Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Lisoniy paradigma turlari



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə6/16
tarix03.12.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#172164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-ma\'ruza. HO\'AT.2-oliy ta\'lim

Lisoniy paradigma turlari. Paradigma, qamroviga ko‘ra, katta va kichik, tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar (katta yoki tashqi) paradigmasi jarangli va jarangsiz ungoshlar (kichik yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.
Fonemalar sistemasi fonetik (yoki fonetik‑fonologik) paradigma deyiladi.
Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, antonimik, graduonimik qatorga birlashgan leksemalar sistemasi, alohida lug‘aviy guruhlar leksik paradigmalardir. Ular yuqorida paradigmaga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. lug‘aviy-mavzuiy to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon, so‘z turkumlari ham yirik (makro) paradigmani tashkil etadi.
Morfologik kategoriya (morfologik shakllar sistemasi) – morfologik paradigmadir.
Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga – gap paradigmasi va so‘z birikmasi paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga bo‘linadi.
III. Hozirgi o‘zbek tilida lisoniy munosabatlarning turlari: paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, ularning xususiyatlari.
Munosabat” tushunchasi haqida. Falsafada munosabat muayyan sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan bog‘liq holda yashaydi. Ushbu bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari orasidagi bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Oilada ota bilan ona, ular bilan farzandlar, farzandlar orasida o‘zaro o‘ziga xos munosabatlar oila sistemasining xususiyatini namoyon qiladi. Oilada har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. Bu o‘rin boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. Bu oila yaxlitligini va mustahkamligini ta’minlovchi munosabatdir. Ahillik, hurmat-e’tibor, farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi munosabatlarning yorqin ko‘rinishlaridir.
Yoki ustoz-shogirdlik munosabatini olaylik. Ustoz shogirdiga ta’lim-tarbiya beradi, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ustoz ta’lim-tarbiya berishga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, shogird ta’lim-tarbiya olishga ehtiyojmand bo‘ladi. Bu ta’lim-tarbiya hodisasining sistema, uning asosiy elementlari ustoz va shogird ekanligidan dalolat beradi. Ustoz-shogirdlik tizimida har bir elementning mavqei, roli, vazifasi, majburiyat va burchlari bor. Ularga tegishli element (ustoz va shogird) ning amal qilish darajasi, ya’ni munosabat bu sistemaning barqarorlik va bardavomlik darajasini belgilaydi.
Shaxs biror narsa yoki hodisaga nisbatan ma’lum bir mavqeda bo‘ladi: narsani o‘rganadi, uni vujudga keltiradi, isloh qiladi. Bu ham munosabatning bir ko‘rinishidir. Yoki kishi turli obyektlarni yoki biror obyektning turli tomonlarini fikran taqqoslaydi. Bunda ikki xil munosabat namoyon bo‘ladi: kishining obyektga va bir obyektning ikkinchi obyektga munosabati.
Bir narsaning ikkinchi narsaga munosabati masalasi haqida gap ketganda, kimyoviy elementlarning davriy jadvalini misol qilib keltirish mumkin. Kimyoviy elementlar jadvali mavhum (ongda mavjud) sistemaning bir ko‘rinishi. Bunda elementlar atom og‘irliklari asosida joylashgan. Boshqacha aytganda, ular atom og‘irliklari asosida tartiblangan. Bu tartib atom og‘irliklari asosidagi munosabat deyiladi. Yanada aniqroq tushunish uchun ko‘z oldimizga avtomobilni keltiraylik. Avtomobil muayyan (borliqda mavjud) sistema sifatida, avvalo, shassi, kuzov va dvigatel elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan zich bog‘langan. Biri boshqalarini taqozo etadi. Ulardan biri mavjud bo‘lmasa, sistema (avtomobil) harakatga kelmaydi.
Ko‘rinadiki, muayyan sistema elementlari o‘zaro munosabatga kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi. Munosabat bo‘lmasa, narsa element bo‘la olmaydi va elementning funksiyasini bajara olmaydi. Element sistema tarkibida munosabatlar asosida o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, insonning ko‘zi inson tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la olmaydi va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qtotadi.
Munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab sistemalarni keltirib chiqaradi. Macalan, har qanday qonunlar jamiyatni sistema sifatida tartibga solib turadi. Agar bu qonunlar bo‘lmasa, jamiyat sistemasi ham mavjud bo‘lmaydi, sistema o‘z vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va barbod bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatning xususiyati undagi asosiy munosabat – qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi.
Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu boisdan ular har bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la oladi va bu sistemalardagi munosabatlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, biror turmushga chiqqan talabani olaylik. U ta’lim sistemasida shogird, oila sistemasida turmush o‘rtog‘i/ona/kelin, ota-onasi oilasiga munosabatda farzand/opa/singil, yo‘l harakati tizimida yo‘lovchi, tushlik paytida xo‘randa. Har bir qirrasini namoyon qilganda u ma’lum bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema tarkibidagi boshqa elementlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bir sistemadagi munosabatlari boshqa sistemadagi munosabatlaridan farqlanadi.
Tillar ulardagi gaplarning ega va kesimi munosabatiga qarab turli sistemalar ekanligini namoyon qiladi. Masalan, agglyutinativ tillarda ega ma’nolari kesimdan anglashilib turadi va shuning uchun kesim egaga ko‘p ham ehtiyoj sezavermaydi. Flektiv tillarda kesim egasiz xabar ifodalishi qiyin. Demak, gap sistemasidagi elementlar (ega va kesim) munosabatining o‘ziga xosligiga qarab, tillar sistemalari farqlanadi. Shuning uchun ham agglyutinativ, flektiv va amorf tillar turli sistemali tillar deyiladi. Munosabatlar tillarning tabiatini belgilashini shunda ko‘rish mumkin.
Demak, aytish mumkinki, munosabat – keng qamrovli tushuncha. U butunning tarkibiy qismlari – birliklari orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘lanishni anglatadi. Bunday aloqaни tilimiz birliklari orasida ham kuzataylik. Quyidagi gapga diqqat qiling: Ularning otlari – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi otlari so‘zi bilan, u olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. Yoki otlari so‘zi 6 ta tovushning ketma-ketligidan iborat.
Gap ham, so‘z ham tarkibiy qismlarga bo‘linar ekan, butunlik, sistema sanaladi.
Munosabat falsafada va xususiy fanlarda o‘ziga xos tushuniladi. Barcha fanlarda munosabat tushunchasi falsafiy munosabatning tor doiradagi ko‘rinishlari hisoblanadi.
Tilshunoslikda munosabatning bir necha ko‘rinishlari farqlanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz.

Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin