Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari



Yüklə 263,18 Kb.
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü263,18 Kb.
#204936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Padagogik mahorat

Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.


  • Pedagogning pertseptiv (o'quvchi, talabalarni tushunish) xatolari.


  • Pedagogning o'quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo'ladigan kelishmovchiliklami va ularni bartaraf etisbning o'ziga xos xususiyatlari.


  • Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo'l qo'yiladigan xatolar va ularni engish yo'llari.

    «Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomala-munosabatlar katta o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. O'qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko'rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go'zallik, haqiqat, odob-axloq nurini singdira olsa sharafli vazifasini dog' tushirmay bajargan sanaladi, hurmat-e'tibor topadi. Shogirdlari tomonidan ulug'lanadi.


    Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deyish qiyin. O'zining dag'al muomalasi bilan bolaning ko'nglini o'qishdan sovitib, dilini o'rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo'ladigan dalillar ko'p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo'lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasida nizo tug'ila boshlaydi.
    Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta'sir o'tkazish shartlaridan biri o'zaro ishonch, hamjihatlikda maqsad sari ustoz va shogird maqomida hamkorlikda intilishdir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko'p marta sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala, o'quvchilarga ham ota-ona, do'st, rahbar bo'la olgan o'qituvchilargina muvvafaqiyatlarga erishadilar. Aksincha qo'pol, o'zini bosolmagan, o'ylamay hukmlar chiqarishga moyil o'qituvchilar muammolar orasida qoladilar.
    Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlaming tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba'zan istasa-istamasa qo'pollik qilishga «majbur» bo'ladi, o'quvchi muallimning o'rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o'zini tuta olmay qoladi. Muallim o'z talablarini, hatto qo'pollik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to'g'ri yo'lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganligiga ishonadi. Afsuski, bu to'g'ri xulosa emas. Sa'diy SHe'roziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta'siri bayoni» bobidagi hikoyatlar, Alisher Navoiyning «Mahbub - ul - qulub» asaridagi «Mudarrislar to'g'risida», «Maktabdorlar to'g'risida»gi asarlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.
    Ba'zi holatlar, masalan tarbiyasi qiyin bola bilan muomala-munosabatlar jarayonida sodir bo'ladi. Unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog'lom muhitli oilada voyaga yetadi. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular mehrga zor, e'tiborga muhtoj ekanligmi, bundaylarga m'sbatan bardoshli, sabr-toqatli, kechirimli bo'Hsh zarurligini ham his etishlari lozim.
    Ma'lumki, jismoniy jarohat olgan bolani o'qituvchi jazolamaydi. Jismoniy tarbiya muallimi oyog'i jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba'zan qalbi, rubi jarohatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta'lim jarayonida buni barcha o'qituvchilar birdek e'tiborga olishadimi? Baxtga qarshi, yo'q. Bola javob berishni hoxlamayapti, dars tayyorlashni istamagan — deb hisoblab, unga nisbatan qat'iy talab qo'yish hollari bor. Bu o'rinda ezgulik qilaman deb, «yozuvlik» qilib qo'yish hech gap emas.
    Muallimning biror tasodifiy xatti-harakat natijasida o'quvchilarda u haqda sodir bo'lgan fikr ham ta'lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta'sir etishi, muallimning ishini murak-kablashtirishi mumkin. Odatda bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi». (Malla Ochilov. Muallim qalb me'mori. Toshkent, «O'qituvchi». 2001 yil. 56-57 betlar). Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi orasida nizolar chiqadi. O'quvchi o'qituvchidan norozi holda, undan uzoqlashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni himoya qilaman deb, kattalar boladan kechirim so'rashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o'qituvchining noto'g'ri xatti-harakati sabab bo'lgan. Bunday vaqtda bolaning qadr-qimmati hisobga olinmaydi.
    Ayrim hollarda bolaga mas'uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirig'ini bajarmay qo'yadi, o'zining mustaqilligini cheklashlarini yoqtirmaydi, kattalarnmg talablariga ko'pincha salbiy munosabatda bo'ladi. O'g'il yoki qizlarining ulg'ayib qolganligini sezmagan, ularni hali ham «yosh bola» deb hisoblaydigan oilalarda o'smir bilan kattalar o'rtasida tez-tez nizolar, to'qnashuvlar vujudga keladi.
    Kattalar bolaga qanday munosabatda boiishlari kerak? Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e'tibor berish, uning xulqiga qat'iy, uzluksiz rahbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda-chuyda ishlarida ham kattalarning vasiyligini sezmasin. Ayniqsa, o'smir yoshidagilar ularning hayotdagi yangi mavqelari bilan hisoblashadigan, ularni «kichkina» deb hisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o'qituvchilarni hurmat qiladilar.
    Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarinhig turli-tumanligi xarakterlidir. Bu qiziqishlar to'g'ri tarbiyalansa, o'smirlar qobiliyatlari va mayllarining rivojlanisbiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
    O'qituvchining o'quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo'lib turadi. O'quvchi atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan tanqidiy qaraydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffaqqiyat yoki kattalarning maqtab qo'yishi bolaning o'ziga ortiqcha baho berishiga, o'ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka, maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto, vaqtincha tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik bolada o'z kuchiga ishonmaslikni uyg'otishi, ikkilanish, qo'rqoqlik, jur'atsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo'ladigan munosabati alohida nazokatni talab etadi. O'smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishdan qo'rqish xavfi kuchayadi.
    Muomaladagi dag'allik, talabchanlik, hurmatsizlik, o'quvchiga mensimay muomalada bo'lish, «yaxshi tushu-naman» deb hisoblagan masalalari bo'yicha o'zlarining mustaqil fikrlarini aytish huquqini kamsitish, ularning yuqori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubhalanish, odatda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy reaksiyalar — hodisalarni hosil qiladi.
    Ayrim o'qituvchilar hayotida muayyan xatolar uchrab turadi. O'qituvchilar (yosh o'qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o'quvchilami (o'zlashtirayotgan) doim maqtaydilar, boshqalami (o'zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o'zlashtirmayotganlarga odatda, o'zlashtirgan sinfdosh-lariga nisbatan tez-tez va qattiq tanbeh beradilar. Hatto past o'zlashtiradigan o'quvchilarni javob berishga kamdan-kam taklif qiladilar.
    Mana bunday vaziyatda o'quvchilar bir-birlariga nisbatan qaram bo'lib qoladilar, o'qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati uyg'onadi past o'zlashtirgan o'quvchiga «yomon» baho qo'yiladi, buning ustiga bir necha ko'ngilbuzar achchik, istehzoli so'zlar ham aytiladi, bu xatoni o'quvchi umrbod kechirmaydi.
    Yosh o'qituvchilar hayotida uchraydigan yana bir tipik xatolardan biri yaxshi o'qiydigan o'quvchi bilan yomon o'qiydigan o'quvehini bir-biriga taqqoslash va a'lochi o'quvchini misol qilib ko'rsatishdir.

    Yosh o’qituvchilarning hushmuomalaligi, nazokati, dilkashligi va pedagogik takti.


    Reja:
    1.Pedagogik nazokat haqida tushuncha.Uning mohiyati va xususiyatlari.
    2.Yosh o'qituvchining pedagogik mahorati.
    3.O'qituvchi nazokatida dilkashlik va yosh o'qituvchilarning kasbiy pedagogik dilkashligini o'rganish dasturi.
    4.Pedagogik odob.Pedagogning xushmuomalaligi.
    Tayanch tushunchalar: nazokat, pedagogik nazokat, dilkashlik,pedagogik odob,xushmuomalalik.
    O’qituvchining o’quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo’shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o’quvchilar orasida olib boriladi. O’zaro munosabatlarni ishonch va do’stlik tuyg’ulari bilan mustahkamlab borish o’qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.
    Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
    Pedagogik nazokat- o’qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg’usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig’indisidir.Pedagogik nazokat me’yorlari o’qituvchidan avvalo komil insonga xos hislatlarga ega bo’lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo’lib, u davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o’qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o’qituvchisining o’zi avvalo komil inson bo’lishi, mukammal bilimlar sohibi, etuk insoniy fazilatlar egasi bo’lishi zarur. O’qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi:
    -pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib, takomillashib boruvchi jarayon;
    -pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi;
    -o’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;
    -o’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi;
    -pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlashi lozim.
    Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, 0'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi.Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyadarga erishish imkoniyatini yaratadi.
    Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud.
    Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo'libgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o'quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
    Pedagogik mahoratning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uni o'qituvchi shaxsi va kasbi to'g'risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo'lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo'lishi lozimligini tajriba ko'rsatmoqda.
    Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
    Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
    O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
    Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo’lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo’lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o’qituvchining o’quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o’rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo’lmaydi, ayniqsa yosh o’qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o’qituvchining dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:
    Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.
    Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o’z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
    Pedagog olimlar o’qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo’lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko’pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O’qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.

    Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari.


    Reja:

    1. O’qituvchining tarbiyachilik mahorati haqida tushuncha.



    2. Tarbiyachilik mahoratining to’zilishi: ijtimoiy, estetik, etik, texnologik va boshqalar.
    3. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati.
    Tarbiyachi shaxsiga xos sifatlardan yana biri insonga, bolaga bo’lgan ishonch, o’z ishining to’g’riligiga, uning foydali ekanligiga ishonchning komilligidir. Tarbiyachi – o’qituvchi uchun adolatli bo’lish – bola ishonchini kozonish demakdir. Adolatli bo’lish uchun esa har bir bolaning ma‘naviy dunyosining eng nozik joylarigacha bilish kerak. O’qituvchi munosabatlarida va alokalarida kutarinki ruh va yaxshi kayfiyatga ega bo’lsagina ishida har on duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni oson yenga oladi.
    O’qituvchi uchun o’z ishida ijod qilishga intilish, kolipga tushgan ish formalaridan voz kecha olish, yangiliklar kashf eta bilish, suxbatda yangi fikrni bayon kila bilish, ishda yangilik kiritib, shijoat ko’rsata olish muxim fazilatdir.
    O’qituvchining tarbiyachilik mahorati, odobi, emotsional madaniyati yuksak bo’lsagina, u odamlarga nisbatan mehribon, saxovatli bulla oladi, ularni hamma xurmat kiladi. Buning uchun u ochikkungil, kat‘iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi bilan qiyinchilik oldida esankirab, o’zini yuqotib kuyib, muomalada ko’pollik qilishdan saqlana olish, o’ziga va bolalarga nisbatan talabchan bo’lishi bilan birga o’z shaxsiga tankidiy nuktai nazardan karay olishi kerak.
    O’qituvchining shaxsiy sifatlari, tarbiyachilik, pedagogik faoliyatiga oid malaka va kunikmalar o’z – o’zidan vujudga kelmaydi. Moxir o’qituvchiga, o’z ishining ko’zini biladigan soxibkorga faqat ukishga ongli munosabatda bo’lish, o’z zimmasiga kasbi yuklaydigan mas‘uliyatni tula xis qilishi tufayli, har kuni mexnat qilish, kollektiv xayotida aktiv ishtirok etish orkaligina bu sifatlarni shakllanishi mumkin.
    Tarbiyachi ijtimoiy, estetik va etik normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada kullashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish natijasida, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning koidalari tarbiyachining o’z e‘tikodiga, intilishiga, o’z axloqiy sifatiga aylanadi. Bular tarbiyachining dunyoqarashi, fikr va muloxazalari bilan kushilib, insoniyatning kelajagiga ta‘sirini belgilaydi. Pedagogik etikaning normalari tarbiyachining shaxsiy va axloqiy fikriga, e‘tikodiga aylanishi lozim.
    Bu axloqiy e‘tikod tarbiyachining tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar va bashqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishida ko’zga tashalanadi. Pedagogik takt tarbiyachi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Tarbiyachi axloqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirning samaradorligida axloq tarbiyasi soxasida erishilgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
    Tarbiyachining mavkei : bashqaruvchi, ko’zatuvchi va xokazo. Tarbiyachining mas‘uliyati : mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini saklagan holda muallimning faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas‘uliyati yuklanadi. Tarbiyachi o’quvchini xayotga, mexnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan bir, u boladagi mavjud layokati va qobiliyatlarini paykab, individual munosabatda bo’lishi, mavjud bo’lgan ijobiy, axloqiy sifatlarini ustirishi lozim.
    Tarbiyachi jamiyatning vakili sifatida o’quvchilar kollektivi bilan yolgiz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o’qituvchining mas‘uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, bashqaradigan kuch, regulyator, o’quvchilarga ta‘sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni xisoblanadi. Jamiyatning kelajagi, umidi, insonning nuridiydasi -- farzandining takdiri, istikboli uning kuliga ishonib topshirilgan. Yaxshilik, adolat, sha‘n, kadr – kimmat, insoniylik kabilarning mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham o’qituvchining mas‘uliyatiga bog’liq. Shunisi ham borki, buni ko’pincha nazorat kilib bulmaydi. Bu tarbiyachining vijdoniga xavola kilinadi.
    Tarbiyachilik kilayotgan kishilar o’z zimmasiga kanchalik yuksak va sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. Oliy va o’rta maxsus pedagogika o’quv yurtini bitirib, muallimlik yoki tarbiyachilik faoliyatini boshlagan kishi barcha o’quvchilarga o’zini yakin tutishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy axloqiy namuna ko’rsatishi zarurligini yoddan chikarmasligi kerak.
    Kishining kadr – kimmati, avvalo o’z kadrini bilishi, umumiy ishga kushayotgan xissasining salmogi va sifatidadir. Xalol mexnat kishining kadrini, izzat – xurmatini oshiradi. Kishi o’z mexnatining kadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatga ahamiyatli ekaniligini tushunishi. Insonning kadr – kimmati uning mansabiga, kasbiga bog’liq emas, balki o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq. Bu pedagogik etikasida muallimning kadr – kimmati deb ataladi. U, avvalo, muallimdan o’z ishining ustasi bo’lishini, kamtar bo’lishini, shu bilan birga pedagogik va o’qituvchilar jamoasida o’zini tuta bilishi kerak.
    Tarbiyachi maktab raxbarlari, hamkasblari va bashqalar bilan muomala – munosabatida kattakonlik, kibr – xavo, manmanlik kilmasa, uning o’quvchilar ko’zi oldida obrusi oshadi.
    Har bir ishda, har bir masalada tarbiyachi o’z e‘tikodiga sodik, kat‘iy printsipial bo’lishi, pedagogik faoliyatiga va mahoratiga har bir kadamiga unga amal qilishi lozim. Ma‘lumki, tarbiyaviy ishni maktabda va maktabdan tashkarida ham pedagoglar kollektivi amalga oshiradi. O’qituvchi va tarbiyachilarning kuchi va ta‘siri birlashtirilgan takdirdagina tarbiyaviy ishdan ko’zda tutilgan maksadga erishish mumkin.
    Bashqa kasblarga karaganda pedagogik faoliyat odobli bo’lishni takozo kiladi. Odatda inson axloqi uning odobida ifodalanadi. Tarbiyachining har bir so’zi, har bir bosgan kadami ibrat, tarbiya, urnakdir. Uning katta – kichiklar, o’quvchilar bilan qanday salomlashishi, kattalarga, kichiklarga, Xotin – kizlarga munosabati, muomalasi, kuchada yurishiga, tarbiya faktori xisoblanadi. Har bir ishni o’z paytida, anik bajarishi, bergan va‘dasining ustidan chikishi, o’zini tuta bilishi, irodasi – bularning barchasi o’quvchilar xulqiga ta‘sir etibgina kolmay, bolalarda axloqiy ongning shakllanishiga yordam beradi.
    Pedagogik odobga ega bo’lgan tarbiyachi o’quvchilar orasida obruga ega bo’ladi. O’qituvchi – tarbiyachi kanchalik ko’proq obruga ega bo’lsa, ta‘lim va tarbiya vazifalari shunchalik yaxshi va muvaffakkiyatlirok bo’ladi.
    Pedagog, tarbiyachi unlab, yo’zlab bolalarga, mexnatkashlarga ilm – ma‘rifat, nur, ziyo tarkatishdan, o’z kasbidan mamnun, baxtiyor ekanligini xis etishi, ruhiy bardam, vijdoni pok bo’lishi, o’quvchilarni istikbolga katta ishonch bilan qarashga o’rgatishi lozim. Ertaga kuvonch inson xayotining xakikiy omilidir. Odamni tarbiyalash unda kelajakka ishonchni tarbiyalash demakdir.
    Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyati turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan kishining qobiliyati bilan belgilanadi.
    Qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffakkiyatli bajarishga bo’lgan layokati darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar
    Barkamol avlod tarbiyasida o’qituvchining tarbiyaviy maqsadlari.
    REJA:


    1. 1. Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha.


    2. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar.




    3. Shaxs rivojlanishida muhit.
    4. Shaxs rivojlanishida ta’lim tarbiyaning ta’siri.
    5. Shaxsiy faollikning ahamiyati.
    6. Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilishi va ularning mazmuni.



    Yüklə 263,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin