Asrlar
|
Davrning nomlanishi
|
Manbalarda tilning
turlicha
nomlanishi
|
Asosiy adiblari va yozma
yodgorliklari
|
11
|
X-XIV
|
O‘zbek tilining ilk
taraqqiyot davri
|
turkiy,eski turkiy til, turkiy,turkiy xoqoniy,sharqiy turkiy,chig‘atoy tili
|
Mahmud
Кoshg‘ariy,
Yusuf Balasog‘uniy,
Ahmad Yugnakiy,
Ahmad Yassaviy,
Rabg‘uziy,
Durbek, Qutb
Xorazmiy asarlari
|
22
|
XIV-XIX
|
O‘zbek tilining
takomillashish davri
|
eski o‘zbek tili, turkiy til,
chig‘atoy tili,
O‘rta Osiyo
turkchasi,
Navoiy turkchasi,
sharqiy turkcha
|
Xorazmiy
«Muhabbatnoma»si (1353-y.)dan boshlab
NiyozMuhammad
(Кomil) Xorazmiygacha
(XIX asr ikkinchi yarmi)
|
33
|
XIX-XX
|
Milliy adabiy tilning shakllana boshlashi
|
Yangi o‘zbek tili, turkiy til, sort tili
|
Muqimiy, Furqat
asarlaridan
boshlab o‘zbek
jadid adabiyoti
ilk
namunalarigacha
|
44
|
XX-XXI
|
O‘zbek milliy adabiy tili
|
hozirgi o‘zbek tili
|
Abdulla Qodiriy, Hamza, Ayniy,
Oybekdan hozirgi
adiblargacha
|
O‘quv fanining avvalgi nomi (“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”) XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan, asosiy maqsadi o‘zbek adabiy tili me’yorlarini yaratish, ona tili ta’limi uchun lingvistik material va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘lgan o‘zbek formal tilshunosligi ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, an’ana sifatida o‘quv rejasidan o‘quv rejasiga ko‘chib kelayotgan edi. Zero, jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta’minlash, adabiy tilni ommalashtirish, xalqning yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, ta’limni zamonaviy usullar asosida yo‘lga qo‘yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda eng samarali va qulay lingvistik tavsif va ta’lim yo‘li formal usul bo‘lishi lozim edi. Shuning uchun jahonning barcha ilg‘or mamlakatlari tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo‘nalish keng ommalashdi. O‘zbek tilshunosligida bunday yo‘nalishga Abdurauf Fitrat, Elbek, Qayum Ramazon kabilar tomonidan asos solingan bo‘lsa-da, uning keng va izchil ommalashishi tilshunos Ayub G‘ulomov faoliyati bilan bog‘liq. Bu davr tilshunosligi o‘zbek adabiy tili (aniqrog‘i, nutqi) meyorlarini tadqiq qilish davrini bosib o‘tdi va keyinchalik adabiy nutq meyorlarini ta’lim oluvchilarga singdirish o‘rta umumiy va o‘rta maxsus ta’lim zimmasiga yuklatildi. Shu boisdan akademik litseylarda bu vazifani ta’lim bosqichlariaro bog‘lanishga qo‘yilayotgan takroriylikdan xolilik va uzviy aloqadorlik talabi asosida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmeti o‘z zimmasiga oldi.
XX asrning oxirgi choragida davr, maqsad va vazifalar tubdan o‘zgardi, tilshunoslik, ijtimoiy ehtiyoj natijasi o‘laroq, sistem-struktur tahlil usullariga o‘tdi, o‘zbek tilida lison va nutqni izchil farqlash asosida tilimizning lisoniy sistemasi – lisoniy birliklari va munosabatlarini tadqiq qilish – lisoniy imkoniyatlarni ochish ustuvorlashdi. Tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko‘rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanish ko‘rinishi o‘ziga xos maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida munosabatda bo‘lish kuchaydi. Shuning uchun ushbu darslikda o‘zbek tilini sistem-struktur usul asosida o‘rganadigan nazariy tilshunoslikning milliy ko‘rinishi – substansial yo‘nalish xulosalari aks etganligi sababli u an’anadagidan farqli ravishda “Hozirgi o‘zbek tili” degan nom oldi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida filologiya bakalavri uch yo‘nalishda tayyorlanmoqda:
nazariy filologiya;
pedagogik filologiya;
amaliy filologiya.
Mamlakatimizda bu yo‘nalishlardan nazariy va pedagogik filologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Nazariy filologiya bakalavri, asosan, ilmiy tadqiqot sohasiga yo‘naltirilganligi bois, ular til strukturasi bilan tanishtiriladi. Shuning uchun ham o‘zbek tili bo‘yicha filologiya bakadavriatida o‘zbek tili “Hozirgi o‘zbek tili” mazmunida o‘qitiladi. Pedagogik filologiya yo‘nalishida esa ixtisoslik xususiyatdan kelib chiqqan holda o‘zbek tili adabiy meyorlarining ilmiy asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursi o‘tilishi rejalashtirilgan. “Hozirgi o‘zbek tili” va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmetlarini shu yo‘sinda farqlamoq lozim. Alohida ta’kidlash kerakki, o‘zbek tili strukturasi talqini adabiy til birliklari asosida olib borilishi ham mantiqan to‘g‘ri. Zero, har qanday lisoniy struktura til birliklarining adabiy variantlari asosida tushuntirilishi ta’lim oluvchilarning turli sheva vakillari ekanligidan kelib chiqadi.
Hozirgi o‘zbek tili substansial yo‘nalishdagi tadqiqotlar H.Ne’matov, A.Abduazizov, E.Begmatov, Sh.Bobojonov, O.Bozorov, I.Madrahimov, N.Mahmudov, B.Mengliyev, S.Muhamedova, M.Narziyeva, G.Ne’matova, A.Nurmonov, Sh.Orifjonova, Sh.Rahmatullayev, R.Rasulov, R.Safarova, B.Qilichev, S.G‘iyosov, N.Shirinova, Z.Yunusova, N.Vohidova kabi tilshunoslar tomonidan olib borilgan.
O‘zbek substansial tilshunosligi A.Fitrat, A.G‘ulomov, yetuk namoyandalari va takomillashtiruvchilari F.Abdullayev, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, O.Azizov, A.Borovkov, A.Hojiyev, S.Ibrohimov, F.Kamolov, S.Karimov, A.Kononov, M.Mirtojiyev, M.Mirzayev, A.Muxtorov, R.Qo‘ng‘urov, I.Rasulov, V.V.Reshetov, U.Tursunov, F.Ubayeva, S.Usmonov, Sh.Shoabdurahmonov kabilar asoschilari bo‘lgan o‘zbek formal tilshunosligining bevosita davomidir va unga asoslanishi sababli reallik, obyektivlik – lisoniy birliklarning nutqiy voqelanish ko‘rinishlari va xususiyatlari tavsifida 1950–80-yillarda amalda bo‘lgan darslik va qo‘llanmalarga tayanadi.
“Hozirgi o‘zbek tili” fanining maqsadi o‘zbek tili substansial xususiyatlarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan tavsiflashdan iborat.
Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida o‘zbek tili qurilishini yoritishda lisoniy birliklarga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va ularning voqelanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy birliklarga alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo‘linadi. UMIS va AHVO tushunchalari sun’iy qisqartmalar emas, balki o‘ta muhim ilmiy-falsafiy va metodologik umumiylik, ta’lim oluvchini ashyoviy fikrlashdan uzib, unda dialektik tafakkur malakalarini hosil qildirishning muhim vositalaridan. Gnoseologiya (bilish nazariyasi)dan ma’lumki, xususiylik umumiylikka (demak, alohidalik/xususiylik umumiylikka, hodisa mohiyatga, voqelik imkoniyatga, oqibat sababga) nisbat berilmaguncha, u ta’riflangan, tavsiflangan, o‘rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun lisoniy imkoniyatlar tilshunosligi bo‘lgan substansial tahlilda bular yuksak umumiylikka ega bo‘lgan kategorial tushunchalar sifatida juda muhim. Bugungi kunda tilshunoslik quyidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi:
Dostları ilə paylaş: |