanish, tahliliy ishlarni amalga oshirish va prognozlar, biznes-rejalar, ishlab chiqarish jarayonlari va hodisalari bo'yicha asosli baholar va xulosalarni shakllantirish uchun keng qamrovli foydalanishni ta'minlovchi qarorlarni qo'llab-quvvatlashning axborot texnologiyalari kiradi. iqtisodiy faoliyat. Ushbu guruhga hozirgi paytda keng tarqalgan elektron texnologiyalar va ekspertlarning qarorlarini qo'llab-quvvatlash deb ataladigan axborot texnologiyalari kiradi. Elektron ofis, ushbu sohadagi vazifalarni har tomonlama amalga oshirishni ta'minlaydigan o'rnatilgan RFPlarning mavjudligini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda elektron ofislar tobora kengayib bormoqda, ularda turli xil xonalarda xodimlar va uskunalar joylashgan. Muayyan korxona yoki muassasaning hujjatlari, materiallari va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash zarurati tegishli kompyuter tarmoqlariga kiritilgan elektron ofislarning paydo bo'lishiga olib keldi.
3. Ishlov berilayotgan axborot turiga qarab, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari quyidagilarga yo'naltirilishi mumkin.
Ma'lumotlarni qayta ishlash (masalan, jadvallar, algoritmik tillar, dasturlash tizimlari va boshqalar);
Test ma'lumotlarini qayta ishlash (masalan, test protsessorlari, gipertekst tizimlari va boshqalar);
· Grafikani qayta ishlash (masalan, grafika bilan ishlash vositalari, vektorli grafika bilan ishlash vositalari);
· Animatsiya, video, tovushni qayta ishlash (multimedia dasturlarini yaratish vositalari);
Bilimlarni qayta ishlash (ekspert tizimlari).
Tarqatish o'zboshimchalik bilan, chunki aksariyat axborot texnologiyalari boshqa turdagi ma'lumotlarni ham qo'llab-quvvatlashi mumkin.
4. Axborotni kompyuterda qayta ishlash texnologiyasi oldindan belgilangan operatsiyalar ketma-ketligidan iborat bo'lishi mumkin va foydalanuvchining avtomatik ravishda amalga oshirilayotgan vaqtda axborotni qayta ishlashga ta'sir qilish imkoniyatini istisno qilishi mumkin.
5. Axborot texnologiyalari xizmat ko'rsatiladigan sohalarga ko'ra bo'linadi. Masalan, iqtisodiyotda farqlash mumkin: buxgalteriya hisobi, bank ishi, soliq va sug'urta va boshqalar. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari fan, ta'lim, madaniyat, ishlab chiqarish, harbiy ishlar va boshqalarda ham keng qo'llaniladi.
Ta'lim sohasida ikkita asosiy muammoni hal qilish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llaniladi: o'qitish va boshqarish. O'qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, birinchidan, o'quvchilarga o'quv ma'lumotlarini taqdim etishda, ikkinchidan, ularni o'zlashtirish muvaffaqiyatini kuzatishda foydalanish mumkin. Shu nuqtai nazardan, o'qitish jarayonida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ikki guruhga bo'linadi: Ta'lim to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish texnologiyalari;
Texnologik bilimlarni boshqarish.
V. Drujininning fikriga ko'ra, qog'ozsiz, optotexnika va elektron-texnik texnologiyalar o'quv ma'lumotlarini taqdim etish uchun kompyuter bo'lmagan axborot texnologiyalar qatoriga kiradi. Ular bir-biridan o'quv ma'lumotlarini taqdim etish yo'li bilan ajralib turadi va tegishli ravishda qog'oz, optik va elektronga bo'linadi. Qog'oz o'qitish vositalariga darsliklar, o'quv qo'llanmalar va o'quv qo'llanmalar kiradi; optiklarga - epiproektorlar, slayd proyektorlar, grafik proyektorlar, kino proyektorlar, lazerli ko'rsatgichlar; elektron televizorlar va lazer disk pleerlari.
Ta'limiy axborotni taqdim etish uchun kompyuter axborot texnologiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: kompyuter o'quv dasturlaridan foydalanadigan texnologiyalar; multimedia texnologiyalari; masofadan o'qitish texnologiyalari.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zaro ta'sir darajasi bo'yicha tasniflash mumkin. Masalan, diskret va tarmoq aloqasi; turli xil ishlov berish va saqlash imkoniyatlaridan foydalangan holda o'zaro ta'sir o'tkazish; tarqatilgan ma'lumot bazasi va tarqatilgan ma'lumotlarni qayta ishlash.
Ko'p foydalanuvchilarning o'zaro ta'sirini ta'minlaydigan tarmoq texnologiyalari alohida o'rin egallaydi.
Global axborot texnologiyalari jamiyatning axborot resurslaridan foydalanishni rasmiylashtiradigan va foydalanishga imkon beradigan modellar, usullar va vositalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy axborot texnologiyalari qo'llaniladigan ma'lum bir sohaga mo'ljallangan (tadqiqot, o'qitish va boshqalar).
Eng keng tarqalgan axborot texnologiyalari:
Matn ma'lumotlarini tahrirlash;
Jadval va grafik ma'lumotlarga ishlov berish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini quyidagi mezonlar bo'yicha tasniflash mumkin:
Funktsional yo'naltirilgan texnologiyalar;
Fanga yo'naltirilgan texnologiyalar;
Muammoga yo'naltirilgan texnologiyalar.
Funktsional yo'naltirilgan texnologiyalar axborotni qayta ishlashning odatiy nisbatan avtonom vazifalaridan birini amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Bunday texnologiyalar juda yuqori darajadagi egiluvchanlikka ega bo'lishi va kelajakda iste'molchining minimal ishtirokida rivojlanish va ko'payish uchun mavjud bo'lishi mumkin.
Mavzuga yo'naltirilgan axborot texnologiyalari ma'lum bir sohada ma'lum bir muammoni hal qilish uchun mo'ljallangan. Ular ushbu ilovaning muayyan talablarini maksimal darajada qondiradilar va eng kam qirrali darajaga ega bo'lishlari mumkin. Qoida tariqasida, ularning paydo bo'lishi kelajak foydalanuvchining ishtirokisiz mumkin emas.
Ammo talablarni bir qator maxsus dasturlardan umumlashtirish va ba'zi amaliy dastur muammolarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bu ma'lum darajada funktsional yo'naltirilgan va sub'ektga yo'naltirilgan texnologiyalarning oraliq pozitsiyasini egallaydigan muammoli-yo'naltirilgan axborot texnologiyalari kontseptsiyasini keltirib chiqaradi. Bunday texnologiyaning potentsial foydalanuvchilari uni ishlab chiqishda faqat aniq vazifalarni umumlashtirish va aniqlashning dastlabki bosqichida yoki yakuniy bosqichda - ba'zi
O’qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o’z pedagogik mahorati imkoniyatlarini takomillashtirishi.

1. Kаsbiy rеflеksiya vа pеdаgоgik fаоliyat


2. O’qituvchining kаsbiy mаhоrаtini rivоjlаntirishdа pеdаgоgik rеflеksiyaning аhаmiyati.




3. O’qituvchi fаоliyatini pеdаgоgik tаshхislаsh.





Bu ulkan javobgarlik hissi o‘qituvchilarda pedagogik mahorat qirralarining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi.
Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) – «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o‘z hatti – harakatlari va ularning qonuniyatlarni anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o‘ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o‘z–o‘zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir» .1
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o‘z ongida kechayotgan mulohazalari haqida, o‘zi fikr yuritishi jarayoni, o‘z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e’tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat, Platon, Lokk va boshqa Yunon faylasuflari refleksiyani insonning o‘z–o‘zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e’tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi yevropa faylasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnis konsepsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appersepsiyaga (idrokning inson o‘tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog‘liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi.2
Bugungi zamonaviy falsafada esa refleksiya nazariy va amaliy jihatdan farqlanadi. Birinchisi, inson tomonidan tushunchalarning rivojlanish jarayoni, yagona tushuncha doirasida bir ta’rifdan boshqasiga o‘tish imkoniyatini beradigan metod sifatida; ikkinchisi esa, individual harakat yoki fikrni tushuncha bilan nisbatlash jarayoni, bunda nisbatlash o‘lchovi ustidan nazorat ta’minlanishi3 kerak.
Hozirgi kunda falsafiy kategoriya sifatida o‘rganilayotgan refleksiya psixologiya, sotsiologiya, sinergetika, mantiq, andrologika, evkistika, kibernetika va boshqa ko‘plab murakkab fanlarning tadqiqot ob’ekti sifatida e’tirof etilib tadqiq qilinmoqda. Biz «refleksiya» kategoriyasiga pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan ta’rif beramiz va uning mohiyatini o‘rganishda o‘qituvchilar kasbiy faoliyatidagi o‘rnini tahlil qilishga batafsil to‘xtalamiz.
Psixologiyada refleksiya «sub’ekt tomonidan o‘zining ichki psixik jarayoni va holatlarini bilish, nazorat qilish» mazmunida talqin qilinadi.4 O‘qituvchining pedagogik faoliyatida, refleksiyaning shaxsga nisbatan ahamiyatini o‘rganishda bu tushunchaning ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ta’rifi mukammal ekanligi e’tirof etiladi, unda refleksiya insonning borliqda boshqa insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va baholanishi sifatida qaraladi: refleksiya – «shunchaki sub’ektning o‘z–o‘zini bilishi yoki tushunishi emas, balki boshqalar tomonidan «refleksiyalanuvchini»5 qanday bilishi» va uning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional6 reaksiyalarini va kognitiv tasavvurlarini ham tushunishini o‘z ichiga oladi.7
Shaxsning psixik rivojlanishini boshqarish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, S.L.Rubinshteyn insonning mavjudligini va uning ijtimoiy borliqqa nisbatan munosabatlarini refleksiya bilan bog‘laydi:

Yüklə 263,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin