Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari



Yüklə 263,18 Kb.
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü263,18 Kb.
#204936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Padagogik mahorat

«Refleksiya  bu insonning uzluksiz hayot jarayonini go‘yo bir daqiqaga to‘xtatib, uzib qo‘yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi».
Insonning ijodiy muammolarni hal etishda ro‘y beradigan fikrlashidagi refleksiyani o‘rganib, olimlar uni fikrlovchi sub’ektning o‘z – o‘zini boshqarish usuli (Yu.N.Kulyutkin, S.Yu.Stepanov va boshqalar), tanqidiy fikrlash omili (I.N.Semyonov), nazariy jihatdan fikrlashning yuqori ko‘rsatkichi (A.Z.Zak, V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta’rif berib baholaydilar.
I.S.Ladenko refleksiyani intellektual tizimlarning o‘z–o‘zini tashkil qilishidagi ahamiyatini intellektual faoliyatning malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish ehtiyoji hamda nutq, xotira, tasavvurlarning ichki va tashqi shakllari haqida psixologik qarashlarni ishlab chiqish zaruriyati bilan bog‘laydi. U «Refleksiya  ichki tasavvurdan tashqi tasavvurga va aksincha biridan boshqasiga o‘tish, fikrlash jarayonida ushbu jarayonlarning interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi)si haqidagi fikrlarni shakllantirish asosi… Refleksiya asosida nafaqat psixologik bilimlar, balki xotira, malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi va amalda qo‘llash usullari takomillashtiriladi» deb hisoblaydi.
Hozirgi zamonaviy pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarida ko‘plab olimlar refleksiyaning I.N.Semyonov tomonidan taklif qilingan tasnifiga tayanadilar. U refleksiyaning quyidagi turlarini taklif etib sharhlaydi:

Hozirgi zamon o’qituvchisi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish muammolari.


Reja:

1.O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik mahoratning roli


2. Obektiv - shaxsiv xususiyatlarning o‘qituvchi mehnatiga ta’siri
3. O‘qituvchi mehnati asosida ma’naviy dunyosini va umuminsoniy
qadriyatlarga nisbatan munosabatini takomillashtirish
Davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi, O‘zbekistonning bugungi va istiqboldagi izchil taraqqiyotining bosh omili bo‘lgan insonning ma’naviyatini va kas­biy salohiyatini yuksaltirishda o‘qituvchilarning tajribasi va mahoratini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi bugungi kunda ta’lim va tarbiya berayotgan shogirdlarining kamoloti bilan mam-lakatimiz kelajagiga ulkan poydevor qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "YUksak ma’naviyat - engilmas kuch" asarida o‘qituvchi mehnatini yuksak baholab shunday deydi: "Ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot — o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurti-mizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas ‘uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz". Demak, bugungi kun o‘qituvchisi o‘z utsida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan ijodkor shaxsga, yoshlaming yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. SHu nuqtai nazardan, hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratini yanada oshirish muammosi davr talabidir. Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayonida o‘qituvchining o‘r-ni, vazifalari yosh avlodni tarbiyalash ishiga javobgarligi muhim aha-miyatga ega. Olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalar berishini etuk va malakali mutaxassislar ta’minlaydi. Ularni voyaga etkazish, ta’lim-tarbiya berish, o‘qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z pedagogik mehnati jarayonida qator ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U avvalo ta’lim muassasalari o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi. O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jara­yonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarning porloq kela-jagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘zining pedagogik mahoratiga tayan-adi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig‘indisidirki, uning natijasi o‘qituvchi mehnatida va o‘quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, kelajakda etuk mutaxassis kadr bo‘lib etishishida o‘z aksini topadi. O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o‘zlashtirishi lozim:
yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi;
nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi;
o‘qituvchi qobiliyati (empatiya, perseptiv, didaktik, konsruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi;
aktyorlik mahoratini (mimika, pantomimika, notiqlik san’ati) egallashi;
o‘z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi;
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini o‘zlashtirishi;
pedagogik texnika uslublarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish san’atiga ega bo‘lishi.
Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib bori­layotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi kerak. Milliy mafkura, umummilliy dastur talablari, urf-odat va an’ana-lar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o‘qituvchi mehnatning asosiy mohiyatida o‘z aksini topishi kerak.
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart - sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. O‘qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z mehnatini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o‘z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay dara­jada o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq.
SHu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlarini muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ihniy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi mehnatini ihniy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
-ta’lim muassasalarida olib boriladiganta’lim -tarbiyajarayonini to‘liq tasavvur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi;
-o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoniyatlarini yaxshi anglashi;
-ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanishni bilishi shart.
O‘qituvchi mehnatini ihniy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bir maqsad-ga yo‘naltirilgan ijtimoiy-foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab o‘tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ay-ratni talab etadi.
O‘qituvchi mehnatini ihniy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr-mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tar-biyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan etuk mutaxassis tayyor-lashga zamin yaratadi.
O‘qituvchi mehnati ihniy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor berish lozim:
-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri natijalari;
- o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati;
- sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning ijobiy natijalari.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyi-dagi vositalarga e’tibor berish lozim.
O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY JIHATDAN TO‘G‘RI TASHKIL ETISH VOSITALARI
1. Mehnat faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish.
2. Belgilangan vazifalarni tashkil etish va amalga oshirish.
3. O‘z mehnatini mnntazam boshqarish va nazorat qilish.
4. O‘z-o‘zini nazorat qilish (refleksi).
O‘qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi sinf jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mehnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z mehnati faoliyatida sog‘-ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.


Pedagogik mahorat fani haqida tushuncha. Fanning asosiy vazifalari va tarkibiy qismlari.
Reja:
  1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahorat predmetining o'rganish ob'ekti va predmeti


2Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.


  1. Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi.


4Pedagogik mahoratga erishish yo'llari (o'qituvchi rahbarligida mashg’ulotlar, mustaqil ishlash, ilg’or tajribani o'rganish).


5. Pedagogik vaziyatlar va aktyorlik san'ati. Pedagogik mahoratni belgilovchi omillar.

Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.


Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg’u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka yo'nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
Mahoratning shakllanish bosqichlariga:
reproduktivlik (boshlang’ich),
ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi.
Pedagogik mahorat darajalari o’qituvchi ish darajasining davomi hisoblanadi:
reproduktiv (o'ta past);
moslashuvchan (past);
lokal (chegaralangan)- modellashtirish (o'rtacha qoniqarli).
Pedagogik mahorat komponentlari kasbiy faoliyatga kasbiy vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan malaka nuqtai nazardagi qarashlarni aks ettiradi.
Pedagogik mahorat komponentlarini hosil qiladigan quyidagi malaka guruhlari farqlanadi:
loyihalash;
konstruktsiyalash;
tashkilotchilik;
muloqot; bilish va reflektivlik.
Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg’uloti keng ma'noda kishilar bilan ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko'rsatkichi bu insonga, shaxsga yo'nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantiqining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko'ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlarini tushunish imkoniyatini ta'minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.

Pedagogik fikr taraqqiyotida o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari


Reja:

Yüklə 263,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin